Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Korrupsiyaga qarshi kurashishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish (bojxona organlari misolida)”, “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu658.
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Tillabaev Mirzatilla Alisherovich, yuridik fanlar doktori, professor; Boboev Mirshod Murotovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari misolida korrupsiyaga qarshi kurashishda AKTdan foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya etish hamda bojxona tizimi faoliyatida ochiqlik prinsiplariga amal qilish darajasini oshirishga qaratilgan Bojxona xizmati organlari faoliyatining ochiqligi konsepsiyasini qabul qilish zarurati asoslantirilgan;
korrupsiyasiz bojxona xizmatini yaratish, uning axborot tizimlarini sun’iy intellekt elementlari bilan birlashtirish, korrupsiya xavfi modellarini baholash asosida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish va bojxona organlarida korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimlarni egallab turgan xodimlar faoliyatini tizimli monitoring qilishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyati asoslantirilgan;
Bojxona qo‘mitasi kadrlar xizmatining faoliyatini soddalashtirish va avtomatlashtirish, nazorat tizimini o‘rnatish hamda faoliyatiga tegishli turli xillardagi tahlillarni yaratish, vakant lavozimlarni qisqa fursatlarda munosib nomzodlar bilan jamlash, xodimlarga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlarning yuritilishini to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazish va hisobotlarni qisqa fursatlarda bajarishni normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solish zaruriyati asoslantirilgan;
Bojxona chegarasi xalqaro aeroportlar orqali harakatlanuvchi yo‘lovchilar bo‘yicha aviakompaniyalar tomonidan oldindan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida yo‘lovchilar tomonidan oldindan sodir etilishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlash va ularni minimallashtirishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya etish hamda bojxona tizimi faoliyatida ochiqlik prinsiplariga amal qilish darajasini oshirish takliflari asosida “Bojxona xizmati organlari faoliyatining ochiqligi konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilib, Bojxona qo‘mitasining 2022 yil 18 iyundagi 145-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 21 avgustdagi 6/05-24-00362-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi bojxona organlari faoliyatida ochiqlik siyosatining yanada takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
korrupsiyasiz bojxona xizmatini yaratish, uning axborot tizimlarini sun’iy intellekt elementlari bilan birlashtirish, korrupsiya xavfi modellarini baholash asosida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish va bojxona organlarida korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimlarni egallab turgan xodimlar faoliyatini tizimli monitoring qilish yuzasidan bildirilgan takliflar “Korrupsiyaviy xavflarni boshqarish” axborot tizimi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 21 avgustdagi 6/05-24-00362-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish va bojxona organlarida korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimlarni egallab turgan xodimlar faoliyatini tizimli monitoring qilish ishlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Bojxona qo‘mitasi kadrlar xizmatining faoliyatini soddalashtirish va avtomatlashtirish, nazorat tizimini o‘rnatish hamda faoliyatiga tegishli turli xillardagi tahlillarni yaratish, vakant lavozimlarni qisqa fursatlarda munosib nomzodlar bilan jamlash, xodimlarga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlarning yuritilishini to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazish va hisobotlarni qisqa fursatlarda bajarishni normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solish takliflari asosida “Bojxona xodimi” axborot tizimini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 21 avgustdagi 6/05-24-00362-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bojxona faoliyatini soddalashtirish va avtomatlashtirish, kadrlar siyosatida shaffoflik va ob’ektivlikni ta’minlash, kadrlar bilan ishlash sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qo‘llash imkoniyat yaratgan;
Bojxona chegarasi xalqaro aeroportlar orqali harakatlanuvchi yo‘lovchilar tomonidan oldindan sodir etilishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlash va ularni minimallashtirishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish takliflari “Masofaviy bojxona nazorat” axborot tizimini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 21 avgustdagi 6/05-24-00362-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi respublikaning xalqaro aeroportlaridagi bojxona chegaralari orqali harakatlanuvchi yo‘lovchilar bo‘yicha aviakompaniyalar tomonidan oldindan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida yo‘lovchilar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan xavflarni oldindan aniqlash va ularni minimallashtirish hamda bojxona qonun hujjatlari buzilishini oldini olishga xizmat qilgan.