Xojieva Nazokat Davronbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Telekommunikasiya sohasi korxonalarida xizmat ko‘rsatish faoliyatining innovatsion yo‘nalishlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3950.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rejapov Xayrullo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: telekommunikatsiya sohasi korxonalarida xizmat koʻrsatish faoliyatining innovatsion yoʻnalishlarini majmuaviy takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
R&D uchun muvaffaqiyat startegiyasi va tarmoqdan foydalanishning hayotiyligini oshirishga ko‘ra innovatsion diffuzional ko‘rsatkichi qo‘shimcha qiymatining akselerativ natijaviyligini oshirishga qaratilgan telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatishda innovatsion qiymat zanjirini yaratish biznes freymvorki taklif qilingan;
biznes inkubatorlar, klaster alyanslari va professional uyushmalarni rivojlantirishning tarkibiy modeli telekommunikatsiya korxonalarining innovatsion faoliyatini infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash, innovatsion terminalning bosh va yetakchi komponentlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
tarmoqlararo bog‘lanishlarning innovatsion maqomini ta’minlashga ko‘ra omnikal kanallar va qulayliklardan foydalanishni diversifikatsiyalash orqali telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatish sifatini innovatsiyalar asosida oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
 “Oʻzbektelekom” AKda xizmatlarning tannarxi va unga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilgacha prognoz koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.     Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Telekommunikatsiya sohasi korxonalarida xizmat ko‘rsatish faoliyatining innovatsion yo‘nalishlari takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
R&D uchun muvaffaqiyat startegiyasi va tarmoqdan foydalanishning hayotiyligini oshirishga ko‘ra innovatsion diffuzional ko‘rsatkichi qo‘shimcha qiymatining akselerativ natijaviyligini oshirishga qaratilgan telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatishda innovatsion qiymat zanjirini yaratish biznes freymvorki taklifi “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazining 2024-yil 10-sentyabrdagi dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 13-sentyabrdagi 33-8/6284 sonli ma’lumotnomasi). Taklifni joriy etish natijasida telekommunikatsiya korxonalarining innovatsion qiymatlar zanjirini yanada takomillashtirshga muayyan darajada xizmat qilgan;  
biznes inkubatorlar, klaster alyanslari va professional uyushmalarni rivojlantirishning tarkibiy modeli telekommunikatsiya korxonalarining innovatsion faoliyatini infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash, innovatsion terminalning bosh va yetakchi komponentlariga ko‘ra takomillashtirish taklifi “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazining 2024-yil 10-sentyabrdagi dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 13-sentyabrdagi 33-8/6284 sonli ma’lumotnomasi). Taklif sohada innovatsiyalar uchun yanada qulay muhit yaratishga hamda xizmat ko‘rsatish sub’ektlarining yangi xizmatlarni ko‘rsatish, bozor o‘zgarishlariga moslashish va raqobatbardoshlikni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
tarmoqlararo bog‘lanishlarning innovatsion maqomini ta’minlashga ko‘ra omnikal kanallar va qulayliklardan foydalanishni diversifikatsiya-lash orqali telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatish sifatini innovatsiyalar asosida oshirish imkoniyatlari kengaytirish bo‘yicha taklif “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbektelekom” AKning 2024 yil 26 iyuldagi 27-03-21/2431-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazining
2024-yil 10-sentyabrdagi dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 13-sentyabrdagi 33-8/6284 sonli ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda IOT, ML, AIdan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan;
“O‘zbektelekom” AKda xizmatlarning tannarxi va unga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeliga ko‘ra 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbektelekom” AK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 13-sentyabrdagi 33-8/6284-sonli ma’lumotnomasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-sentyabrdagi 4/17-4/4-1691-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi soha natijadorligini oshirishda ichki imkoniyatlardan samaradli foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish