Turebekova Guljaxan Adilbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabaqalashtirilgan yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hozirjavoblik ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1774.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Babaniyazova Nargiza Polatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hozirjavoblik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash hamda o‘quvchilarda hozirjavoblik ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida real vaziyatga bog‘liqlik, ehtiyojlarga asoslanganlik, ijtimoiy ahamiyatga egalik, o‘quv jarayoni dinamikligini oshirish kabi didaktik xususiyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish, tanqidiy fikrlashni o‘z ichiga olgan kasbiy-shaxsiy xislatlarni adekvat namoyon bo‘lish darajasining mazmunli tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida hozirjavoblik ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, uni tanlash prinsiplari, omillari, kognitiv, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi hamda modulli, evristik texnologiyalarni  qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish asosida ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida muammoni tushunish, tahlil qilish, rejalashtirish, amalga oshirish kabi bosqichlarining mohiyatini anglash,   loyihalash,  dalillarni tadqiq qilishni o‘zida mujassamlashtirgan kompetensiyalarning mazmuni muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida o‘qitishning ijtimoiy hamkorlikni,  kognitiv mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy-amaliy faoliyatga yo‘nalganlik, o‘quvchilarda emotsional-labilizatsiyani keltirib chiqarishni o‘z tarkibiga oluvchi didaktik shart-sharoitlarni zamonaviy yondashuv tamoyillariga asoslangan metodologik  ish shakllarini rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hozirjavoblik ko‘nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida real vaziyatga bog‘liqlik, ehtiyojlarga asoslanganlik, ijtimoiy ahamiyatga egalik, o‘quv jarayoni dinamikligini oshirish kabi didaktik xususiyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish, tanqidiy fikrlashni o‘z ichiga olgan kasbiy-shaxsiy xislatlarni adekvat namoyon bo‘lish darajasining mazmunli tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirishga oid yondashuvlarda F1-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyiha (2012-2016 yy.) doirasida yaratilgan “Pedagogika” ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 maydagi 02-07-1831/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv doirasida mantiqiy, kreativ, tanqidiy fikrlashni rivojlanishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida hozirjavoblik ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, uni tanlash prinsiplari, omillari, kognitiv, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi hamda modulli, evristik texnologiyalarni  qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2017–2020 yillarga mo‘ljallangan FZ-2016-0909111822 “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 maydagi 02-07-1831/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarda shaxslararo munosabatga kirishish, o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boirish kompetensiyalari va hozirjavoblik ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida muammoni tushunish, tahlil qilish, rejalashtirish, amalga oshirish kabi bosqichlarining mohiyatini anglash,   loyihalash,  dalillarni tadqiq qilishni o‘zida mujassamlashtirgan kompetensiyalarning mazmuni muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Matematikalıq túsiniklerdi qáliplestiriw” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0872-sonli guvohnoma). Natijada, bolalarni muvaffaqiyatli tarzda boshlang‘ich ta’limga tayyorlash vazifasiga echim topilgan;  
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida o‘qitishning ijtimoiy hamkorlikni,  kognitiv mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy-amaliy faoliyatga yo‘nalganlik, o‘quvchilarda emotsional-labilizatsiyani keltirib chiqarishni o‘z tarkibiga oluvchi didaktik shart-sharoitlarni zamonaviy yondashuv tamoyillariga asoslangan metodologik  ish shakllarini rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0909111822  raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18 maydagi 02-07-1831/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hozirjavoblik ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli va uning samaradorligini aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish