Qo‘zieva Maxliyo Muxammadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oksidlangan nanosellyulozaning olinishi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.05 - Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi, 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K721.
Ilmiy rahbar: Ataxanov Abdumutolib Abdupatto o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich, kimyo fanlari doktori. dotsent. Yo‘ldoshov Sherzod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli xil yondashuvlar asosida oksidlangan nanosellyuloza va uning hosilalarini (dialdegid oksinanosellyuloza) sintez qilish, ularning tuzilish va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora paxta mikrokristallik sellyulozasi asosida permanganat oksidlash usulini qo‘llash orqali yuqori oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan oksidlangan nanosellyuloza sintez qilindi va uning tuzilishi va xossalari aniqlandi;
ilk bora nanosellulozani bixromat oksidlovchi ta’sirida oksidlash orqali oksidlangan nanosellyuloza sintez qilindi va oksidlanish jarayoni aynan C6 da joylashgan gidroksil guruhida borishi hamda sellyulozaning glyukopiranoza halqasi saqlanib qolishi ko‘rsatildi;
ilk bora strukturasida ham karboksil ham aldegid guruhlar tutgan oksidlangan nanosellyulozaning yangi hosilasi dialdegid oksinanosellyuloza sintez qilindi va tuzilishi hamda xossalari tadqiq qilindi;
ilk bora oksidlangan nanosellyuloza va dialdegid oksinanosellyuloza namunalari turg‘un gel hosil qilish va yuqori mukoadgeziv xossalarga ega ekanligi aniqlandi hamda kamtoksik mukoadgeziv materiallar sifatida qollash imkoniyatlari ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oksidlangan nanosellyulozaning olinishi, tuzilishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oksidlangan nanosellyulozaning sintezi, tuzilish tahlili, reaksiya mexanizmi va xossalari bo‘yicha olingan ma’lumotlardan 4 ta xorijiy ilmiy jurnallarda yangi materiallar yaratish va fizik-kimyoviy tahlili uchun foydalanilgan (Polymers, 2023, V.15, Scopus, IF=5; Bioresource technology, 2024, V.399, Elsevier, IF=11.4; Green Chemistry, 2024, V.26, Royal Society of Chemistry, IF=9.8; Applied Materials & Interfaces, 2024, V.16, ACS, IF=8.5). Natijada sellyulozani selektiv oksidlash sintezini amalga oshirish imkonini bergan;
oksidlangan nanosellyuloza hosilalari (ONS, DAONS) Reading universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan 2023-2024 yillarda bajarilgan “Polyaphrons as a platform formulation technology transmucosal drug delivery” mavzusidagi ilmiy loyihada qo’llanilgan (Reading Universitetining 2024 yil 23 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada yangi tarkibli mukoadgeziv xossaga ega bo‘lgan dori tashish tizimida qo‘llash imkoniyati bo‘lgan polimer preparatlar olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish