Alieva Ra’no Burxanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dislipidemiyalarni fenotipik va genotipik xususiyatlarini hisobga olgan holda yurak ishemik kasalligini tashhisi, xavf-stratifikatsiyasi va davolashini optimallashtirish” 14.00.06 – Kardiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib650.
Ilmiy rahbar: Shek Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bajarilgan, DSc.04/30.12.2019.Tib 64.01.
Rasmiy opponentlar: Ejov Marat Vladislavovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Nurillaeva Nargiza Muxtarovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Alyavi Baxrom Anisxanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlari qoldiq (rezidual) bilan xavfi bog‘liq bo‘lgan dislipidemiya fenotiplarini hisobga olgan holda xavf-stratifikatsiyasi va davolashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston aholisida dislipidemiyaning 4 ta fenotipi aniqlanib, ularning YuIK bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini keltirib chiqarishdagi roli aniqlangan;
ilk bor atorvastatin va mahalliy lipid-modifikatsiyalovchi kursetin preparatini birgalikda qo‘llash orqali Covid – 19 dan keyin YuIK bilan og‘rigan bemorlarda qoldiq yallig‘lanishni bartaraf etish hamda stenokardiyani barqarorlashtirish samaradorligi aniqlangan;
ilk bor insulinrezistentlik va prokonvertin-subtilizin keksin konvertazaning 9-turi o‘rtasida o‘zaro manfiy munosabat aniqlanib, ushbu bog‘liqlikka rozuvastatin va metforminning ijobiy ta’siri isbotlangan;
ilk bor KIV–2 genida KIV–2 takrorlanishining kamligi bilan bog‘liq 2-∆∆St indikatorini qPCR yordamida aniqlash YuIK bo‘lgan ayollarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholashda afzalliklari ko‘rsatilib, yurak-qon tomir kasalliklari nisbiy xavfi apoAning yuqori kvartilida pastki qismiga nisbatan pastroq ekanligi isbotlangan;
yurak ishemik kasalligi bo‘lgan ayollarda yurak-qon tomir hodisalari xavfini baholashda LPA genidagi KIV–2 takrorlanishining quyi miqdori bilan assotsiirlangan 2-∆∆St ko‘rsatkichlarini qPCR uslubi yordamida aniqlashning afzalligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fenotipik va genotipik xususiyatlarini hisobga olgan holda YuIK bo‘lgan bemorlarda dislipidemiyalarni tashxislash, xavf-stratifikatsiyalari va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekiston aholisida dislipidemiyaning 4 ta fenotipi aniqlanib, ularning YuIK bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini keltirib chiqarishdagi roli baholangan. Yuqoridagi toifa bemorlarni xatar guruhi bo‘yicha tabaqalashtirish statinoterapiyaning individual yondashuv turini tanlash imkonini beruvchi ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 aprelda 4-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Kardiometabolik buzilishli YuIKni diagnostika qilish, xavf stratifikatsiyasi va davolashni yaxshilash maqsadida epikardial yog‘ qalinligini baholash uslubi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 25 iyundagi 39-T-son hamda RIKATM Jizzax filialida 2024 yil 25 iyundagi 54§1-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: dislipidemiya bilan og‘rigan bemorlarni erta aniqlash turg‘un stenokardiya funksional sinfini pasaytiradi, bu bemorning ish qobiliyatini uzaytirish va kardiometabolik asoratlarni kechiktirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: dislipidemiya bilan og‘rigan bir guruh bemorlarga erta tashxis qo‘yish va turg‘un stenokardiya funksional sinfini kamaytishi kasalxonaga yotqizish muddatini 6 kunga qisqartirishga, shuningdek, kasallanishning kamayishiga olib keladi. Gospitalizatsiyaning kamayishi asosida quyidagi iqtisodiy samaradorlik aniqlandi: Evr=(D1–D2)x(G+E)xN–0,15xK=(19,5-10,1)x(181,857+148,900)x30–0,15x 60,000=93,264,474 so‘m. Bunda: D1 – davolash usuli tatbiq etilgunga qadap bemopning bir yilda terapevtik klinikada joriy statsionar davolanish o‘rin/kunlapi o‘ptacha miqdori; D2 – davolash usuli tatbiq etilgandan keyin bemopning bir yilda terapevtik klinikada joriy statsionar davolanish o‘rin/kunlapi o‘ptacha soni; G – bip kunlik terapevtik statsionar bo‘limidagi yotish narxi, so‘m/kun; N – tadbiq etilayotgan yangilik masshtabi (ushbu davolash usulini yiliga tatbiq etilishi kutilayotgan bo‘limdagi bemorlar soni); 0,15 – samapadoplikning me’yopiy koeffisienti. Bu esa har yili yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dori vositalariga sarflanadigan o‘rta hisobda 93264474 so‘mni tejash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor atorvastatin va mahalliy lipid-modifikatsiyalovchi kursetin preparatini birgalikda qo‘llash orqali Covid – 19 dan keyin YuIK bilan og‘rigan bemorlarda qoldiq yallig‘lanishni bartaraf etish hamda stenokardiyani barqarorlashtirish samaradorligi asoslangan. Yuqoridagi toifa bemorlarni xatar guruhi bo‘yicha tabaqalashtirish statinoterapiyaning individual yondashuv turini tanlash imkonini beruvchi ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 aprelda 4-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Kardiometabolik buzilishli YuIKni diagnostika qilish, xavf stratifikatsiyasi va davolashni yaxshilash maqsadida epikardial yog‘ qalinligini baholash uslubi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 25 iyundagi 39-T-son hamda RIKATM Jizzax filialida 2024 yil 25 iyundagi 54§1-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: epikardial yog qatlamining qalinligini baholash usuli kardiometabolik kasalliklar bilan YuIKni tashxislash, xavf-xatarlarni statifikatsiyalash va davolashni yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: atorvastatin va kursetin bilan kombinatsiyalangan terapiya lipidemiyani samarali kamaytiradi, epikardial yog‘ qalinligini baholash usulini amaliyotda qo‘llashda iqtisodiy samaradorlikni tahlil qiladi, shuningdek, kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytiradi, davolash muddatlarini qisqartiradi, kasalxonada qolish kunini 5 kunga qisqartiradi, natijada har bir bemor uchun xarajatlarni 2320000 so‘mga kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor insulinrezistentlik va prokonvertin-subtilizin keksin konvertazaning 9-turi o‘rtasida o‘zaro manfiy munosabat aniqlanib, ushbu bog‘liqlikka rozuvastatin va metforminning ijobiy ta’siri isbotlangan. Yuqoridagi toifa bemorlarni xatar guruhi bo‘yicha tabaqalashtirish statinoterapiyaning individual yondashuv turini tanlash imkonini beruvchi ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 aprelda 4-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Kardiometabolik buzilishli YuIKni diagnostika qilish, xavf stratifikatsiyasi va davolashni yaxshilash maqsadida epikardial yog‘ qalinligini baholash uslubi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 25 iyundagi 39-T-son hamda RIKATM Jizzax filialida 2024 yil 25 iyundagi 54§1-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: rozuvastatin va metformin bilan kombinatsiyalangan terapiyani qo‘llash nafaqat xolesterinni kamaytirishga, balki kardiometabolik kasalliklar bilan YuIKni tashxislash, xavf-xatarlarni stratifikatsiyalash va davolashni yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: rozuvastatin va metformin bilan kombinatsiyalangan terapiya lipidemiya, PCSK9, tana massasi indeksi va insulinni samarali kamaytiradi, iqtisodiy samaradorlik tahlili amaliyotda qo‘llanilganda kasalxonaga yotqizish sonini kamaytiradi va kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartiradi. Natijada har bir bemorning harji 2320000 so‘mga kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor KIV–2 genida KIV–2 takrorlanishining kamligi bilan bog‘liq 2-∆∆St indikatorini qPCR yordamida aniqlash YuIK bo‘lgan ayollarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholashda afzalliklari ko‘rsatilib, yurak-qon tomir kasalliklari nisbiy xavfi apoAning yuqori kvartilida pastki qismiga nisbatan pastroq ekanligi isbotlangan. Yuqoridagi toifa bemorlarni xatar guruhi bo‘yicha tabaqalashtirish statinoterapiyaning individual yondashuv turini tanlash imkonini beruvchi ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 mayda 6-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Ateroskleroz markerlarini hisobga olgan holda surunkali yurak ishemik kasalligi asoratlari xavfini bashoratlash» kal`kulyatorini qo‘llash» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Toshkent viloyati filialida 2024 yil 25 iyundagi 45-son hamda RIKIATM Jizzax filialida 2024 yil 25 iyundagi 54§2-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: 2-∆∆St ko‘rsatkichini miqdoriy aniqlash yurak-qon tomir kasalliklari xavfini ko‘proq bashoratlash imkonini beradi. YuIK mavjud bemorlarda inclisiran bilan birgalikda davolash, erta tashxislash va asoratlarni oldini olish uchun boshqa xavf komponentlariga nisbatan ijobiy ta’sirini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorlik: 2-∆∆Ct indikatorini miqdoriy aniqlash, shuningdek, inclisiran bilan birga SU terapiyasi va qolgan xavfning boshqa komponentlariga ta’sir ko‘rsatib, epikardial yog‘ qatlami, PCSK9, lipoprotein, yallig‘lanish biofospazasi A2 va SROni samarali kamaytiradi, amaliyotda bemorlarning kasalxonada qolish muddatini 7 kunga qisqartiradi. Buning natijasida har bir bemor uchun 2870000 so‘mdan xarajatlarni kamaytirish imkoni beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi bo‘lgan ayollarda yurak-qon tomir hodisalari xavfini baholashda LPA genidagi KIV–2 takrorlanishining quyi miqdori bilan assotsiirlangan 2-∆∆St ko‘rsatkichlarini qPCR uslubi yordamida aniqlashning afzalligi ko‘rsatilgan. Yuqoridagi toifa bemorlarni xatar guruhi bo‘yicha tabaqalashtirish statinoterapiyaning individual yondashuv turini tanlash imkonini beruvchi ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 mayda 6-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Ateroskleroz markerlarini hisobga olgan holda surunkali yurak ishemik kasalligi asoratlari xavfini bashoratlash» kal`kulyatorini qo‘llash» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar RIKIATM Toshkent viloyati filialida 2024 yil 25 iyundagi 45-son hamda RIKIATM Jizzax filialida 2024 yil 25 iyundagi 54§2-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: 2-∆∆St ko‘rsatkichini miqdoriy aniqlash yurak-qon tomir kasalliklari xavfini ko‘proq bashoratlash imkonini beradi. YuIK mavjud bemorlarda inclisiran bilan birgalikda davolash, erta tashxislash va asoratlarni oldini olish uchun boshqa xavf komponentlariga nisbatan ijobiy ta’sirini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorlik: 2-∆∆Ct indikatorini miqdoriy aniqlash, shuningdek, inclisiran bilan birga SU terapiyasi va qolgan xavfning boshqa komponentlariga ta’sir ko‘rsatib, epikardial yog‘ qatlami, PCSK9, lipoprotein, yallig‘lanish biofospazasi A2 va SROni samarali kamaytiradi, amaliyotda bemorlarning kasalxonada qolish muddatini 7 kunga qisqartiradi. Buning natijasida har bir bemor uchun 2870000 so‘mdan xarajatlarni kamaytirish imkoni beradi.