Baisov Axmad Sabijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Hozirgi o‘zbek va ingliz nasrida hikoya janrining poetologik genezisi va taraqqiyot tamoyillari”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4619.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Xalova Maftuna Abdusalamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz nasrida poetik konstruksiya muammosini tadqiq qilishda Jek London, Roald Dal, Somerset Moem, o‘zbek adiblaridan Nazar Eshonqul, Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton kabi yozuvchilarning uslub, janr va shakl borasidagi badiiy izlanishlari, badiiy syujet va kompozisiya yaratishi, obrazililikni ta’minlashga qaratilgan o‘ziga xosliklarimahorat va ijodkor konsepsiyasini tig‘izligi hamda xronotop o‘rnini nazariy tomonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy tafakkurning 90-yillardagi rivoji, taraqqiy topishi, uslub va badiiy mahorat qirralari hamda ularning rivojlanish qonuniyatlariga asoslanish orqali yozivchining ijod mahorati va tajribasi, iste’dodi va uslubiy qirralari ochib berilgan;
hikoya janrining tadrijiy rivojida jahon adabiyotida bo‘y ko‘rsatgan syujet va kompozisiya tiplari va psixologizm muammosi dalillangan;
umumbashariy muammolar asosida hikoyaning yuzaga kelish omillari, drabllar hamda badiiy makon va zamon talqinida badiiylik modusi sifatida ko‘rsatilgan;
jahon adabiyotshunosligida hikoya janri genezisi va o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalasi aniqlanib, o‘zbek va ingliz nasrida poetik konstruksiyaning hikoya janri timsolida o‘ziga xos qirralari hamda neorealizm, norealizm talqini tavsiflangan.
IV. Natijalarning joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz nasrida hikoya janri poetikasi, badiiy mahorat va ijodiy konsepsiya uyg‘unligini tadqiq qilish hamda uning o‘zaro ta’sir doirasini aniqlash yo‘sinlarini ishlab chiqish asosida;
o‘zbek va ingliz nasrida hikoya janrining taraqqiy topishi ichki shakllarining yuzaga kelishi tadrijiy takomiliga oid nazariy qarashlari va ilmiy nazariy qarashlar va ilmiy xulosalar “Foreing language” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-buyrug‘iga asosan, 429-496-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, hikoya janrining ifoda xususiyatlarini talqin qilishda jahonning ilg‘or an’analari ta’siri, ularda aks etgan poetik unsurlar dinamikasini tavsiflashga erishilgan;
jahon adabiyotshunosligida yuzaga kelgan qiyosiy-tipologik mushohada tendensiyasining o‘zbek va ingliz adabiyotiga ta’siri, janriy-kompozision uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijodkor idealining qamrovini umumkonstruktiv obrazlar badiiyatiga singdirish, davr va zamon muammosini hal qilishda yozuvchilar tomonidan qayta ishlangan matn tarnsformatsiyasi birligi negizi asosida tadrijiy takomillashtirishga oid nazariy qarashlar va ilmiy xulosalar “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 04 martdagi 55-buyrug‘iga asosan, 650058-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va xorijiy til guruhlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘zbek va ingliz nasrida hikoya janri poetikasining rivojlanish omillarini adabiy ta’sir negizida ekanligini aniqlash, uslubiy xususiyatlarini yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanishiga, ularning ma’naviy olamini boyitish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha ilmiy xulosalar FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 20-iyundagi 241/1-ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi asosida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanish va dunyoqarashini kengaytirishga zamin yaratgan.