Allaniyazov Davran Orazimbetovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston agro rudalarini boyitish va qayta ishlash asosida murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T740.
Ilmiy maslahatchi: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Turdaliev Umid Muxtoralievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qaraqalpog‘iston agrorudalarini boyitish va qayta ishlash asosida murakkab-kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glaukonit qumini quruq va gidromexanik boyitish jarayoni uchun mos ravishda 45 va 92% dan ortiq konsentratlar olish imkonini beruvchi maqbul sharoitlar yaratilgan;
agroruda konsentratlari va o‘g‘itli tuzlar asosida oldindan belgilangan tarkib va xossalariga ega bo‘lgan murakkab o‘g‘itlarning yangi kompozisiya tarkiblari ishlab chiqilgan;
agro rudalar konsentratlari va ular asosidagi murakkab o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy, fizik-mexanik va tovar xususiyatlari to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlar olingan;
agrorudalarni boyitishdan ajralgan qoldiqlar (glaukonit, vermikulit, bentonit) asosida modifikatsiyalangan tuproq tarkibi ishlab chiqilgan, va ulardan foydalanilganda sug‘orish uchun suv sarfini 10-17 foizga kamaytish aniqlangan;
murakkab o‘g‘itlarning yangi turlarini qo‘llash hisobiga tuproqning sho‘rlanish darajasi 0,55 dan 0,52 % gacha pasayishi, fosforning harakatchan shakllari 80 dan 120 mg/kg gacha, gumus 0,74 dan 1,49 % gacha ko‘tarilishi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston agro rudalarni boyitish va turli markali murakkab o‘g‘itlar va konsentratlarga o‘g‘itli tuzlar ishtirokida qayta ishlashning maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrorudalarni boyitish va glaukokonsentrat, jelvakli fosforit, bentonit va vermikulit asosida murakkab o‘g‘itlar olishning yuqori samarali texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrorudalar asosida ishlab chiqilgan murakkab o‘g‘itlar olishning texnik shartlari “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan (Tsh 29003410-01:2021). Ushbu hujjat texnologik jarayonni va mahsulot sifatini nazorat qilish imkonini beragan;
Qoraqalpog‘iston mahalliy mineral homashyolari asosida «B markali Karafos» murakkab o‘g‘iti Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 30 sentiyabrdagi 03/017-3868-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta hosildorligini 2,2 s/ga yoki 9.32%, va 2,4 s/ga yoki 10.7%, oshirish imkonini bergan;  
modifikatsiyalangan tuproqlarning tarkibi va nisbatlari ishlab chiqilib, jiyda ko‘chatlarining (Elaeágnus angustifólia) o‘sish va rivojlanish sur’atlariga samarali ta’sir etishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasida amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2023 yil 25 dekabrdagi 1-615-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan tuproqlarning ishlab chiqilgan nisbatlari foydalanish jiyda ko‘chatlarining (Elaeágnus angustifólia) o‘sish va rivojlanish sur’atlarini oshirish imkonini bergan;
glaukonit chiqindilari, go‘ng va xlorsiz o‘g‘it asosida ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan tuproq tarkiblari Mo‘ynoq tumani sho‘rlangan tuproq sharoitida tor bargli jiyda (Elaeágnus angustifólia) va saksovul ko‘chatlariga foydalanishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 12 yanvardagi 01/18-2-146-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yining sho‘rlangan tuproqlarida modifikatsiyalangan tuproqlardan foydalanish orqali tor bargli jiyda va saksovul ko‘chatlarini maqbul o‘sishi va rivojlanishini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish