Qobilov Olimjon Sirojovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tomirsimon konlarda sun’iy butunliklarni qo‘llash bilan er osti qazib olish tizimlarini takomillashtirish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4856.
Ilmiy rahbar: Xakimov Shadiboy Ikmatullaevich texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Raimjanov Baxadirjan, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tomirsimon konlarda sun’iy butunliklar va massivlarni qo‘llash bilan er osti qazib olish tizimlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli qazib olish chuqurligida, ma’dan tanasining qalinligi va yotish burchagi, kameralarning balandligi va uzunligi, darzlilik, butunlik shaklini hisobga olgan holda tog‘ jinslarining mustahkamligi, vaqt va mustahkamlik zaxirasining ta’sirida tabiiy butunliklarning chegaraviy turg‘unlik holatining texnologik parametrlari aniqlangan;
ma’danni magazinlash va qazib olingan bo‘shliqda turli mustahkamlikdagi qotuvchi aralashmalar bilan sun’iy butunliklar (massivlar) ni shakllantirib qazib olish tizimining qazish birligida qavatni 60 metr balandlikda ajratmasdan va qavatni 30 metrdan ajratgan holda qazib olishning yangi kombinatsiyalashgan texnologik sxemalari ishlab chiqilgan;
qulatilgan ma’danni kameralardan to‘liq chiqarib olish uchun qotuvchi aralashmadan tayyorlangan ko‘p burchakli sun’iy butunliklarning shakli aniqlangan va ular orasidagi masofaning qazib olish chuqurligiga, ma’dan tanasining yotish burchagiga, tog‘ jinslar massivining darzlilik va mustahkamliligiga bog‘liqligi aniqlangan;
ma’danni nimqavatlarda qulatib va qisman magazinlash bilan hamda qotuvchi aralashmalarni skvajinalar orqali yuborib ko‘pburchakli sun’iy butunliklarni shakllantirishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
qazib olish kamerasining ochiq yuzalari balandligi bo‘yicha sun’iy butunliklarning me’yoriy mustahkamligi aniqlangan va turli ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq holda, qimmatbaho sement xom ashyosi sarfini kamaytirish imkonini beruvchi turli mustahkamlikka ega qotuvchi aralashmalarni qo‘llash samaradorlikga erishish imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tomirsimon konlarda sun’iy butunliklarni qo‘llash bilan er osti qazib olish tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qavat balandligi 60 m bo‘lgan gorizontni tayyorlashda ma’danni mayda shpurlar bilan qulatib magazinlash va turli mustahkamlikdagi qotuvchi to‘lg‘azmalar bilan to‘ldirishning texnologik sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Janubiy kon boshqarmasi Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 15 iyuldagi 23.01-01-07/372-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli mustahkamlikdagi qotuvchi aralashmalarni tayyorlash va bo‘shliqni to‘ldirish orqali qimmatbaho sement xom ashyosi sarfini sezilarli darajada pasaytirish, qazib olish xavfsizligini ta’minlash va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ma’danni nimqavatlarda qulatib va qisman magazinlash bilan hamda qotuvchi to‘lg‘azmalarni skvajinalar orqali yuborib ko‘pburchakli sun’iy butunliklarni shakllantirishning texnologik sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Janubiy kon boshqarmasi Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 15 iyuldagi 23.01-01-07/372-son ma’lumotnomasi). Natijada, kameralararo va qavatlararo butunliklarda ma’dan yo‘qotilishini qazib olingan bo‘shliqda barpo qilingan sun’iy butunliklar bilan almashtirilishi tufayli butunlay yo‘q qilish imkonini bergan.