Chuliev Mahmatmurod Norboevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv tanqisligi sharoitida takroriy ekin sifatida soyani sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1058.
Ilmiy rahbar: Xazratkulova Shaxnoza Usmanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Jamoliddin Saparboy o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining suv tanqis och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan soyaning o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga turli sug‘orish usuli va tartiblarining ta’sirini o‘rganish hamda maqbullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning “Madad” navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-75% tartibda tomchilatib sug‘orilganda tuproqning hajmiy og‘irligi va g‘ovakligi amal davri boshi va oxiridagi ko‘rsatkichlar 0-50, 0-70 sm va 100 sm hisobiy qatlamlarda 0,2-0,3 g/sm3 ga oshganligi, g‘ovakligi 0,7-1,1 foizga kamayganligi, tuproqning 6 soat davomidagi suv o‘tkazuvchanligi amal davri oxirida 661,9 m3/ga teng bo‘lib, amal davri boshiga nisbatan 110,7 m3/ga kamayganligi aniqlangan;
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekilgan soyani sug‘orishlardan oldingi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-75% tartibida sug‘orilganda, mavsumiy sug‘orish me’yori egatlab sug‘orish (nazorat) usulida 2731 m3/ga, egat oralatib sug‘orish usulida 2683 m3/ga, qator orasiga plyonka to‘shab sug‘orish uslida 2270 m3/ga, tomchilatib sug‘orish usulida 1719 m3/ga, mulchalab sug‘orish usulida 2107 m3/gani tashkil qilgani holda, tomchilatib sug‘orishda 38% suv tejalganligi aniqlangan;
takroriy ekilgan soyani sug‘orishlardan oldingi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-75% tartibida sug‘orilganda, 1 s hosil etishtirish uchun sarflangan mavsumiy sug‘orish me’yori egatlab sug‘orish usulida 227,6 m3/s, egat oralatib sug‘orish usulida 196,3 m3/s, qator orasiga plyonka to‘shab sug‘orish usulida 151,3 m3/s, tomchilatib sug‘orish usulida 97,1 m3/s, mulchalab sug‘orish usulida 129,3 m3/s suv sarflanganligi aniqlangan;
takroriy ekilgan soyani sug‘orishlardan oldingi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-75% tartibida tomchilatib sug‘orilganda olingan don hosildorligi va rentabellik darajasi egatlab sug‘orish (nazorat) usuliga nisbatan tegishlicha 5,7 s/ga va 17,6 % ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriyekilgan soyaning maqbul sug‘orish usullari va tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida soya etishtirish uchun «Qashqadaryo viloyatida takroriy soya etishtirish agrotexnikasi» bo‘yicha tavsiyanoma chop etilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 yanvardagi 04/25-07/19-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitidagi fermer xo‘jaliklarida takroriy soya etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doydan bo‘shagan sug‘oriladigan erlarda takroriy ekilgan soyani tuproqning sug‘orishlardan oldingi namligi ChDNSga nisbatan 70-75-75% tartibida tomchilatib sug‘orish, mulchalab sug‘orish va qator orasiga plyonka to‘shab sug‘orish usullarida etishtirish texnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 30 gektar, Koson tumanida 30 gektar, Nishon tumanida 28,5 gektar va Mirishkor tumanida 20 gektar, viloyat bo‘yicha jami 108,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 yanvardagi 04/25-07/19-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan o‘rtacha 15,7-17,8 mln. so‘m yalpi daromad va 4,2-6,1 mln. so‘m foyda olingan hamda 37-51% rentabellikka erishilgan;
takroriy ekilgan soyani sug‘orishlardan oldingi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-75% tartibida sug‘orib, etishtirish texnologiyasi 2023 yilda Qarshi tumanidagi “Sarvar Nurfayzievich” fermer xo‘jaligining kuzgi bug‘doydan bo‘shagan 9,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 yanvardagi 04/25-07/19-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiya asosida etishtirilgan soyaning hosildorligi gektariga 18,3 sentnerni tashkil etishi, bu ko‘rsatkich an’anaviy texnologiyaga nisbatan 5,3 s/ga ko‘p bo‘lishi bilan birga don tarkibidagi oqsil va moy miqdori sezilarli darajada oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish