Nuraliev Samatjon Raxmonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘ qatori kislotalari asosida alifatik aminlar va ularning vinil hosilalarini olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3248.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvankul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qiyomov Sharifjon Nozimovich, texnika fanlari doktori, professor; Ikromov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: C16-18 tarkibli yog‘ kislota nitrillari asosida alifatik birlamchi aminlarni olish va ularni yuqori asosli sistemalar ishtirokida vinillash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat ikkilamchi xomyoshyosi hisoblangan distillangan yog‘ kislotalarini qayta ishlashninig ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
geksadekanamin va oktadekanaminni DMSO-KOH super asosli sistemasida asetilen bilan vinillash reaksiyasi orqali N-vinilgeksadekan-1-amin va N-viniloktadekan-1-aminlar sintez qilingan, reaksiyaning radikal mexanizm bilan borishi asoslangan;
sintez qilingan N-vinilgeksadekan-1-amin va N-viniloktadekan-1-aminlarni metall quvurlarining korroziyasini oldini oluvchi ingibitorlik xossasi aniqlangan;
yog‘ kislotalari asosida birlamchi aminlar hamda ularning vinil birikmalari olishning prinsipial texnologik sxemasi tavsiya etilgan va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. C16-18 tarkibli yog‘ kislotalari asosida nitrillar, birlamchi aminlar va ularning vinil birikmalar sintezi va ingibitor sifatida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sintez qilingan geksadekanamin va oktadekanamin “Muborak GQIZ” da gaz quvurlari korroziyasining ingibitori sifatida amaliyotga joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 31 oktyabrdagi 856/GK-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, import hisobiga qo‘llaniladigan ingibitorlarni mahalliylashtirish imkonini bergan;
olingan N-vinilgeksadekan-1-amin va N-viniloktadekan-1-aminlar “Muborak GQIZ” da metall gaz quvurlarini korroziyadan himoyalashda ingibitor sifatida qo‘llanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 22 dekabrdagi 1064/GK-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall quvurlarini ishlash vaqtini uzaytirish imkonini bergan.