Yakubbaev Murodilla Marufovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tilini o‘qitish jarayonida talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped338.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet  tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Zohid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Asqarova Manzura Avazbekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili yo‘nalishi talabalarida nemis tilini o‘qitish jarayonida lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondashuv asosida filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili ta’lim yo‘nalishi talabalarida lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi lingvistik, madaniy, ijtimoiy-kommunikativ, emotsional-kommunikativ va refleksiv komponentlarning o‘zaro ta’siri, ushbu komponentlarning doimiy barqarorligi hamda qayta aloqaning dinamik xususiyatlari asosida aniqlangan;
talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish uchun nemis tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning integrativ-didaktik metodikasi rolli o‘yinlar texnologiyasi (role-play techniques), madaniy almashinuv dasturlari (cultural exchange programs) va case study (vaziyatli tahlil) kabi usullarni lingvomadaniy o‘qitish jarayoniga moslashtirishni nazarda tutib, innovatsion texnologiyalarni lingvomadaniy maqsadlarga yo‘naltirish orqali talabalarning madaniy kontekstni tushunish darajasini oshirish asoslangan;
nemis tilini o‘qitish jarayonida talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan integrativ-didaktik model interpretiv pedagogika tamoyillari, madaniyatlararo muloqot konsepsiyasi va kognitiv-lingvistik tahlil metodlariga asoslanib ishlab chiqilib, o‘quv jarayonida kontekstual interaktivlik va reflektiv-ta’limiy strategiyalarni qo‘llab, talabalarning madaniy va til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun interpretiv matnlar bilan ishlash metodikasi, ta’limiy-diagnostik monitoring tizimi va situativ-madaniy mashqlarni loyihalash usullari yordamida takomillashtirilgan;
talabalarda nemis tilini o‘qitish jarayonida lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish uchun didaktik materiallarni tanlash va tahlil qilishning innovatsion yondashuvlari o‘quv materiallarini kommunikativ, lingvistik va madaniy mezonlarga asoslangan selektiv-didaktik tanlash metodikasi, ularni interaktiv o‘qitish texnologiyalari yordamida integratsiyalashgan shaklda qo‘llash va o‘quv materiallarining lingvomadaniy mazmunini baholash uchun diagnostik usullarni ishlab chiqilgan;
raqamli ta’lim platformalari, virtual madaniy almashinuv muhitlari, va onlayn interaktiv kommunikativ vositalardan foydalanish orqali talabalarda lingvomadaniy kompetentlik rivojlanishining fazoviy-vaqtli dinamikasi tadqiq etilib, o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan modulli o‘quv kontentni yaratish tamoyillari, talabalarning shaxsiy o‘quv traektoriyalarini shakllantirish usullari va lingvomadaniy mazmunni uzatish uchun gibrid-didaktik yondashuvlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tilini o‘qitish jarayonida talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirishga doir tadqiqotlar natijalari asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili ta’lim yo‘nalishi talabalarida lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi lingvistik, madaniy, ijtimoiy-kommunikativ, emotsional-kommunikativ, refleksiv komponentlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish darajasining doimiy barqarorligi va qayta aloqasi dinamikligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Namangan davlat chet tillari institutida 2022/2023-yillarda bajarilgan KA 107/2022-2023 raqamli Erasmus+ mobility program loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2024-yil 17-oktyabrdagi 1361-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar tilning grammatika va fonetik xususiyatlarini o‘rganib, nutq ko‘nikmalarini rivojlantiradi va aniq muloqotga kirishish imkoniyatiga ega bo‘lgan;
talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish uchun nemis tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning integrativ-didaktik metodikasi rolli o‘yinlar texnologiyasi (role-play techniques), madaniy almashinuv dasturlari (cultural exchange programs) va case study (vaziyatli tahlil) kabi usullarni lingvomadaniy o‘qitish jarayoniga moslashtirishni nazarda tutib, innovatsion texnologiyalarni lingvomadaniy maqsadlarga yo‘naltirish orqali talabalarning madaniy kontekstni tushunish darajasini oshirishga oid taklif va tavsiyalardan Farg‘ona davlat universitetida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/6091-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tillarni o‘qitishda lingvomadaniy yondashuv imkoniyatlarini qo‘llashning adekvat rivojlantirish bosqichlariga interpreativ moslashtirish orqali samaradorlikka erishish yo‘llari asoslangan;
nemis tilini o‘qitish jarayonida talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan integrativ-didaktik model interpretiv pedagogika tamoyillari, madaniyatlararo muloqot konsepsiyasi va kognitiv-lingvistik tahlil metodlariga asoslanib ishlab chiqilib, o‘quv jarayonida kontekstual interaktivlik va reflektiv-ta’limiy strategiyalarni qo‘llab, talabalarning madaniy va til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun interpretiv matnlar bilan ishlash metodikasi, ta’limiy-diagnostik monitoring tizimi va situativ-madaniy mashqlarni loyihalash usullari orqali bu jarayonni takomillashtirishga hamda talabalarda nemis tilini o‘qitish jarayonida lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish uchun didaktik materiallarni tanlash va tahlil qilishning innovatsion yondashuvlari o‘quv materiallarini lingvistik, madaniy va kommunikativ mezonlarga asoslangan holda selektiv-didaktik tanlash metodikasi, ularni interaktiv o‘qitish texnologiyalari yordamida integratsiyalashgan shaklda qo‘llash hamda o‘quv materiallarining lingvomadaniy mazmunini baholashning diagnostik usullari ishlab chiqish yuzasidan takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining chet tillarni ommalashtirishga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarining ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O’zMTRKning 2024-yil 14-oktyabrdagi 04-36-1107-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zMTRKning “Foreign LanguaGES” telekanalining “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvlarini ssenariylarini tayyorlashda nemis tilini o‘qitish jarayonida talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish zamonaviy kasbiy ta’lim talablariga adekvat bo‘lgan maqsadlarga erishishga xizmat qilgan;
raqamli ta’lim platformalari, virtual madaniy almashinuv muhitlari, va onlayn interaktiv kommunikativ vositalardan foydalanish orqali talabalarda lingvomadaniy kompetentlik rivojlanishining fazoviy-vaqtli dinamikasi tadqiq etilib, o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan modulli o‘quv kontentni yaratish tamoyillari, talabalarning shaxsiy o‘quv traektoriyalarini shakllantirish usullari va lingvomadaniy mazmunni uzatish uchun gibrid-didaktik yondashuvlar ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida hamda “O‘qish va yozish amaliyoti Die Praxis Lesen und Schreiben B1” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2024-yil 30-noyabrdagi 1635-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirishga doir o‘quv materiallari raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan modulli o‘quv kontentni yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish