Safarov Murtoza Absalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryo viloyati sharoitida behining asosiy zararkunandalari bioekologiyasini o‘rganish asosida ularga qarshi kurash tizimini ishlab chiqish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1035.
Ilmiy rahbar: Shukurov Xushvaqt Mamasalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurot Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Raxmonova Madina Kimsanboevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyati sharoitida behi bog‘larida asosiy zararkunandalarning tur tarkibi, tarqalishi, ularning zarari, bioekologik xususiyatlari va dominant turlarni aniqlash hamda tabiiy kushandalarini o‘rganish asosida qarshi kurash chora tadbirlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Birinchi marta Surxondaryo viloyati sharoitida behizorlarining asosiy zararkunandalarining 2 ta sinf, 4 ta turkumga xos, 7 oilaga mansub 10 turi va dominant turlari ajratib olingan hamda ularning bioekologik xususiyatlari va zarar keltirish darajasi aniqlangan;
Surxondaryo viloyati sharoitida behida asosiy zararkunandalarning tuxum qo‘yish dinamikasi va pushtdorligi aniqlangan;
Surxondaryo viloyati sharoitida behining asosiy zararkunandalari dominant turlarining avlod berishi aniqlangan;
Birinchi marta Surxondaryo viloyati sharoitida behining asosiy zararkunandasi olma mevaxo‘rining foydali harorat yig‘indisi o‘rganilgan;
Surxondaryo viloyati behizorlarida asosiy zararkunandalarning tabiiy kushandalarining 6 turkumga oid, 9 oilaga mansub, 15 turining zararkunandalar sonini kamaytirishdagi ahamiyatiga baho berilgan;
barcha himoya chora tadbirlarini qo‘llagan holda takomillashgan himoya qilish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati sharoitida behining asosiy zararkunandalari bioekologiyasini o‘rganish asosida ularga qarshi kurash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Behi bog‘larini parvarishlash va uni zararkunandalardan himoya qilish chora tadbirlari” mavzusidagi ilmiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 3–iyuldagi 05/06–04-305–son). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati sharoitida behi bog‘larda – mikrobiologik preparatlardan Prestij (Bacillus thuringiensis tirik bakteriyalari) 3,0 l/ga, Bioslip BV (Beauveria bassiana OPB–09) 3,0 l/ga, Bioslip BT (Bacillus thuringiensis) 2,0 kg/ga, preparatlarini qo‘llash Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati Bandixon ilmiy tajriba stansiyasining 2,0 gektar maydonga va “Chinor Bandixon” fermer xo‘jaligining 1,8 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 3–iyuldagi 05/06–04-305–son). Natijada Prestij preparati 3,0 l/ga. sarf me’yorlarida qo‘llanilganda biologik samaradorlik 71,6–75,3%, Bioslip BV preparatini 3,0 l/ga qo‘llaganda, biologik samaradorlik 70,5–74,8%, Bioslip BT preparatini 2,0 kg/ga, qo‘llan preparatini ganda esa 71,9–75,8% biologik samaradorlikka erishilgan.
Surxondaryo viloyati behi bog‘larda shira va mevaxo‘r zararkunandalarning miqdori keskin ortganda samarali kimyoviy vositalarni aniqlangan muddat va me’yorlarda qo‘llash natijasida Termiz tumani “Surxon Elit” fermer xo‘jaligining 2,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 3–iyuldagi 05/06–04-305–son). Natijada Tango, 50% s.d.g. (Pimetrozin) 0,5 kg/ga. 91,5%, Karate kadam 5%, em.k. (lambda­cyhalothrin) 0,4 l/ga. 89,1%, Nurell miks, 55% em.k. (Cypermetrin-chlorpyriphos) 1,0 l/ga. 90,3% samara bergan va gektaridan o‘rtacha 4,2 t/ga, qo‘shimcha hosil saqlab qolingan. Har gektardan 34,1–40,2 sentner hosilni saqlab qolishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish