Isaqov Olimjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasi (Mediasavodxonlik va axborot madaniuati fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7826.
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Talapov Baxriddin Alijonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Eshnazarova Marg‘ubaxon Yunusalievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mediasavodxonlik va axborot madaniyatiga oid konikmalarni rivojlantirish orqali talabalarning manaviy dunyoqarashini rivojlantirish metodikasini takomilllashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediasavodxonlik va axborot madaniyatiga oid konikmalarni rivojlantirish orqali talabalarning manaviy dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari axloqiy hissiyot va idealni tarkib toptirish, manaviy qadriyatlarni egallash ehtiyojining anglanganligi (inteorizatsiya) va manaviy qadriyatlarni amaliy faoliyatda namoyon qilish (ekstreorizatsiya) mexanizmlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
talabalarda manaviy dunyoqarashni rivojlantirish modelining tashkiliy-metodik komponenti ijtimoiy (Men va olam munosabati); shaxsiy (shaxsiy oz-ozini anglash va hayotiy maqsad munosabati); kasbiy yonalganlik (Men va mehnat munosabati); badiiy-ijodiy (Men va madaniyat munosabati); ijtimoiy hayotga tayyorlash (Men va mediya munosabati); axborot texnologiya madaniyati (Men va texnologiya munosabati) samarali muloqot tizimiga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarda manaviy dunyoqarashni rivojlantirishda mediasavodxonlik va axborot madaniyatiga oid konikmalarni rivojlantirishning tashkiliy shakllari manaviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga yonaltirilgan, ilmiy-badiiy ifodaviylik va obrazlar uyg‘unligi asosida an’ana, qadriyat va xulq-atvor meyorlarini o‘zlashtirish hamda jadal ijtimoiy moslashuvni taminlashga xizmat qiluvshi pedagogik aksiologiyaga ko‘ra aniqlashtirilgan;
talabalarda manaviy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini mediasavodxonlik va axborot madaniyati fani asosida bilimlarni yangi vaziyatlarga ko‘chirish, mavjud vaziyatlarga yangi muammolarni olib kirish; obekt tarkibiga yangiliklar kiritish; muammoning muqobil eshimlarini qollash; muammolarni hal qilishning ma’lum, an’anaviy yo‘lini yangi metodlar bilan boyitish; muammolarni echishda yangicha yondashuvlarni qollash bosqishlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasi (Mediasavodxonlik va axborot madaniuati fani misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda manaviy dunyoqarashni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari axloqiy hissiyot va idealni tarkib toptirishning inteorizatsiya (manaviy qadriyatlarni egallash ehtiyojining anglanganligi) va ekstreorizatsiya (manaviy qadriyatlarni amaliy faoliyatda namoyon qilish) mexanizmlari boyicha aniqlashtirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ma’naviyatshunoshlik turkumiga kiruvshi fanlarga, xususan “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” faniga doir xususiy kompetensiyalar tizimini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 4/17-4/4-19936-son ma’lumotnomasi). Natijada “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanini o‘qitish sanmaradorligini oshirish, talabalarning taxliliy fikrlash, axborot iste’molchilari sifatida xar qanday media ma’lumotni to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati oshgan;
talabalarda manaviy dunyoqarashni rivojlantirish modelining tashkiliy-metodik komponenti ijtimoiy (Men va olam munosabati); shaxsiy (shaxsiy oz-ozini anglash va hayotiy maqsad munosabati); kasbiy yonalganlik (Men va mehnat munosabati); badiiy-ijodiy (Men va madaniyat munosabati); ijtimoiy hayotga tayyorlash (Men va mediya munosabati); axborot texnologiya madaniyati (Men va texnologiya munosabati), samarali muloqot tizimi boyicha takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan PZ – 20170913120 raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulig‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 18-oktyabrdagi 04/11-9104-son ma’lumotnomasi). Natijada “qadriyat”, “dunyoqarash”, “ma’naviy qadriyatlar”, “ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyoji” kabi pedagogik atamalarning mohiyati aniqlashtirilgan;
talabalarda manaviy dunyoqarashni rivojlantirishda mediasavodxonlikdan foydalanishning tashkiliy shakllari manaviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga yonaltirilgan, ilmiy-badiiy ifodaviylik va obrazlar uugunligi asosida anana, qadriyat va xulq-atvor meyorlarni ozlashtirish hamda jadal ijtimoiy moslashuvni taminlashga xizmat qiluvchi pedagogik aksiologiya boyicha aniqlashtirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradio kanali davlat muassasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradio kanali davlat muassasining 2023-yil 12-dekabrdagi 04-036-1870-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ma’naviy-ahloqiy dunyoqarashni rivojlantirishda maktab, maxalla va oila hamkorligini tashkil etish mexanizmlari takomillashtirilgan;
talabalarda manaviy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fani asosida bilimlarni yangi vaziyatlarga ko‘shirish, mavjud vaziyatlarga yangi muammolarni olib kirish; obekt tarkibiga yangiliklar kiritish; muammoning muqobil eshimlarini qollash; muammolarni hal qilishning malum, ananaviy yolini yangi metodlar bilan boyitish; muammolarni eshishda yangisha yondashuvlarni qollash bosqishlarini aniqlashtirish asosida O‘zbekiston teleradio kanali manaviy ma’rifiy dasrturlarini tayyorlash va tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradio kanali davlat muassasining 2023-yil 12-dekabrdagi 04-036-1870 son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda manaviy-axloqiy dunyoqarashni rivojlantirishda kolloborativ va vitagen talim texnologiyalarini tatbiq etish tizimi takomillashtirilgan.