Kurbanov Xasan Asqar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i jarrohligida amaliyotdan keyingi jarohat asoratlarini oldini olish profilaktikasida zamonaviy tikuv materiallarining qiyosiy xususiyatlari», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1973.
Ilmiy rahbar: Madazimov Madamin Mo‘minovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ulugbek Marifdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Tadjibaev Sharaf Abdurashidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarohat asoratlari rivojlanish xavfini kamaytirish uchun tikuv materialini tanlashni optimallashtirish hamda qo‘shimcha mahalliy chora-tadbirlarni qo‘llash orqali qorin bo‘shlig‘i jarrohligida tashrix jarohatlari bitishi natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin bo‘shlig‘i jarrohligida operativ aralashuvning tozalik darajasiga bog‘liq holda tashrix jarohatlarini tikish va jarohat asoratlari rivojlanishini oldini olishning tikuv materiali turini tanlashni optimallashtirish va antiseptik hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sirni kuchaytirish uchun mahalliy choralarni qo‘llash bilan tavsiflanuvchi usuli ishlab chiqilgan;
ta’siri angiogenezni rag‘batlantirish, mikrotsirkulyasiyani hamda granulyasion to‘qimalarning faol shakllanishi bilan hujayra proliferatsiyasini kuchaytirish va natijada tezlashgan reparatsiyani ta’minlash bilan tavsiflanadigan metilen ko‘ki bilan fototerapiya o‘tkazilgan eksperimental hayvonlarda turli xil tikuv materiallaridan foydalanish sharoitida chiziqli jarohatlar bitishining morfologik xususiyatlari aniqlangan;
metilen ko‘ki eritmasidan intraoperativ foydalanish nafaqat mahalliy antiseptik ta’sirga ega, balki qizil spektrdagi lazerli nurlantirish ta’sirida fotonli matrisalar hisobiga fotodinamik jarayonlarning faollashishi hisobiga antibakterial xususiyatlarni kuchaytirishi aniqlangan;
jarohat sohasi fotonli matrisalar bilan intraoperativ qizil spektrda va tashrixdan keyin infraqizil spektrda mahalliy nurlantirish og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatishi, qon va limfa mikrotsirkulyasiyasini kuchaytirishi, yallig‘lanish hodisalarining faolligini kamaytirishi va regeneratsiya jarayonlarini yaxshilashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qorin bo‘shlig‘i jarrohligida tashrix jarohatlari bitishi natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i jarrohligida operativ aralashuvning tozalik darajasiga bog‘liq holda tashrix jarohatlarini tikish va jarohat asoratlari rivojlanishini oldini olishning tikuv materiali turini tanlashni optimallashtirish va antiseptik hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sirni kuchaytirish uchun mahalliy choralarni qo‘llash bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqilgan usul Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Intraoperatsion polifilamentga dori-moddalarni shimdirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 25.12.2023 yildagi 221/1-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 15.01.2024 yildagi 11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/64-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tashrix jarohatlarini tikish va jarohat asoratlari rivojlanishini oldini olishning takomillashtirilgan usuli qorin bo‘shlig‘i jarrohligida tashrixdan keyingi yaqin va uzoq muddatdagi asoratlarni kamaytirishga, shuningdek bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan usulni klinik amaliyotga joriy etish tashrixdan keyingi asoratlar sonini kamayishi hisobiga shifoxonada yotish kunlari (6 kungacha) qisqaradi, natijada bir bemor uchun yotoq kunlari hisobiga o‘rtacha 240000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish bemorlarni shifoxonada qolish muddatlarini qisqarishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=235) 56400000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ta’siri angiogenezni rag‘batlantirish, mikrotsirkulyasiyani hamda granulyasion to‘qimalarning faol shakllanishi bilan hujayra proliferatsiyasini kuchaytirish va natijada tezlashgan reparatsiyani ta’minlash bilan tavsiflanadigan metilen ko‘ki bilan fototerapiya o‘tkazilgan eksperimental hayvonlarda turli xil tikuv materiallaridan foydalanish sharoitida chiziqli jarohatlar bitishining morfologik xususiyatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Intraoperatsion polifilamentga dori-moddalarni shimdirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 25.12.2023 yildagi 221/1-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 15.01.2024 yildagi 11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/64-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: eksperimental tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish tashrix jaroxati tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan infeksion va noinfeksion asoratlarni oldini olishga, gospital davr davomiyligini qisqartirishga va choklarni erta muddatlarga olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: eksperimental tadqiqot natijalariga asoslangan holda jarrohlik amaliyotlarida tashrix vaqtida metilen ko‘ki vositasida fotodinamik terapiyani qo‘llash dori-darmon harajatlariga 1 bemor uchun 81000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar  tejalishiga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik natijalaridan foydalanish dori-darmon xarajatlari kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=235) 19035000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: metilen ko‘ki eritmasidan intraoperativ foydalanish nafaqat mahalliy antiseptik ta’sirga ega, balki qizil spektrdagi lazerli nurlantirish ta’sirida fotonli matrisalar hisobiga fotodinamik jarayonlarning faollashishi hisobiga antibakterial xususiyatlarni kuchaytirishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Intraoperatsion polifilamentga dori-moddalarni shimdirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 25.12.2023 yildagi 221/1-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 15.01.2024 yildagi 11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/64-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: metilen ko‘ki eritmasidan intraoperatsion foydalanish mahalliy antiseptik ta’sirni kuchaytiradi va lazer nurlanishining ta’sirida antibakterial xususiyatlarni kuchaytirishi natijasida tashrix jaroxati tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan infeksion asoratlarni oldini olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik amaliyotlarida intraoperatsion metilen ko‘ki hamda fotodinamik terapiyani joriy etilishi dori darmon-harajatlariga 1 bemor uchun 60000 so‘m byudjet va 81000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar (jami 141000 so‘m) tejalishiga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni tashrix vaqtida qo‘llash dori-darmon xarajatlari kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=235) 33135000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jarohat sohasi fotonli matrisalar bilan intraoperativ qizil spektrda va tashrixdan keyin infraqizil spektrda mahalliy nurlantirish og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatishi, qon va limfa mikrotsirkulyasiyasini kuchaytirishi, yallig‘lanish hodisalarining faolligini kamaytirishi va regeneratsiya jarayonlarini yaxshilashi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Intraoperatsion polifilamentga dori-moddalarni shimdirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 25.12.2023 yildagi 221/1-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 15.01.2024 yildagi 11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/64-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jarohat sohasi intraoperativ qizil spektrda va tashrixdan keyin infraqizil spektrda mahalliy nurlantirilganda anal`getik ta’sir ko‘rsatadi, mikrotsirkulyasiya kuchayadi va regeneratsiya jarayonlari yaxshilanadi, natijada bemorlarning xayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jarohat sohasiga mahalliy lazerli ta’sir ko‘rsatish xirurgik davolashdan keyingi asoratlar soni hamda shifoxonada yotish kunlari (7 kungacha) qisqarishi hisobiga bir bemor uchun dori-darmon xarajatlaridan (1-kunda o‘rtacha 60000) 180000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish dori-darmon xarajatlariga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=235) 42300000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish