Talabova Dilrabo Tolibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1770.
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tajbenova Saule Sarsengalievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik his-tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik jihatlarini aniqlashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tarbiya” darslarini tashkil qilish chog‘ida original echimlar, nostandart fikrlashni talab qiladigan “Tabiat, kel, do‘stlashamiz!”, “Odamiylik formulasi”, “Xayr, “yomon” odatlarim”, “Oqibat indikatori” texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining insonparvarlik his-tuyg‘usini o‘zlashtirish imkoniyatlari mavjud tarbiyaviy ta’sir omillarini korrelyasion o‘zaro integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zida gumanizm g‘oyalarini ifodalagan hayotiy shaxslararo munosabatlar jarayonidagi bevosita ishtirokini ta’minlash orqali ularda attraksiya (insonni hurmat qilishni ifodalovchi ijtimoiy yondashuv, insonga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish); empatiya (hamdardlik, boshqalarning qayg‘usiga sherik bo‘lish, o‘zgalarning qayg‘usini o‘z zimmasiga olish); refleksiya (o‘z xatti-harakati, yurish-turishi, boshqalar bilan munosabatini mustaqil ravishda tahlil qilish); kreativ (ijtimoiy munosabatlarga ijodiy yondashish) qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati fasilitatsiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik his-tuyg‘usini shakllantirish modeli “Rangli qutilar” bellashuvi, “Sehrli so‘zlar sayohati”, “So‘zlar xulq ifodasi: + va –” (intellektual), “Inson ruhiyati” sujetli, “Insonparvarlik xaritasi”, “Jamoat transporti”, “Akam (ukam, opam, singlim) uchun hadyalar” o‘yinlari kabi ta’limning zamonaviy shakllarini xalqaro PISA (The Programme for International Student Assessment) standartlari talablari (nostandart fikrlash, kreativlik, tahlil, o‘z-o‘zini boshqarish, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, axborotdan foydalana olish, tizimli fikrlash, kirishimlilik, refleksiya)ga muvofiq optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “Suratdagi milliylik” foto kollaj, “Milliy qahramonlar” katalogini shakllantirish malakalarini baholash orqali ular tomonidan insonparvarlikka oid nazariy hamda bilimlarni erkin, qisman erkin, majburiy ifodalash tarzida belgilangan ball ko‘rsatkichlariga va qo‘yilgan ballar bo‘yicha bosqichma-bosqich darajalash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik his-tuyg‘usini shakllantirishning yetakchi g‘oyalari, ustuvor tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy hamda amaliy-metodik tavsiyalar asosida:
“Tarbiya” darslarini tashkil qilish chog‘ida original echimlar, nostandart fikrlashni talab qiladigan “Tabiat, kel, do‘stlashamiz!”, “Odamiylik formulasi”, “Xayr, “yomon” odatlarim”, “Oqibat indikatori” texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining insonparvarlik his-tuyg‘usini o‘zlashtirish imkoniyatlari mavjud tarbiyaviy ta’sir omillarini korrelyasion o‘zaro integratsiyalashuvi asosida takomillashtirishga doir metodik tavsiyalaridan FZ-2016-0909111822 “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari (2017-2020) nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-sentyabrdagi 11.05-4630/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilar tomonidan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ijtimoiy-madaniy munosabatlar mohiyatining anglanishini ta’minlovchi bilimlar mustahkamlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zida gumanizm g‘oyalarini ifodalagan hayotiy shaxslararo munosabatlar jarayonidagi bevosita ishtirokini ta’minlash orqali ularda attraksiya (insonni hurmat qilishni ifodalovchi ijtimoiy yondashuv, insonga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish); empatiya (hamdardlik, boshqalarning qayg‘usiga sherik bo‘lish, o‘zgalarning qayg‘usini o‘z zimmasiga olish); refleksiya (o‘z xatti-harakati, yurish-turishi, boshqalar bilan munosabatini mustaqil ravishda tahlil qilish); kreativ (ijtimoiy munosabatlarga ijodiy yondashish) qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati fasilitatsiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir metodik tavsiyalari O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” 2021-2022-yilda mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-sentyabrdagi 11.05-4630/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarda shaxslar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlik g‘oyalariga tayangan holda tashkil qilishga doir bilim, malaka va kompetensiyalari rivojlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “Suratdagi milliylik” foto kollaj, “Milliy qahramonlar” katalogini shakllantirish malakalarini baholash orqali ular tomonidan insonparvarlikka oid nazariy hamda bilimlarni erkin, qisman erkin, majburiy ifodalash tarzida belgilangan ball ko‘rsatkichlariga va qo‘yilgan ballar bo‘yicha bosqichma-bosqich darajalashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida berilgan 194-503 raqamli nashr ruxsatnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan "Oila pedagogikasi" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 6-sentyabrdagi 01/11-1-633-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga doir bilimlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.