Aldashev Ilhomjon To‘xtaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Pedagogika fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7921.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyos Bahromovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkabaeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” faniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi samaradorligini aniqlovchi mezonlar (kognitiv, faoliyatli, natijaviy)i ma’naviy kompetensiyalar va axloqiy fazilatlarni kasbiy-pedagogik faoliyatda va ijtimoiy munosabatlarda qo‘llay olish darajalari bilan o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish modeli(strategik maqsad, jarayon va natija) ma’naviy qashshoqlikni bartaraf etish, turli ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan va buyurtmachilarning talablariga mos holda o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik jarayonda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda interfaol metodlar, Sharqona ma’anviy-axloqiy qarashlar, ma’naviy meros, madaniy stereotiplar, axloqiy normalarga doir o‘quv materiallaridan foydalanib bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini (shakl, metod, vosita, baholash) bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish asosida:
bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” faniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i asosida ro‘yxatga olingan “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i). Natijalarning joriy qilinishi “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” fanining didaktik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi samaradorligini aniqlovchi mezonlar(kognitiv, faoliyatli, natijaviy)ini ma’naviy kompetensiyalar va axloqiy fazilatlarni kasbiy-pedagogik faoliyatda va ijtimoiy munosabatlarda qo‘llay olish darajalari bilan o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 18-noyabrdagi 11-05-6610/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlanganlik darajasini baholashning diagnostik vositalarini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish modelini (strategik maqsad, jarayon va natija) ma’naviy qashshoqlikni bartaraf etish, turli ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan va buyurtmachilarning talablariga mos holda o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2022-2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 04-36-1097-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar bilan jamotchilikni tanishtirishga xizmat qilgan.
pedagogik jarayonda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda interfaol metodlar, Sharqona ma’anviy-axloqiy qarashlar, ma’naviy meros, madaniy stereotiplar, axloqiy normalarga doir o‘quv materiallaridan foydalanib bo‘lajak pedagoglarni ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini (shakl, metod, vosita, baholash) bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 18-noyabrdagi 11-05-6610/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshgan