Abdullaev A’zimjon Abduvali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning regulyativ universal ta’limiy faoliyatini shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4450.
Ilmiy rahbar: Sattarov Baxtiyar Katibjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nilufar Maxamadjanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirish bosqichlari, didaktik vositalari va shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
regulyativ universal ta’limiy faoliyatning konseptual-maqsadli, mazmunli, tashkiliy, tahliliy-natijaviy komponentlarini aniqlashtirish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirish integrativ tavsifga egaligi, mazkur jarayonda nazorat va baholash harakati determinant ekanligi, ularning maqsadni belgilash, rejalashtirish, korreksiyalash sharti sifatida inteoriorizayani yuzaga keltirishi asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirish modelining tarkibiy komponenti kichik maktab yoshidagi bolalarning ta’limiy harakatlarni mustaqil bajarish darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro birgalikdagi faoliyatining jadalligi, ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quv harakatlarining obektlarini kengaytirish va bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish dinamikasining barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirishning yaxlit birlik sifatida o‘quv harakatlariga moslashish, jamoaviy shaklda o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshirish, guruhiy ishni bajarish jarayonida faoliyat subektini shakllantirish, o‘quv harakatini mustaqil tashkil etish bosqichlari parallel, individual, guruhiy, jamoaviy, interaktiv ta’sir darajalarining diagnostik instrumentariy bilan qayta aloqasi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirishning ta’lim jarayonida subekt-subekt munosabatlariga asoslanish, ona tili va o‘qish savodxonligi fani mazmunini o‘quv topshiriqlari ko‘rinishida loyihalash, o‘quvchilarning muvaffaqiyat motivlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash kabi didaktik shart-sharoitlari “muammoga sho‘ng‘ish”, teskari misolni namoyish etish, dars rejasini qayta shakllantirish, bilimlar xaritasi bilan ishlash texnikalarining vositaviy-texnologizatsion jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirish texnologiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida:
regulyativ universal ta’limiy faoliyatning konseptual-maqsadli, mazmunli, tashkiliy, tahliliy-natijaviy komponentlarini aniqlashtirish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirish integrativ tavsifga egaligi, mazkur jarayonda nazorat va baholash harakati determinant ekanligi, ularning maqsadni belgilash, rejalashtirish, korreksiyalash sharti sifatida inteoriorizayani yuzaga keltirishi asoslashga doir doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyada 2022-yil 6-oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishning 3-sonli bayoniga asosan Finliyandiya tajribasi asosida 1-4-sinf uchun o‘qituvchi qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 01/11-1-905-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning regulyativ ta’limiy faoliyatini shakllantirishning metodik ta’minoti boyitilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirish modelining tarkibiy komponenti kichik maktab yoshidagi bolalarning ta’limiy harakatlarni mustaqil bajarish darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro birgalikdagi faoliyatining jadalligi, ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quv harakatlarining obektlarini kengaytirish va bosqichma-bosqich murakkablashtirish borish dinamikasining barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyada 2022-yil 6-oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishning 3-sonli bayoniga asosan Finliyandiya tajribasi asosida 1-4-sinf uchun o‘quv dasturi va darsliklarini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 01/11-1-905-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning regulyativ ta’limiy faoliyatini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirishning yaxlit birlik sifatida o‘quv harakatlariga moslashish, jamoaviy shaklda o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshirish, guruhiy ishni bajarish jarayonida faoliyat subektini shakllantirish, o‘quv harakatini mustaqil tashkil etish bosqichlari parallel, indiviudal, guruhiy, jamoaviy, interaktiv ta’sir darajalarining diagnostik instrumentariy bilan qayta aloqasi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirish, ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining regulyativ universal ta’limiy faoliyatlarini shakllantirishning ta’lim jarayonida subekt-subekt munosabatlariga asoslanish, ona tili va o‘qish savodxonligi fani mazmunini o‘quv topshiriqlari ko‘rinishida loyihalash, o‘quvchilarning muvaffaqiyat motivlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash kabi didaktik shart-sharoitlari “muammoga sho‘ng‘ish”, teskari misolni namoyish etish, dars rejasini qayta shakllantirish, bilimlar xaritasi bilan ishlash texnikalarining vositaviy-texnologizatsion jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 04/1-1558-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining metodik ta’minotini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.