Misirov Sohibjon Abdupattaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili mashg‘ulotlarida pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish nazariyasi va amaliyoti”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped258.
Ilmiy maslahatchi: Ahmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet  tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Asqarova O‘g‘ilxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari  doktori (DSc), professor; Vositov Valijon Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy malakalarni rivojlantirish  texnologiyalarini takomillashtirish  yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning  lingvodidaktik imkoniyatlari ogʻzaki va yozma nutqiy faoliyatda qoʻllash (usage) jarayonlarining didaktik samaradorligini komunikativ, kompetensiyaviy, kognitiv va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar  asosida taʼminlash orqali aniqlangan;
“kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, kasbiy kompetensiya, kasbiy kompetentlik, ingliz tilini kasbiy yo‘naltirish” tushunchalarining mazmun-mohiyatini ilmiy-metodik asoslash,  kasbiy-sohaviy matnlarni tanlash va tuzishga qo‘yiladigan metodik talablarni mavzuviylik, vizuallik va koʻr ishlatilishi nuqtayi nazaridan tanlash va prezentatsiya bosqichlarining metodik tirologiyasi lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini taqdimot (presentation), mashq qilish (listening, speaking, reading, writing exercise) va qo‘llash (usage) bosqichlari orqali aniqlangan;
pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni (English teaching content) ingliz tilini o‘qitish tamoyillarini (Reading Strategies) zamonaviy talablar asosida ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilish kabi bosqichlarni aqliy hujm (brainstorming), insert, klaster (cluster), artterapiya, harakatli, didaktik, rolli va imitatsion oʻyin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini taʼminlash asosida takomillashtirilgan;
 pedagogika va psixologiya yo‘nalishiga  oid kasbiy-sohaviy autentik - asliyatdagi matnlarni o‘qishni o‘rgatish orqali talabalarning ingliz tilida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik va lingvodidaktik xususiyatlari talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishning mazmuniy unsurlari hisoblangan so‘z va so‘z shakllari, sintaktik qurilmalar boyligini mavzuviylikka amal qilgan holda so‘zlar, gaplar, matnlar asosidagi mashq materiallari va muloqotning maqsadga ko‘ra   aloqa o‘rnatish, undovchilik, koordinatsion, tushunish, amotiv (hissiy aloqa), munosobat o‘rnatish (o‘z o‘rnini anglash), ta’sir ko‘rsatish funksiyalarini inobatga olgan holda talaba shaxsini rivojlantiruvchi faktik materiallar takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy (semantic), vazifaviy (functional) va shakliy (structural) qiyinchiliklarni (linguistic interference) oldini olish tamoyillari qiyosiy, chog‘ishtirma usullari asosida, talabalarning  o‘z fikrini og‘zaki va yozma shakllarda nutq vaziyatiga mos ravishda ravon, to‘g‘ri va xatosiz ifodalash, o‘zgalarning nutqini to‘g‘ri anglash ko‘nikma va malakasini egallashga xizmat qiluvchi hamda o‘zini-o‘zi baholash (self assessment)  metodlari asosida aniqlangan;
pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladigan kasbga oid sohaviy matnlarni o‘qishni o‘rgatishga doir mashqlar tizimini ishlab chiqishda verbal va noverbal muloqot shakllarini integratsiyalash, kommunikativ, oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirilgan,  fikrni adekvat talqin etilishini ta'minlash uchun zaruriy leksik birliklardan oqilona foydalana olish imkonini beruvchi metodik ta’minot asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz tilida pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning  lingvodidaktik imkoniyatlari ogʻzaki va yozma nutqiy faoliyatda qoʻllash (usage) jarayonlarining didaktik samaradorligini komunikativ, kompetensiyaviy, kognitiv va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar  asosida taʼminlash orqali aniqlashga oid tavsiyalar Namangan davlat chet tillari institutida 2022-2023 yillarda bajarilgan KA 107/2022-2023 raqamli “Erasmus mobility program (Erasmus mobillik dasturi)” nomli loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2024-yil 10-dekabrdagi 1713-03-son dalolatnomasi). Natijada, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
“kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, kasbiy kompetensiya, kasbiy kompetentlik, ingliz tilini kasbiy yo‘naltirish” tushunchalarining mazmun-mohiyatini ilmiy-metodik asoslash,  kasbiy-sohaviy matnlarni tanlash va tuzishga qo‘yiladigan metodik talablarni mavzuviylik, vizuallik va koʻr ishlatilishi nuqtayi nazaridan tanlash va prezentatsiya bosqichlarining metodik tirologiyasi lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini taqdimot (presentation), mashq qilish (listening, speaking, reading, writing exercise) va qo‘llash (usage) bosqichlari orqali  aniqlashga oid tavsiyalar Namangan davlat chet tillari institutida 2022-2023 yillarda bajarilgan KA 107/2022-2023 raqamli “Erasmus mobility program (Erasmus mobillik dasturi)” nomli loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2024-yil 10-dekabrdagi 1713-03-son dalolatnomasi). Natijada, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni (English teaching content) ingliz tilini o‘qitish tamoyillarini (Reading Strategies) zamonaviy talablar asosida ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilish kabi bosqichlarni aqliy hujm (brainstorming), insert, klaster (cluster), artterapiya, harakatli, didaktik, rolli va imitatsion oʻyin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini taʼminlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” DM muharriyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari ssenariyasining 2024-yil may va sentyabr oyi sonlarining oliy ta’limga oid ruknida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 14-oktyabr 2024-yildagi 04-36-1112-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini ommalashtirishga xizmat qilgan;
pedagogika va psixologiya yo‘nalishiga  oid kasbiy-sohaviy autentik - asliyatdagi matnlarni o‘qishni o‘rgatish orqali talabalarning ingliz tilida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik va lingvodidaktik xususiyatlari talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishning mazmuniy unsurlari hisoblangan so‘z va so‘z shakllari, sintaktik qurilmalar boyligini mavzuviylikka amal qilgan holda so‘zlar, gaplar, matnlar asosidagi mashq materiallari va muloqotning maqsadga ko‘ra   aloqa o‘rnatish, undovchilik, koordinatsion, tushunish, amotiv (hissiy aloqa), munosobat o‘rnatish (o‘z o‘rnini anglash), ta’sir ko‘rsatish funksiyalarini inobatga olgan holda o’quvchi shaxsini rivojlantiruvchi faktik materiallar takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i asosida berilgan  491049-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida  kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning kasbiy malakalarni rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy (semantic), vazifaviy (functional) va shakliy (structural) qiyinchiliklarni (linguistic interference) oldini olish tamoyillari qiyosiy, chog‘ishtirma usullari asosida, talabalarning  o‘z fikrini og‘zaki va yozma shakllarda nutq vaziyatiga mos ravishda ravon, to‘g‘ri va xatosiz ifodalash, o‘zgalarning nutqini to‘g‘ri anglash ko‘nikma va malakasini egallashga xizmat qiluvchi hamda o‘zini-o‘zi baholash (self assessment)  metodlari asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i asosida berilgan 491049-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarida ingliz tilida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish