Mamatov Bexzod Abdugafurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish sharoitida birgalikdagi faoliyat buxgalteriya hisobini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt259.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: iqtisodiyotni strategik rivojlantirish sharoitida birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarida birgalikdagi faoliyat bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kooperatsion faoliyatini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda «Birgalikdagi faoliyat» tushunchasiga ta’rif va uning shakllarini tasniflashning soddalashtirilgan mezoni taklif etilgan;
birgalikdagi faoliyat yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etilganda buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibi ishlab chiqilgan va birgalikdagi faoliyatda hisob ob’ektlari aniqlangan;
yuridik shaxs tuzmasdan birgalikdagi faoliyatdagi hisob ob’ektlari bilan bog‘liq operatsiyalarni ishtirokchilar va ishonchli shaxsning buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha tavsiyalar hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish uchun asos bo‘luvchi ichki hisob hujjati va hisobotining namunaviy shakllari ishlab chiqilgan;
birgalikdagi faoliyat doirasida ishtirokchilardan olingan mol-mulkning ishonchli shaxs buxgalteriya hisobida alohida hisobga olinishi bo‘yicha amaldagi schyotlar rejasi tarkibi hamda moliyaviy hisobot shakllari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birgalikdagi faoliyat buxgalteriya hisobi uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Birgalikdagi faoliyat tushunchasining takomillashgan ta’rifi va uning soddalashtirilgan tasnifi hamda birgalikdagi faoliyat buxgalteriya hisobini tashkil qilish bo‘yicha takliflar “Birgalikdagi faoliyat buxgalteriya hisobi” nomli Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsaisiyasining 2018 yil 23 fevraldagi 24-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi «birgalikdagi faoliyat» tushunchasidan normativ-huquqiy hujjatlarda yaxlit tusda foydalanishga huquqiy zamin yaratgan;
yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etilgan birgalikdagi faoliyat amalga oshirilganda ishtirokchilar o‘rtasida shakllantiriladigan ichki hisob hujjati va hisobotining shakllari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ tomonidan hisob siyosatini shakllantirishda foydalanilgan. (“O‘zneftgazqazibchiqarish” AJning 2018 yil 23 martdagi 6/MM-27-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tartib hamda ichki hisob hujjati va hisobotining namunaviy shakllari yuridik shaxs tuzmasdan birgalikdagi faoliyat buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishni soddalashtirishga xizmat qilgan;
yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etilgan birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarida, shu jumladan ishonchli shaxsda birgalikdagi faoliyat bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha tavsiyalari “Birgalikdagi faoliyat (oddiy shirkat shatnomasi) bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsaisiyasining 2018 yil 23 fevraldagi 24-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar birgalikdagi faoliyat hisob ob’ektlarini aniqlash va ushbu hisob ob’ektlari bilan bog‘liq operatsiyalarni ishtirokchilar, shu jumladan, ishonchli shaxs buxgalteriya hisobida aks ettirishni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
birgalikdagi faoliyat shartnomasining boshqa ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan mol mulkni birgalikdagi faoliyat ishonchli shaxsi tomonidan qabul qilinib olingan hollarda ularni balansdan tashqari schyotlarda aks ettirish to‘g‘risidagi tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017 yil 28 apreldagi 47-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BXMS) “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017 yil 17 noyabrdagi 155-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘ini tayyorlashda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 6 yanvardagi KA17-01-35/16-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida amaldagi schyotlar rejasiga yangi alohida balansdan tashqari 015 «Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) bo‘yicha olingan mol-mulk» schyoti hamda Buxgalteriya balansining balansdan tashqari schyotlar qismiga (930-satrda) «Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) bo‘yicha olingan mol-mulk» moddasi kiritilgan. Natijada birgalikdagi faoliyat operatsiyalari bilan bog‘liq hisob ob’ektlari bo‘yicha moliyaviy hisobotning axborot imkoniyatlari takomillashtirilgan.