Alieva Zuxra Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda kimyoterapiyadan keyin yurak-qon tomir tizimidagi morfofunksional o‘zgarishlar», 14.00.06-Kardiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib 2407.
Ilmiy raxbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01
Rasmiy opponentlar: Tulebaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Polatova Djamilya Shogayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak bezi saratoni bilan xastalangan ayollarda kimyoterapiyaning yurak morfofunksional ko‘rsatkichlariga ta’sirini tahlil qilish va SYuE kechishini bashorat qilish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan ayollarda gemodinamik kursatkichlar va SYuE belgilarini asosiy laboratoriya ko‘rsatkichlari natijalari bilan bog‘liqlik aniqlangan;
ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan ayollarda yurak-qon tomir tizimining xolati kimyo-nur terapiyasi dozasiga bog‘liqligi o‘rganilgan va kimyo-nur terapiyasi kurslari soni bilan chap qorincha disfunksiyasi o‘rtasida musbat korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan ayollarning yoshi, tana vazni indeksi va klinik-funksional ko‘rsatkichlarining va kimyo-nur terapiya ta’sirida kelib chiqadigan chap qorincha disfunksiyasiga musbat bog‘liqlik aniqlangan;
ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda chap qorincha disfunksiyasini optimal dori terapiyasi yordamida davolashning imkoniyati va samaradorligiga asoslangan algoritm ishlab chiqishda SYuE ga olib keluvchi yangi xavf omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘krak bezi saratoni bilan ogrigan bemorlarda kimyoterapiya natijasida yurak kon-tomir tizimida kelib chikadigan asoratlar natijalarini baholash va bu bemorlarda SYuE optimal davolash usullarini samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan ayollarda gemodinamik kursatkichlar va SYuE belgilarini asosiy laboratoriya ko‘rsatkichlari natijalari bilan bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 aprel`dagi 2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Ko‘krak bezi saratoni bilan xastalangan ayollarda yurakning surunkali etishmovchiligi belgilarini bashorat qilish algoritmini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialiga 05.05.2024-yildagi 32 t - sonli buyruq hamda “AKFA MEDLAYN” universitet klinikasi 29.04.2024-yildagi 24 – sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak bezi saratoni bo‘lgan bemorlarda SYuE standart davolash usullarini qo‘llash nafaqat SYuE alomatlarini va asoratlarini bartaraf etadi, balki kardioprotektiv ta’sirni ta’minlaydi, bemorlarning umumiy ahvolini yaxshilaydi, ularning davolanishga sodiqligini oshiradi va asoratlar rivojlanish havfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak bezi saratoni bo‘lgan bemorlarda SYuE standart davolash usullarini imkon qadar kasallikning dastlabki bosqichlarida qo‘llash asoratlarni oldini olishga qaratilgan. Tadqiqot natijalarini joriy etish SYuE rivojlanishini sekinlashtirishga yoki to‘xtatishga imkon beradi, bu esa davolash samaradorligini oshiradi va  kasalxonaga yotqizish ehtimolini kamaytiradi. Agar bir kunlik kasalxona yotog‘i narxi 358000 so‘mni tashkil qilsa, 10 kunda bu 3580000 so‘mga teng bo‘ladi. SYuE (kimyo-nur terapiya oqibatida ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda) bo‘lgan bir bemor uchun dori-darmon xarajati o‘rtacha bir kunda 150000-200000 so‘mni tashkil qiladi, 10 kunda bu 1500000-2000000 so‘mga teng bo‘ladi. SYuE (kimyo-nur terapiya oqibatida ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda) bo‘lgan bir bemorni kasalxonaga yotqizish davridagi tashxis qo‘yish xarajatlari 2470 000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa:  bir bemor uchun 7550000-8000000 so‘m tejash mumkin bo‘ladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan ayollarda yurak-qon tomir tizimining xolati kimyo-nur terapiyasi dozasiga bog‘liqligi o‘rganilgan va kimyo-nur terapiyasi kurslari soni bilan chap qorincha disfunksiyasi o‘rtasida musbat korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, ushbu takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 aprel`dagi 2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Ko‘krak bezi saratoni bilan xastalangan ayollarda yurakning surunkali etishmovchiligi belgilarini bashorat qilish algoritmini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialiga 05.05.2024-yildagi 32 t - sonli buyruq hamda “AKFA MEDLAYN” universitet klinikasi 29.04.2024-yildagi 24 – sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Kimyoterapiyaning emetogenlik ta’sirini hisobga olib, ko‘krak bezi saratoni bo‘lgan bemorlarga kardiologik dori vositalarini individual tanlash SYuE alomatlarini kamaytiradi yoki bartaraf qiladi, bemorlarning hayot sifatini oshiradi va davolashga sodiqligini kuchaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak bezi saratoni bo‘lgan bemorlarda kimyoterapiya kurslarini aniqlash va imkon qadar erta bosqichda kardiologik davolashni belgilash SYuE rivojlanishini oldini olish va uni kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga kiritish SYuE rivojlanishini sekinlashtiradi, asoratlarini kamaytiradi va bu orqali davolash samaradorligini oshiradi, qayta statsionarga yotish ehtimolini kamaytiradi va iqtisodiy xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi. Xulosa: Kimyoterapiya yurak funksiyasini yomonlashtirishi aniqlangan, shuning uchun yurak-qon tomir asoratlarini muntazam monitoring qilish va davolashni moslashtirish zarur. Bu esa bemorlarning hayot sifatini oshiradi, davolashga sodiqligini kuchaytiradi va iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan ayollarning yoshi, tana vazni indeksi va klinik-funksional ko‘rsatkichlarining va kimyo-nur terapiya ta’sirida kelib chiqadigan chap qorincha disfunksiyasiga musbat bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, ushbu takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 aprel`dagi 2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Ko‘krak bezi saratoni bilan xastalangan ayollarda yurakning surunkali etishmovchiligi belgilarini bashorat qilish algoritmini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialiga 05.05.2024-yildagi 32 t - sonli buyruq hamda “AKFA MEDLAYN” universitet klinikasi 29.04.2024-yildagi 24 – sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yosh omilini hisobga olish bemorlarni davolashda kardioprotektiv yondashuvni samarali qo‘llash imkonini beradi, bu esa SYuE rivojlanishini sekinlashtiradi va hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak bezi saratoni bo‘lgan bemorlarning yosh toifasini aniqlash va uni ayollarning fertil holati bilan taqqoslash zarurligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga kiritish SYuE rivojlanishini sekinlashtiradi va bartaraf qiladi, ayniqsa, jismoniy faollikka nisbatan tolerantlikni oshiradi. Bu esa davolash samaradorligini oshirish, qayta statsionarga yotishni kamaytirish, nogironlik darajasini pasaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiy xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda chap qorincha disfunksiyasini optimal dori terapiyasi yordamida davolashning imkoniyati va samaradorligiga asoslangan algoritm ishlab chiqishda SYuE ga olib keluvchi yangi xavf omillari aniqlangan bo‘lib, ushbu takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 aprel`dagi 2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Ko‘krak bezi saratoni bilan xastalangan ayollarda yurakning surunkali etishmovchiligi belgilarini bashorat qilish algoritmini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialiga 05.05.2024-yildagi 32 t - sonli buyruq hamda “AKFA MEDLAYN” universitet klinikasi 29.04.2024-yildagi 24 – sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak bezi saratoni bo‘lgan ayollarda SYuE standart terapiyasini belgilashdan avval TMI ni aniqlash umumiy klinik holatni sezilarli darajada yaxshilaydi, hayot sifatini oshiradi va davolashga sodiqlikni kuchaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak bezi saratoni bo‘lgan ayollarda TMI ni aniqlash majburiy bo‘lib, bu SYuE standart terapiyasini samarali qo‘llash imkonini beradi. Bu SYuE davolashdan kelib chiqadigan noxush holatlarni sekinlashtiradi yoki bartaraf qiladi, davolash samaradorligini oshiradi va statsionarga yotishni kamaytiradi. Agar bir kunlik kasalxona yotog‘i narxi 358000 so‘mni tashkil qilsa, 10 kunda bu 3580000 so‘mga teng bo‘ladi. SYuE (kimyo-nur terapiya oqibatida ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda) bo‘lgan bir bemor uchun dori-darmon xarajati o‘rtacha bir kunda 150000-200000 so‘mni tashkil qiladi, 10 kunda bu 1500000-2000000 so‘mga teng bo‘ladi. SYuE (kimyo-nur terapiya oqibatida ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda) bo‘lgan bir bemorni kasalxonaga yotqizish davridagi tashxis qo‘yish xarajatlari 2470000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: bir bemor uchun 7550000-8000000 so‘m tejash mumkin bo‘ladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish