Sottiqulov Elyor Sotimboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Texnogen chiqindilar va polikarboksilatlar asosida polifunksional qo‘shimchalar olish, hamda ularni yuqori sifatli beton olishda qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T819.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuxammad, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Shavkatjon Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polikarboksilat plastifikatorlarini sintez qilish, ular yordamida texnogen chiqindilardan faol mineral qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va sement-beton qorishmalarida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akril kislotasi va APEG makromonomeri asosida molekulyar massasi 10000 Da gacha bo‘lgan polikarboksilat plastifikatori sintez qilingan hamda jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
akril kislotasi va NPEG makromonomeri asosida polikarboksilat plastifikatori sintez jarayonlarida reaksiyaga kirishmagan makromonomerlar miqdorini kamaytirishning maqbul sharoitlari ishlab chiqilgan;
sintez qilingan plastifikatorlarni WMCO 2500 membranasi yordamida dializ qilinishi ularning sement tizimlarini plastifikatsiyalash samaradorligiga ta’siri yuqori ekanligi aniqlangan;
malein angidridi asosida sintez qilingan plastifikator bilan modifikasiyalangan bazalt tolalari beton tizimlarida yuqori disperslikda tarqalishi va tizimdagi suv sarfini kamaytirishi aniqlangan;
texnogen chiqindilarni kimyoviy qayta ishlash orqali polifunksional qo‘shimchalarni olish va ularni qo‘llashning ekologik samarador texnologiyalari ishlab chiqilgan;
texnogen chiqindilarni modifikatsiyalab olingan polifunksional qo‘shimchalar klinker sarfini qisqartirishi va sement ishlab chiqarish jarayonining atrof muhitga salbiy tasrini kamaytirishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnogen chiqindilar va polikarboksilatlar asosida polifunksional qo‘shimchalar olish, hamda ularni yuqori sifatli beton olishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan PKAN-55 plastifikatori beton qorishmalarining reologiyasini yaxshilovchi plastifikator qo‘shimchasi sifatida “NURA-HIGH-TECHNOLOGIES” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasi qoshidagi “NURAMEMOR” MChJ korxonasida yuqori kuchlanishli trasformatorlar maydonlari va asos qismlarini betonlashda amaliyotga joriy qilingan (“NURA-HIGH-TECHNOLOGIES” MChJ QKning 2024 yil 13 sentyabrdagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada, sement miqdori ortmagan holda yuqori mustahkamlikdagi monolit betonlar olish imkonini bergan;
PKAMP-14 plastifikatorini “ROCKFIBER” qo‘shma korxonasida fibrobeton qorishmasida tolaning dispersligini oshirish uchun bazalt tolalariga ishlov berishda amaliyotga joriy qilingan  (“GOLDFIBER PRO” qo‘shma korxonasining 2024-yil 28-avgustdagi 85-son ma’lumotnomasi). Natijada, beton tizimlari uchun qo‘llanadigan bazalt tolalari ishlab chiqarish imkonini bergan;
texnogen chiqindilardan olingan alyumosilikat mikrosferalari issiqlikdan himoyalovchi olovbardosh qoplamalar olishda zichlikni kamaytiruvchi qo‘shimcha sifatida “SEVEN SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy qilingan (“Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2024-yil 2-oktyabrdagi 5/4/38-3179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olovbardosh qurilish qoplamasini zichligini va issiqlik o‘tkazuvchanligini kamaytirish imkonini bergan;
mikrokremnezyom chiqindisini faollashtirib sement uchun polifunksional qo‘shimchalar olish texnologiyasi “DIASINVEST” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy qilingan. (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi” ning 2024 yil 18-oktyabrdagi 02/15-3077-son ma’lumotnomasi). Natijada, maydalash (pomol) vaqti 12% ga qisqarib, olingan sementning suv/sement nisbati kamaygan va mustahkamligini 321,12 kg/sm2 dan 453,18 kg/sm2 gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish