Ochilov Laziz Siddiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida telekommunikatsiya korxonalarining iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3928.
Ilmiy rahbar: Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Davletov Begzodjon Aslanxojaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli iqtisodiyot sharoitida telekommunikatsiya korxonalarining iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Milily telekommunikatsiya tizimida raqamli platformalar iqtisodiy va dasturiy-texnologiya jihatdan raqamli transformatsiyada istiqbolli vositaligi asoslangan hamda telekommunikatsiya xizmatlarini raqamli boshqaruv platformasining modeli xizmat ko‘rsatishning nazorat qilish portalida ma’lumotlar bazasini integratsiyalashgan holda takil qilishga ko‘ra takomilashtirilgan;
telekommunikatsiya tizimlari samaradorligini oshirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish sharoitida milliy segmentda to‘g‘ridan to‘g‘ri bir vaqtning o‘zida bir nechta xizmatlar turlarini tanlab olish va bo‘sh ish o‘rinlarini tanlash imkoniyatini yaratish hamda simsiz tarmoqlar, keng polosali ulanish, IT ilovalarni rivojlantirish, tarmoq va xizmatlarning konvergensiyasi ustuvorligi asoslanib, unga ko‘ra global, milliy va hududiy birliklari doirasida telekommunikatsiya tizimlarining integratsiyalangan https://telekom-xiz.uz portali ishlab chiqilgan;
telekommunikatsiya xizmatlari hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda prognoz ko‘rsatkichlari telekommunikatsiya xizmatlari eksporti, telefon tarmog‘i sig‘imi va aholining telefon apparatlari bilan ta’minlanishi kabi omillarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
mahalliy telefon tarmog‘ining umumiy montaj qilingan sig‘imi va umumfoydalanadigan telefon tarmog‘i telefon apparatlari sonining 2024-2030 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida telekommunikatsiya korxonalarining iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
milily telekommunikatsiya tizimida raqamli platformalar iqtisodiy va dasturiy-texnologiya jihatdan raqamli transformatsiyada istiqbolli vositaligi hamda telekommunikatsiya xizmatlarini raqamli boshqaruv plat-formasining modelini xizmat ko‘rsatishning nazorat qilish portalida ma’lumotlar bazasini integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbektelekom” AKning Biznes-rejasi va Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat mussasasi tomonidan “Raqamli strategiya”ni asoslashda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 23-fevraldagi 27-03-21/612 sonli dalolatnomasi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat mussasasining 2024-yil 20 maydagi 2-3/196 sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 22-maydagi 95-sonli ma’lumotnomasi). Taklif telekommunikatsiya tizimida raqamli platformalarni ustuvor rivojlantirishga ko‘ra samaradorlikni oshirishga hamda taklif etilayotgan vosttalarga ko‘raaxborot tizimi interfeysida foydalanuvchi uchun sodda va qulay raqamli platforma yaratilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
telekommunikatsiya tizimlari samaradorligini oshirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish sharoitida milliy segmentda to‘g‘ridan to‘g‘ri bir vaqtning o‘zida bir nechta xizmat turlarini tanlab olish va bo‘sh ish o‘rinlarini tanlash imkoniyatini yaratish hamda simsiz tarmoqlar, keng polosali ulanish, IT ilovalarni rivojlantirish, tarmoq va xizmatlarning konvergensiyasi ustuvorligi bo‘yicha takliflar “O‘zbektelekom” AKning Biznes-rejasi va Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat mussasasi tomonidan “Raqamli strategiya”ni asoslashda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 23-fevraldagi 27-03-21/612 sonli dalolatnomasi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat mussasasining 2024-yil 20 maydagi 2-3/196 sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 22-maydagi 95-sonli ma’lumotnomasi). Taklif telekommunikatsiya xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish, narxlar darajasini tushirish, xizmat ko‘rsatish va kutish vaqtiini qisqartirish, bepul xizmat ko‘rsatish yoki xizmat ko‘rsatish haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini kengaytirishga hamda taklif qilinayotgan portal soha amaliy imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
telekommunikatsiya xizmatlari eksporti, telefon tarmog‘i sig‘imi va aholining telefon apparatlari bilan ta’minlanishi kabi omillarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan telekommunikatsiya xizmatlari hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlardan “O‘zbektelekom” AKning Biznes-rejasi va Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat mussasasi tomonidan “Raqamli strategiya”ni asoslashda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 23-fevraldagi 27-03-21/612 sonli dalolatnomasi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat mussasasining 2024-yil 20 maydagi 2-3/196 sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil 22 maydagi 95-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif telekommunikatsiya xizmatlarining global darajdagi ishtirokiga ko‘ra texnik-texnologik jihatdan xizmatlar ulushining oshirishi, telefon tarmog‘i xizmatlari talab-taklifiga ko‘ra istiqboldagi telekommunikatsiya xizmatlari hajmi imkoniyatlarini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mahalliy telefon tarmog‘ining umumiy montaj qilingan sig‘imi va umumfoydalanadigan telefon tarmog‘i telefon apparatlari sonining 2024-2030 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbektelekom” AKning Biznes-rejasi va Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat mussasasi tomonidan “Raqamli strategiya”ni asoslashda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2024-yil 23-fevraldagi 27-03-21/612 sonli dalolatnomasi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat mussasasining 2024-yil 20 maydagi 2-3/196 sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 22-maydagi 95-sonli ma’lumotnomasi). Telekommunikatsiya xizmatlariga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lgan mahalliy telefon tarmog‘ining umumiy montaj sig‘imi va umumfoydalaniladigan telefon tarmog‘idagi mavjud resurslardan samarali foydalanish va istiqbolga ko‘ra chora-tadbirlarni samarali tashkil qilishga muayyan darajada xizmat qilgan.