Abdullaeva Ma’rifatxon Salimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi” (Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped3983.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika inistituti.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yakubjonova Dilobar  Batirovna, pedagogika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik, tarbiyaviy xususiyatlari talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish maqsadlarini belgilash, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadli qo‘llashning konseptual g‘oyalariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasini baholash mezonlari “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” doirasidagi imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarinnig kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi tizimli modeli kasbiy kompetensiyalarga yo‘naltirilgan tizimli ta’sir kompleksini, didaktik va metodik jihatdan individual tarbiyaviy xarakterga ega metodik ta’minotni tizimli qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning texnologik va metodik shartlari talabalarda kasbiy, maxsus, shaxsiy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirish, interaktiv ta’lim texnologiyalari, geymifikatsiya, muammoli vaziyatga yo‘naltirilgan ta’lim va interaktiv vositalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik, tarbiyaviy xususiyatlari talabalarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish maqsadlarini belgilash, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun optimal bo‘lgan shart-sharoitlarini tashkillash, kasbiy kompetentlikni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadli qo‘llashning konseputal g‘oyalarini aniqlashtirilganiga oid tavsiyalar YoA-1-20 raqamli “O‘qituvchilarda kasbiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirishning integrativ-metodik vositalarini yaratish” nomli amaliy grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 13-avgutsdagi 02-07-2040/04-son ma’lumotnomasi). Natijada “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani”ni o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliklarini rivojlantirish zarurati va pedagogik asoslari aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning kompetensiyaviy yondashuv asosida “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” doirasidagi imkoniyatlarini kengaytirish asoida takomillashtirilganiga oid tavsiyalar Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga muvofiq nashr etilgan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singirilgan (Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 218-692-son nashr guvoxnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasini baholash mezonlaridan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani”ni o‘qitish jarayonida foydalanilgan;
“Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani”ni o‘qitish jarayonida talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish texnologiyasi orqali “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani”ni o‘qitish jarayonida talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik shkalasidan kelib chiqib takomillashtirilganiga oid xulosalar PZ-20170930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 17 sentyabrdagi 11-05-5120/04-son dalolatnomasi). Natijada “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani”ni o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarinnig kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi tizimli model kasbiy kompetensiyalarga yo‘naltirilgan tizimli ta’sir kompleksini yo‘llash, didaktik va metodik jihatdan individual tarbiyaviy xarakterga ega metodk ta’minotini tizimli qo‘llash orqali takomillashtirilganiga oid tavsiyalardan Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga muvofiq nashr etilgan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 218-692-son nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning tizimli ta’sir kompleksi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish