Baxadirova Iroda Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida platina bo‘lgan kimyoterapiya dori vositalari ta’sirida yuzaga kelgan eshitish sensonevral zaiflashuvining profilaktikasi va uni davolash (klinik eksperimental tekshiruv)» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2214.
Ilmiy rahbar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Guseva Aleksandra Leonidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
tarkibida platina bo‘lgan kimyoterapiya dorilari ta’sirida shakillanadigan o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini birlamchi profilaktikasi va davolashni eshitish holatini klinik va eksperimental monitoring qilish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kalamushlarda o‘tkazilgan tajriba davomida eshitishni elektofiziologik va elektroakustik tekshirish usulari yordamida eshitish sensonevral buzilishini kimyoterapiyaning erta muddatlarda, ya’ni 1-3 kurslarida yuzaga kelish aniqlangan;
eshitish sensonevral buzilishini shakllanishini platina saqlovchi dori vositalarining avvalgi avlodiga mansub dori vositalari ta’sirida yangi avlodlariga nisbatan 5 marta ko‘p uchrashi tajribada isbotlangan;
platina saqlovchi dori vositalarni qo‘llagan xolda o‘tkazilgan kimyoterapiya davomida bemorlarda glutationni eshitishni o‘tkir sensonevral zaiflashuvini birlamchi profilaktikasi usuli sifatidagi samaradorliligi aniqlangan;
platina saqlovchi dori vositalarni qo‘llagan xolda o‘tkazilgan kimyoterapiya jarayonida eshitishni sensonevral zaiflashuvini birlamchi profilaktikasi va erta aniqlash uchun taklif etilgan algoritmning samaradorliligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/13-son xulosasiga asosan quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor kalamushlarda o‘tkazilgan tajriba davomida eshitishni elektofiziologik va elektroakustik tekshirish usulari yordamida eshitish sensonevral buzilishini kimyoterapiyaning erta muddatlarda, ya’ni 1-3 kurslarida yuzaga kelish aniqlangan. Ilmiy yangiliknining amaliyotga joriy qilinishi: eksperimental tadqiqotning olingan ilmiy-amaliy natijalari 7-shahar klinik shifoxonasida (buyruq №28 U/T) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida (buyruq №11) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi rivojlanishining birlamchi profilaktikasiga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Eksperimental sharoitda platina saqlovchi preparatlarni ototoksiklik darajasini aniqlash o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini oldini olish uchun birlamchi profilaktik choralar bo‘yicha protokolni joriy etish imkonini berdi, bu esa davlat byudjetidan 120640 so‘mdan 147500 so‘mgacha tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Platina preparatlari bilan kimyoterapiya o‘tayotgan bemorlarda eshitish qobiliyatini yo‘qotishning oldini olish” mavzusida ilmiy yangilik, boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023-yil 29-dekabrdagi 7n-r/62-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: eshitish sensonevral buzilishini shakllanishini platina saqlovchi dori vositalarining avvalgi avlodiga mansub dori vositalari ta’sirida yangi avlodlariga nisbatan 5 marta ko‘p uchrashi tajribada isbotlangan. Ilmiy yangiliknining amaliyotga joriy qilinishi: eksperimental tadqiqotning olingan ilmiy-amaliy natijalari 7-shahar klinik shifoxonasida (buyruq №28 U/T) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida (buyruq №11) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental tadqiqotlar asosida o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini erta tashxislash va platina preparatlari bilan kimyoterapiya olgan bemorlarning eshitish monitoring qilish imkonini berdi. Bu esa, o‘z vavbatida 176310 so‘mdan 322000 so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarni tejash imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Platina preparatlari bilan kimyoterapiya o‘tayotgan bemorlarda sensonevral eshitish zaifligi erta tashxislash” mavzusida ilmiy yangilik, boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023-yil 29-dekabrdagi 7n-r/61-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: platina saqlovchi dori vositalarni qo‘llagan xolda o‘tkazilgan kimyoterapiya davomida bemorlarda glutationni eshitishni o‘tkir sensonevral zaiflashuvini birlamchi profilaktikasi usuli sifatidagi samaradorliligi aniqlangan. Ilmiy yangiliknining amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy natijalari 7-shahar klinik shifoxonasida (buyruq №28 U/T) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida (buyruq №10) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan birlamchi profilaktika usulini qo‘llash o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini davolash samaradorligini oshirishga va uning surunkali shakllarini rivojlanishini kamaytirishga imkon berdi. Platina asosidagi kimyoterapiya olgan bemorlarda eshitish qobiliyatini yo‘qotishning surunkali shakllarini rivojlanishi davlat byudjeti uchun kichik ahamiyatga ega emas. Og‘ir darajadagi sensonevral eshitish zaifligining birlamchi profilaktikasi tufayli bemorlar ijtimoiylashuvlanadi va eshitish nuqtai nazaridan hayot sifatini saqlab qoladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Platina preparatlari bilan kimyoterapiya o‘tayotgan bemorlarda eshitish qobiliyatini yo‘qotishning oldini olish” mavzusida uslubiy tavsiyanoma, boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023-yil 29-dekabrdagi 7n-r/62-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: platina saqlovchi dori vositalarni qo‘llagan xolda o‘tkazilgan kimyoterapiya jarayonida eshitishni sensonevral zaiflashuvini birlamchi profilaktikasi va erta aniqlash uchun taklif etilgan algoritmning samaradorliligi isbotlangan. Olingan ilmiy-amaliy natijalari 7-shahar klinik shifoxonasida (buyruq №29 U/T) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida (buyruq №11) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ototoksik kimyoterapiya preparatlarini qabul qilish vaqtida eshitish holatini monitoring qilish algoritmining joriy etilishi sensonevral eshitish zaifligini erta tashxislash imkonini beradi, ya’ni bu bemorlarning ijtimoiylashuvi va hayot sifatini saqlab, o‘z vaqtida davolash samaradorligini oshiradi. Uslubiy tavsiyalarni amalga oshirishdan olingan umumiy iqtisodiy samaradorlik platinali ototoksik kimyoterapiya preparatlarini 5 kurs qabul qilish hisobiga sensonevral eshitish zaifligi bor har bir bemorga 231710 so‘mni tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Platina preparatlari bilan kimyoterapiya o‘tayotgan bemorlarda sensonevral eshitish zaifligi erta tashxislash” mavzusida uslubiy tavsiyanoma, boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023-yil 29-dekabrdagi 7n-r/61-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.