Ibragimov Jasurbek Xabibjanovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tug‘ma gidronefrozni jarroxlik yo‘li bilan davolashdagi zamonaviy tendensiyalar», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1093
Ilmiy maslahatchi Akilov Xabibulla Ataullaevich, t.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Poluxov Ramiz Shamil ogli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi); Raxmatullaev Akmal Abatbekovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mametov Ravshan Raimberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: takomillashtirilgan davolash-tashxislash algoritmi va ureteropieloanastomozning modifikatsiyalashtirilgan usulini ishlab chiqish asosida gidronefroz bilan og‘rigan bolalarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash va yuritish taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida tug‘ma gidronefrozdan aziyat chekuvchi bolalarda kasallanishning darajasi, tuzilmasi va dinamikasining tahlili asosida kasallikning tarqalganlik tendensiyalari aniqlangan va tibbiy ko‘riklarning sifatini oshirish bo‘yicha sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
tug‘ma gidronefrozda jarrohlik taktikasini takomillashtirishga hamda davolash-tashxislash algoritmini optimallashtirishga imkon bergan amaliyotdan keyingi asoratlar va o‘lim holatining tuzilmasi va chastotasi aniqlangan;
tug‘ma gidronefroz bilan og‘rigan bolalarda amaliyot xududini Foley kateteri yordamida drenajlagan holda, bir vaqtning o‘zida laparoskopik pieloplastika va transuretral stentlash usuli ishlab chiqilgan;
tug‘ma gidronefroz sababli o‘tkaziladigan amaliyotlarda noadekvat drenajlash xavfini, drenajlash muddatlarini qisqartiruvchi va aralashuv xududining uzoq muddatda bitish ehtimolini kamaytiruvchi buyrakni dekompression drenajlash va transuretral stentlash uslubiyatlari takomillashtirilgan;
pielouretral segment sohasini plastika qilish va vaqtinchalik stent qo‘yilishi natijasida atrofik, sklerotik o‘zgarishlar sust namoyon bo‘lishi, hujayralar proliferatsiyasi ortishi, siyrak biriktiruvchi va silliq mushak to‘qimalari regeneratsiyasining avjlanishi, jomcha-siydik nayi segmenti gistostrukturasi sog‘lom soxa gistostrukturasiga yaqin xolatga qaytishini namoyon qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidronefroz bilan og‘rigan bolalarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysida tug‘ma gidronefrozdan aziyat chekuvchi bolalarda kasallanishning darajasi, tuzilmasi va dinamikasining tahlili asosida kasallikning tarqalganlik tendensiyalari aniqlangan va tibbiy ko‘riklarning sifatini oshirish bo‘yicha sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-20/u-son va 6i-21/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalar tug‘ma gidronefrozida xirurgik davolash taktikasini takomillashtirishda davolash-diagnostik algoritm” va “Bolalar tug‘ma gidronefrozini xirurgik davolashda laparoskopik va kam invaziv pieloureteroanastomoz o‘rnatish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 apreldagi 39, 40-son hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 30 martdagi 58-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/99-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tibbiy ko‘riklarning sifatini oshirish tug‘ma gidronefrozni erta tashxislashni, asoratlar chastotasini kamayishini va davolash sifatini yaxshilashni ta’minlaydi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tug‘ma gidronefroz bilan og‘rigan 1 nafar bolaning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy ashyolar uchun jami 92000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemor bolani shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirish 276000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: bemor bolalarni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=110) 30360000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tug‘ma gidronefrozda jarrohlik taktikasini takomillashtirishga hamda davolash-tashxislash algoritmini optimallashtirishga imkon bergan amaliyotdan keyingi asoratlar va o‘lim holatining tuzilmasi va chastotasi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-20/u-son va 6i-21/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalar tug‘ma gidronefrozida xirurgik davolash taktikasini takomillashtirishda davolash-diagnostik algoritm” va “Bolalar tug‘ma gidronefrozini xirurgik davolashda laparoskopik va kam invaziv pieloureteroanastomoz o‘rnatish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 apreldagi 39, 40-son hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 30 martdagi 58-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/99-son xulosasi). Ilmiy yangilikning  ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma gidronefrozda jarrohlik taktikasini takomillashtirish va davolash-tashxislash algoritmini optimallashtirish bemor bolalar reabilitatsiya muddatini qisqartirish va muvaffaqiyatli operativ amaliyotlar ulushini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorni shifoxonadan keyingi reabilitatsiyasi uchun 1 kunda 75 000 so‘m mablag‘ sarflanadi. Reabilitatsiya muddatlarini 14 kungacha (20,8±3,2 kundan 6±0,42 kungacha) qisqartirish 1 bemor uchun 1050000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa: Reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=110) 115500000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: tug‘ma gidronefroz bilan og‘rigan bolalarda amaliyot xududini Foley kateteri yordamida drenajlagan holda, bir vaqtning o‘zida laparoskopik pieloplastika va transuretral stentlash usuli taklif qilinganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-20/u-son va 6i-21/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalar tug‘ma gidronefrozida xirurgik davolash taktikasini takomillashtirishda davolash-diagnostik algoritm” va “Bolalar tug‘ma gidronefrozini xirurgik davolashda laparoskopik va kam invaziv pieloureteroanastomoz o‘rnatish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 apreldagi 39, 40-son hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 30 martdagi 58-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/99-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma gidronefroz bilan og‘rigan bolalarda bir vaqtning o‘zida laparoskopik pieloplastika va transuretral stentlash usulini qo‘llash operativ amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytiradi va bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtiradi. Bu esa davolash sifatini yaxshilashga tiklanish uchun zarur bo‘lgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usuldan foydalanish  asoratlarning oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 92 000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 92000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan usul kelib chiqishi mumkin  bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 84 nafar bemor bolalar uchun 1 kunda 7728000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tug‘ma gidronefroz sababli o‘tkaziladigan amaliyotlarda noadekvat drenajlash xavfini, drenajlash muddatlarini qisqartiruvchi va aralashuv xududining uzoq muddatda bitish ehtimolini kamaytiruvchi buyrakni dekompression drenajlash va transuretral stentlash uslubiyatlari takomillashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-20/u-son va 6i-21/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalar tug‘ma gidronefrozida xirurgik davolash taktikasini takomillashtirishda davolash-diagnostik algoritm” va “Bolalar tug‘ma gidronefrozini xirurgik davolashda laparoskopik va kam invaziv pieloureteroanastomoz o‘rnatish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 apreldagi 39, 40-son hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 30 martdagi 58-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/99-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ushbu uslubiyatlardan foydalanish buyrak jomchasini drenajlash muddatini 15,2±0,7 kundan 2,6±0,1 kungacha qisqartirishga, takroriy jarrohlik aralashuv xavfini kamaytirib  bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga va ularni reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorni shifoxonadan keyingi reabilitatsiyasi uchun 1 kunda 75 000 so‘m mablag‘ sarflanadi. Reabilitatsiya muddatlarini 14 kungacha (20,8±3,2 kundan 6±0,42 kungacha) qisqartirish 1 bemor uchun 1050000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa: Reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=110) 115500000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi va takroriy operativ amaliyotlarga ehtiyojni kamaytiradi.
beshinchi ilmiy yangilik: pielouretral segment sohasini plastika qilish va vaqtinchalik stent qo‘yilishi natijasida atrofik, sklerotik o‘zgarishlar sust namoyon bo‘lishi, hujayralar proliferatsiyasi ortishi, siyrak biriktiruvchi va silliq mushak to‘qimalari regeneratsiyasining avjlanishi, jomcha-siydik nayi segmenti gistostrukturasi sog‘lom soxa gistostrukturasiga yaqin xolatga qaytishini namoyon qilishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-20/u-son va 6i-21/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalar tug‘ma gidronefrozida xirurgik davolash taktikasini takomillashtirishda davolash-diagnostik algoritm” va “Bolalar tug‘ma gidronefrozini xirurgik davolashda laparoskopik va kam invaziv pieloureteroanastomoz o‘rnatish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 apreldagi 39, 40-son hamda Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 30 martdagi 58-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/99-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: pielouretral segment sohasini plastika qilish va vaqtinchalik stent qo‘yilishini morfologik asoslash ushbu usulning takroriy jarrohlik aralashuv xavfini kamaytirib bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashiga va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishini ta’minlashga asos bo‘ladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma gidronefroz bilan kasallangan 1 nafar bemorni shifoxonadan keyingi reabilitatsiyasi uchun 1 kunda 75 000 so‘m mablag‘ sarflanadi. Reabilitatsiya muddatlarini 14 kungacha (20,8±3,2 kundan 6±0,42 kungacha) qisqartirish 1 bemor uchun 1050000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa: Reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=110) 115500000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishiga imkon beradi va takroriy operativ amaliyotlarga ehtiyojni kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish