Xabiev Temur Rafaelevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Menejerlarning muzokaralar faoliyatida qaror qabul qilishning metakognitiv xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P520.
Ilmiy rahbar: Karamyan Marietta Xachaturovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamolidin Batirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Ibragimjon Ismailovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi menejerlarning muzokaralar faoliyatida metakognitiv qarorlarni qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va shakllantirish dasturini ishlab chiqish uchun menejerlarning muzokaralar faoliyatida qarorlarni qabul qilishning metakognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
menejerlarning jinsi, yoshi va professionalizatsiya bosqichida metakognitiv anglanganlik, metakognitiv xulq-atvorda o‘zini o‘zi baholash, refleksiv-intuitivlikning rivojlanish darajasiga ta’siri tufayli boshqaruv faoliyatida muzokara yondashuvlari va qarorlarni qabul qilish strategiyasini tanlashning psixologik xususiyatlari aniqlangan;
boshqaruv faoliyatida qaror qabul qilish strategiyalari (ogohlik, qochish, prokrastinatsiya, o‘ta hushyorlik), muzokaralar yondashuvlari (hamkorga va vaziyatga integrativ yondashuv, distributiv yondashuv) va kognitiv uslublar (refleksivlik va intuitivlik)ni tanlashga metakognitiv anglanganlik darajasi va menejerlarning professionalizatsiya bosqichining differensiatsiallashgan tasiri aniqlangan;
menejerlardagi metakognitiv anglanganlik, metakognitiv xulq-atvorda o‘zini o‘zi baholash, refleksivlik-intuitivlik, qaror qabul qilish strategiyalari va muzokara yondashuvlarining o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib shaxs professionalashuv bosqichlariga bogʼliq metakognitiv qobiliyatning namoyon bo‘lishi isbotlangan;
menejerlar va tashkilotlar rahbarlarining vaziyat oldi kasbiy fikrlashni modifikatsion baholashni, hamkorlarning holati va manfaatlarini hisobga olgan holda muzokaralarning integrativ yondashuvini shakllantirish bo‘yicha mashqlarni o‘z ichiga olgan menejerlarning muzokaralar faoliyatida metakognitiv qarorlarni qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Menejerlarning muzokaralar faoliyatida qarorlarni qabul qilishning metakognitiv xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
jinsi, yoshi va professionalizatsiya bosqichining menejerlar metakognitiv anglanganligi, metakognitiv xulq-atvorda o‘zini o‘zi baholashi, refleksivlik-intuitivligi kabi psixologik xususiyatlarning rivojlanish darajasiga ta’siri va ularning boshqaruv faoliyatida muzokara yondashuvlari va qarorlar qabul qilish strategiyasini tanlashi aniqlanganligiga doir takliflar yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 14-maydagi 2-13-21-2152-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh tadbirkorlarda metakognitiv ko‘nikmalar, muzokaralar olib borish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mohiyatini tashxislash imkoniyati paydo bo‘lgan;
qaror qabul qilish strategiyalari (ogohlik, qochish, prokrastinatsiya, o‘ta hushyorlik), muzokaralar yondashuvlari (hamkorga va vaziyatga integrativ yondashuv, distributiv yondashuv) va kognitiv uslublar (refleksivlik va intuitivlik)ni tanlashga metakognitiv anglanganlik darajasi va menejerlarning professionalizatsiya bosqichining differensiatsiallashgan ta’siri aniqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 14-maydagi 2-13-21-2152-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu yosh tadbirkorlarning muzokaralar olib borish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar sifatida xizmat qilgan;
metakognitiv anglanganlik, metakognitiv xulq-atvorda o‘zini o‘zi baholash, refleksivlik-intuitivlik va qaror qabul qilish strategiyalari, muzokara yondashuvlarining o‘zaro bog‘liqligi shaxs professionalashuv bosqichlariga aloqador ravishda uning metakognitiv qobiliyati asoslanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 14-maydagi 2-13-21-2152-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu olingan empirik natijalarni hisobga olgan holda qaror qabul qilish va muzokaralar ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturini qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
menejerlar va tashkilotlar rahbarlarining vaziyat oldi kasbiy fikrlashni modifikatsion baholashni, hamkorlarning holati va manfaatlarini hisobga olgan holda muzokaralarning integrativ yondashuvini shakllantirish bo‘yicha mashqlarni o‘z ichiga olgan menejerlarning muzokaralar faoliyatida metakognitiv qarorlarni qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturining samaradorligi isbotlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 14-maydagi 2-13-21-2152-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning metakognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi joriy etilgan.