Jumaniyazov Shixnazar Raximberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Tasviriy san’at vositasida talabalarning milliy o‘zligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6070.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Nurtaev Urinboy Nishanboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tasviriy san’at vositasida talabalarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning milliy o‘zligini anglash jarayonlari bir-biri bilan aloqador va o‘zaro faol ta’sir ko‘rsatuvchi kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarning ko‘p o‘lchamli shaxsning etnik, madaniy identikligini tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan maqsadli, tizimli faoliyat bilan integrativligini bevosita hisobga olishga qaratilgan etnomohiyat interiorizatsiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
artpedagogika vositasida talabalarni tasviriy san’at asarlarini badiiy-estetik tahlil qilishga o‘rgatishning milliy identiklikni rivojlantirish, milliy an’ana va qadriyatlarga “oshno etish”, vitagen (hayotiy) tajribani badiiy ifodaviylik bilan boyitish imkoniyatlari san’atning vizualizatsion tavsifi va axborotning kommuniktiv vazifani amalga oshirish mexanizmining identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tasviriy san’at asarlari vositasida talabalarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish modelining tashkiliy-jarayonli bloki bilimlarni o‘zlashtirish,  emotsional qayg‘urish, etnosxema va istalgan xulq-atvor modellarini loyihalash bosqichlariga muvofiq ravishda aksiologik, fanlararo, partisipativ, badiiy turfa xillik yondashuvlari bo‘yicha o‘quv materillarini taqdim etish, mustaqil ish, tezkor qayta aloqa, joriy natijalarni tahlil qilish algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish modelini amaliyotga joriy etishning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim mazmunini milliylikka yoʻnaltirilgan materiallar bilan boyitish, tasviriy san’at asarlarini o‘rganish jarayonida ta’lim oluvchilarning refleksiv amaliyotini tashkil etish, ta’lim oluvchilarda etnik mohiyatning mavjudligi kabi pedagogik shart-sharoitlari “Onlayn muzey” elektron galereyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba-yoshlar milliy o‘zligini shakllantirishda tasviriy san’atdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning milliy o‘zligini anglash jarayonlarini bir-biri bilan aloqador va o‘zaro faol ta’sir ko‘rsatuvchi kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarning ko‘p o‘lchamli shaxsning etnik, madaniy identikligini tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan maqsadli, tizimli faoliyat bilan integrativligini bevosita hisobga olishga qaratilgan etnomohiyat interiorizatsiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan 5150800 – Rangtasvir (mahobatli) ta’lim yoʻnalishi uchun “Rangtasvir” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356-110 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda milliy o‘zlikni anglashning kognitiv komponentini rivojlantirishga xizmat qilgan;
artpedagogika vositasida talabalarni tasviriy san’at asarlarini badiiy-estetik tahlil qilishga o‘rgatishning milliy identiklikni rivojlantirish, milliy an’ana va qadriyatlarga “oshno etish”, vitagen tajribani badiiy ifodaviylik bilan boyitish imkoniyatlarini san’atning vizualizatsion tavsifi va axborotning kommunikativ vazifani amalga oshirish mexanizmining identikligiga ustuvorlik berish asosida, tasviriy san’at asarlari vositasida talabalarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish modelining tashkiliy-jarayonli blokini bilimlarni o‘zlashtirish,  emotsional qayg‘urish, etnosxema va istalgan xulq-atvor modellarini loyihalash bosqichlariga muvofiq ravishda aksiologik, fanlararo, partisipativ, badiiy turfa xillik yondashuvlari bo‘yicha o‘quv materillarini taqdim etish, mustaqil ish, tezkor qayta aloqa, joriy natijalarni tahlil qilish algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5150800 – Rangtasvir (mahobatli) ta’lim yoʻnalishi uchun “Rangtasvir” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356-110 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda tasviriy san’at asarlarini badiiy-estetik tahlil qilish va etnopedagogik imkoniyatlaridan foydalanish kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish modelini amaliyotga joriy etishning pedagogik shart-sharoitlarini ta’lim mazmunini milliylikka yoʻnaltirilgan materiallar bilan boyitish, tasviriy san’at asarlarini o‘rganish jarayonida ta’lim oluvchilarning refleksiv amaliyotini tashkil etish, ta’lim oluvchilarda etnik mohiyatning mavjudligi kabi pedagogik shart-sharoitlari “Onlayn muzey” elektron galereyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bajarilgan IL-422105582 – “O‘zbekiston badiiy ta’lim tizimida “Onlayn muzey” elektron galereyasini yaratish” (2021-2022-yy.) amaliy loyihasi kalendar rejasining 7-bandiga (Tanlab olingan ijodiy ishlardan elektron katalog yaratish) asosan onlayn galereya sahifasiga joylashtirilgan katalogini yaratishda foydalanilgan (Milliy rassomlik va dizayn institutining 2024-yil 17-oktyabrdagi 04-00/743-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalar vositasida talabalarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish