Sayfilloev Azizbek Amrullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini raqamli texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3670.
Ilmiy rahbar: Atoeva Mehriniso Farxadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Mehriddin Junaydullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar  asosida o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
6-10 yoshli o‘quvchilarni sog‘lomlashtirishga oid kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida jismoniy chiniqtirishning pedagogik xususiyatlari chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi sifatlarini sogʻlom turmush tarzi, ishchanlik, tolerantlik hamda chidamlilik uzviyligini “izohli-tasvirli, vizual-tasvirli, illyustratsion, virtual aloqa, reproduktiv” mazmundagi interaktiv mashqlarga ustuvorlik berish asosida ergonometrik o‘lchovlar orqali kompleks rivojlantirish komponentlari aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning jismoniy chiniqishga oid kompetensiyalarini  rivojlanishiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarining standart talablari malaka, layoqatlilik, harakat texnikasi, bajarish usullari axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasi, irodaviy xususiyatlari jasorat, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilikni aks ettiruvchi virtual muhit bilan o‘zaro aloqadagi subekt-subekt faoliyatini (kuzatuvchi, baholovchi, ta’lim beruvchi) integratsiyalash asosida mazmunan takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar va dasturlar vositasida o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirishni ta’minlovchi ta’lim modeli shaxsning ongli rivojlanishi, intelektual o‘sishi, faol hayot tarziga moslashishi darajasini baholashga yo‘naltirilgan (sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarish, sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish, jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish, jismoniy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) mezonlar asosida takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi bolalarning mustaqil jismoniy mashqlarni bajarish, kun tartibiga rioya qilish, raqib bilan muloqotga kirisha olish, “Men” konsepsiyasi asosida o‘z-o‘ziga gʻamxo‘rlik qilish, o‘ziga bo‘lgan ishonch hissi, dunyoni real holatda anglay olish, xulq-atvor qoidalariga rioya qilish kabi jismoniy tarbiya faniga oid  kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “virtual-ustoz” “vizual-o‘quvchi”, “virtual raqib”, “virtual aloqa” kabi integrativ metodlar mazmuni raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi  o‘quvchilarning jismoniy tarbiya faniga oid kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini raqamli texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
6-10 yoshli o‘quvchilarni sog‘lomlashtirishga oid kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida jismoniy chiniqtirishning pedagogik xususiyatlari chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi sifatlarini sogʻlom turmush tarzi, ishchanlik, tolerantlik hamda chidamlilik uzviyligini “izohli-tasvirli, vizual-tasvirli, illyustratsion, virtual aloqa, reproduktiv” mazmundagi interaktiv mashqlarga ustuvorlik berish asosida ergonometrik o‘lchovlar orqali kompleks rivojlantirish komponentlari aniqlashtirishga oid ma’lumotlar  “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrugʻi, 391376 - raqamli guvohnoma). Natijada, raqamli texnologiyalardan foydalanib, o‘quvchilarining kompetensiyalari rivojlantirilgan;
o‘quvchilarning jismoniy chiniqishga oid kompetensiyalarini  rivojlanishiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarining standart talablari malaka, layoqatlilik, harakat texnikasi, bajarish usullari axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasi, irodaviy xususiyatlari jasorat, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilikni aks ettiruvchi virtual muhit bilan o‘zaro aloqadagi subekt-subekt faoliyatini (kuzatuvchi, baholovchi, ta’lim beruvchi) integratsiyalash asosida mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlarBuxoro davlat universitetida bajarilgan “PZ-202005236-raqamli Oila psixologiyasi fanidan multimediyamahsulotini yaratish (2021-2022 y.y.)”grant loyihasining “Multimedia topshiriqlarini ishlab chiqish” qismini bajarishda  foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-oktyabrdagi 3875-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kompetensiyalarini  rivojlanishiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarining pedagogik talablari takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar va dasturlar vositasida o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirishni ta’minlovchi ta’lim modeli shaxsning ongli rivojlanishi, intelektual o‘sishi, faol hayot tarziga moslashishi darajasini baholashga yo‘naltirilgan (sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarish, sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish, jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish, jismoniy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) mezonlarini takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrugʻi, 391376 - raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarga jismoniy tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kichik maktab yoshidagi bolalarning mustaqil jismoniy mashqlarni bajarish, kun tartibiga rioya qilish, raqib bilan muloqotga kirisha olish, “Men” konsepsiyasi asosida o‘z-o‘ziga gʻamxo‘rlik qilish, o‘ziga bo‘lgan ishonch hissi, dunyoni real holatda anglay olish, xulq-atvor qoidalariga rioya qilish kabi jismoniy tarbiya faniga oid  kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “virtual-ustoz” “vizual-o‘quvchi”, “virtual raqib”, “virtual aloqa” kabi integrativ metodlar mazmuni raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirishga oid tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil  4-oktyabrdagi  01/11-01/1-817-son ma’lumotnomasi). Natijada, dars jarayonlarida taqdim etilgan metodikani qo‘llagan holda raqamli dasturiy vositalar orqali darslarni tashkil etish natijasida o‘quvchilarning jismoniy chiniqishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish