Fozilov Xurshid Gayratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chap qorincha disfunksiyasi bor yurak koronar kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda davolashning turli usullarining imkoniyatlari” 14.00.06 – Kardiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib335.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bajarilgan, DSc.04/30.12.2019.Tib 64.01.
Rasmiy opponentlar: Lopatin Yuriy Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turaev Feruz Fatxullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi A.V.Vishnevskiy nomidagi milliy ilmiy tadkikot jarroxlik markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chap qorincha sistolik disfunksiyasi bo‘lgan yurak koronar kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvlar, aortokoronar shuntlash, medikamentoz terapiya samaradorligini baholash va morfofunksional omillarga ko‘ra optimal davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chap qorincha sistolik disfunksiyasi bilan YuKK bo‘lgan bemorlarda hayotchan miokard aniqlanmay turib o‘tkazilgan TOKAning miokard revaskulyarizatsiyasi xavfsizligi va samaradorligi baholanib, unda  kasalxona davridagi asoratlar chastotasi 8,1%, angiografik muvaffaqiyat chastotasi 85,7%, muolajaning bevosita muvaffaqiyati 85,1% hamda klinik muvaffaqiyat 85,7% ni tashkil etishi aniqlangan;
koronar arteriyalarni stentlashning markaziy va yurak ichi gemodinamika ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri oxirgi sistolik va diastolik hajmlarning kamayishi hamda chap qorincha otish fraksiyasining oshishi bilan tasdiqlanib, unda II–IV FS stabil stenokardiya bo‘lgan va 51–60 yoshdagi bemorlarda TOKAning chap qorincha otish fraksiyasi o‘sishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
Dori-darmon terapiyasidan farqli o‘laroq TOKA va AKSh, chap qorinchaning tuzilmaviy-funksional qayta shakllanishi kamayishiga ko‘proq yordam berishi, unda, yurakning sistolik va diastolik funksiyalari yaxshilanishi va bu natijalar kuzatuvning 2 yili davomida saqlanib qolishi aniqlangan;
chap qorincha disfunksiyasi bilan YuKK bo‘lgan bemorlarda AKShdan keyingi 24 oylik kuzatuv davomida eng yuqori yashovchanlik darajasi qayd etilgan;
chap qorincha sistolik funksiyasi pasaygan YuKKga chalingan bemorlarda klinik-funksional parametrlarga asoslanib miokard revaskulyarizatsiyasi usulini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
chap qorincha disfunksiyasi bilan yurak koronar kasalligi bo‘lgan bemorlarda davolashning turli usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: chap qorincha sistolik disfunksiyasi bilan YuKK bo‘lgan bemorlarda hayotchan miokard aniqlanmay turib o‘tkazilgan TOKAning miokard revaskulyarizatsiyasi xavfsizligi va samaradorligi baholanib, unda  kasalxona davridagi asoratlar chastotasi – 8,1%, angiografik muvaffaqiyat chastotasi – 89,4%, muolajaning bevosita muvaffaqiyati – 85,7% hamda klinik muvaffaqiyat – 89,4% ni tashkil etishi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2022 yil  7 oktyabrdagi 8n-m/1084-son  ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Otish fraksiyasi pastligiga bog‘liq holda yurak etishmovchiligi bilan YuIK bo‘lgan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvlar» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 14 oktyabrdagi 54-T-son hamda RIKATM Jizzax filialida 2022 yil 15 oktyabrdagi 48/1-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak tomirlari kasalligi va chap qorincha sistolik disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning bevosita va uzoq muddatli natijalarini yaxshilashga yordam beradi; stenokardiya xurujlari sonini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, yurak-qon tomir kasalliklarini o‘z vaqtida davolash; yurak ishemik kasalligini davolash amaliyoti vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtirish imkonini beradi; stenokardiya funksional sinfini yaqqol pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: teri orqali koronar aralashuv orqali to‘liq revaskulyarizatsiyaga erishish iqtisodiy tomondan har bir bemor uchun  30100000 so‘mni tejash imkonini beradi (teri orqali aralashuvning uchta tomirni stentlash va statsionarda davolanish bilan bazaviy narxi 39500000 so‘m, aortokoronar shuntlash amaliyoti kasalxonaga yotqizish bilan birga 69700000 so‘mni tashkil etadi).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor koronar arteriyalarni stentlashning markaziy va yurak ichi gemodinamika ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri oxirgi sistolik va diastolik hajmlarning kamayishi hamda chap qorincha otish fraksiyasining oshishi bilan tasdiqlanib, unda II–IV FS stabil stenokardiya bo‘lgan va 51–60 yoshdagi bemorlarda TOKAning chap qorincha otish fraksiyasi o‘sishi bilan bog‘liqligi asoslangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil  7 oktyabrdagi 8n-m/1084-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Otish fraksiyasi pastligiga bog‘liq holda yurak etishmovchiligi bilan YuIK bo‘lgan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvlar» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 14 oktyabrdagi 54-T-son hamda RIKATM Jizzax filialida 2022 yil 15 oktyabrdagi 48/1-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurakning qisqarish faoliyati tiklanadi,  bemorlarning hayot sifatini yaxshilanadi, yurak-qon tomir kasalliklari reabilitatsiyasi samarodorligi ortadi; ushbu guruh bemorlarda nogironlik ko‘rsatkichi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: stabil stenokardiya II–IV FS va 51–60 yoshdagi bemorlar guruhida TOKA o‘tkazilganida chap qorincha otish fraksiyasi o‘sishi natijasida nogironlikning oldi olinadi va iqtisodiy tomondan har bir bemor uchun 1 oyda 920000 so‘mni tejash imkonini beradi (har bir bemor uchun har oy davlat byudjeti hisobidan 920000 so‘m nafaqa puli to‘lanadi) va o‘rtacha yillik to‘lov hisobiga 11040000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor dori-darmon terapiyasidan farqli o‘laroq, TOKA va AKSh chap qorinchaning tuzilmaviy-funksional qayta shakllanishi kamayishiga ko‘proq yordam berishi, unda gipertrofiya yaqqolligining pasayishi, yurakning sistolik va diastolik funksiyalari yaxshilanishi va bu natijalar kuzatuvning 2 yili davomida saqlanib qolishi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil  20 iyuldagi 4 sonli baennomasi xulosasi bilan tasdiqlangan «Chap qorincha disfunksiyasi bilan YuIK bo‘lgan bemorlarda aortokoronar shuntlash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtrilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024 yil 19 iyundagi 43-son hamda RIKIATM Namangan filialida 2024 yil 20 maydagi 28-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: dori-darmon samarodarligi bo‘lmagan bemorlar guruhida xayot sifati yaxshilanadi, stenokardiya va yurak etishmovichligining funksional sinfi kamaytiriladi, yurakning qisqarish faoliyati tiklanadi, yurak-qon tomir kasalliklari reabilitatsiyasi samarodorligi ortadi; ushbu guruh bemorlarda nogironlik ko‘rsatkichi kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TOKA va  aortokoronar shuntirlash amaliyoti bajarilgan bemorlar guruhida chap qorincha otish fraksiyasi o‘sishi natijasida nogironlikning oldi olinadi va iqtisodiy tomondan har bir bemor uchun 1 oyda 920000 so‘mni tejash imkonini beradi. Bu yillik to‘lov hisobiga o‘rtacha 11040000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi (har bir bemor uchun har oy davlat byudjeti hisobidan 920000 so‘m nafaqa puli to‘lanadi);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chap qorincha disfunksiyasi bilan YuKK bo‘lgan bemorlarda AKShdan keyingi 24 oylik kuzatuv davomida eng yuqori yashovchanlik darajasi qayd etilgan; chap qorincha sistolik funksiyasi pasaygan YuKKga chalingan bemorlarda klinik-funksional parametrlar asosida miokard revaskulyarizatsiyasi usulini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan. Ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil  20 iyuldagi 4 sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Chap qorincha disfunksiyasi bilan YuIK bo‘lgan bemorlarda aortokoronar shuntlash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtrilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024 yil 19 iyundagi 43-son hamda RIKIATM Namangan filialida 2024 yil 20 maydagi 28-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu guruh bemorlarini davolash samaradorligini oshirish, stenokardiya va yurak etishmovichligining funksional sinfini kamaytirish, yurakning qisqarish faoliyatini tiklash, yurak-qon tomir kasalliklari reabilitatsiyasi samarodorligini oshirish va shu orqali qayta gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aortokoronar shuntlash amaliyoti kasallik asoratlarining kamayishi va davolash samaradorligining oshishi hisobiga  shifoxonada qayta davolanishlar sonini o‘rtacha 2 barobar kamaytirish va shu orqali davolanish uchun sarflanadigan to‘lov miqdori yil davomida o‘rtacha 18000000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan.
 beshinchi ilmiy yangilik: chap qorincha sistolik funksiyasi pasaygan YuKKga chalingan bemorlarda klinik-funksional parametrlar asosida miokard revaskulyarizatsiyasi usulini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan. Ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil  20 iyuldagi 4 sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «Chap qorincha disfunksiyasi bilan YuIK bo‘lgan bemorlarda aortokoronar shuntlash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtrilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024 yil 19 iyundagi 43-son hamda RIKIATM Namangan filialida 2024 yil 20 maydagi 28-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu guruh bemorlarini davolash samaradorligini oshirish, stenokardiya va yurak etishmovichligining funksional sinfini kamaytirish, yurakning qisqarish faoliyatini tiklash, yurak-qon tomir kasalliklari reabilitatsiyasi samarodorligini oshirish va shu orqali qayta gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aortokoronar shuntlash amaliyoti kasallik asoratlarining kamayishi va davolash samaradorligining oshishi hisobiga  shifoxonada qayta davolanishlar sonini o‘rtacha 2 barobar kamaytirish va shu orqali davolanish uchun sarflanadigan to‘lov miqdori yil davomida o‘rtacha 18000000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan.  
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish