Xasanova Shahnoza Abduraupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va fransuz tillarida diplomatik terminologiyaning lisoniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil896.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Ishanjanova Munosibxon Saidahmadovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz tillarida diplomatik terminologiyaning lisoniy, diskursiv hamda funksional-stilistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va fransuz tillarida diplomatik til tamoyillari tizimli tahlil qilingan va diplomatik terminologiyaning shakllanishi, ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, o‘ziga xos ma’no ifodalashi hamda ma’no torayish va ma’no kengayish xususiyatlari ochib berilgan;
diplomatik terminologiyada ko‘p ma’noli diplomatik terminlar ko‘chimlar tarkibida, asosan, metaforalarda qo‘llanilishi aniqlangan hamda o‘zbek va fransuz tillarida til birliklarining o‘zlashtirilishiga derivatsiya jarayoni sifatida qaralishi va ularning kognitiv, gnoseologik, ijtimoiy-funksional kabi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek va fransuz tillari diplomatiya diskursida evfemizmlarni qo‘llash taktikalari, shuningdek, diplomatik old uslublarda shaxssiz qurilmalar, subyektivlik va individuallik mavjud emasligi, rasmiy vakillarning brifinglari va nutqlarida diplomatik muzokaralar olib borishda umumiylik, axborotlilik, obyektivlik, mantiqiy taqdimot, semantik ravshanlik jihatlar ahamiyati aniqlangan;
diplomatik sohaga oid til birliklari ishtirokida hosil bo‘lgan so‘z birikmalar, sodda gap, murakkab gaplarda fe’llarning o‘rni ahamiyatli ekanligi isbotlanib, ularning struktural, semantik, stilistik xususiyatlarining farqlanuvchi qiyosiy va funksional parametrlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va fransuz tillarida diplomatik terminologiyaning lingvistik xususiyatlari va tarjima masalalari tadqiqi natijasida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
o‘zbek va fransuz tillari diplomatiya diskursida evfemizmlarni qo‘llash taktikalari, shuningdek, diplomatik old uslublarda shaxssiz qurilmalar, subyektivlik va individuallik mavjud emasligi, rasmiy vakillarning brifinglari va nutqlarida diplomatik muzokaralar olib borishda umumiylik, axborotlilik, obyektivlik, mantiqiy taqdimot, semantik ravshanlik jihatlarga doir ilmiy qarashlardan IL-402104356 «Tasviriy va amaliy san’at terminlarining o‘zbek va fransuz tillaridagi elektron lug‘at va mobil ilovasini yaratish» mavzusidagi loyihada diplomatiyaga oid terminlarning tadqiqotini o‘tkazishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 2022-yil 27-dekabrdagi 32-10/7568-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari sillabuslarini tuzishda, elektron lug‘at yaratishda, til birliklari ishtirokida hosil bo‘lgan so‘z birikmalarning struktural-semantik xususiyatlar va tarjimada ularning aynan mos, qisman mos yoki umuman ekvialenti mavjud bo‘lmagan terminlar hamda ularning farqlanuvchi parametrlarini qiyosiy-chog‘ishtirib tahlil etishga xizmat qilgan;
o‘zbek va fransuz tilshunosligida diplomatik terminologiyaning shakllanishi yuzasidan berilgan ilmiy va nazariy fikrlardan Al-XT-0-92997-raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-yil 26-iyundagi 259-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari dasturlarini tuzishda terminlar bilan bog‘liq nazariyalardan foydalanilgan;
diplomatik terminlarning turli sohalarda ifodalanishi bo‘yicha ilmiy va amaliy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazilgan og‘zaki va yozma tarjimalar qilish jarayonida diplomatiyaga oid terminlarning tadqiqotini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi 2023-yil 18-maydagi 15/3740-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va fransuz tillari diplomatiya terminologiyasi diskursida sukut yoki evfemizm qo‘llash taktikalari, diplomatik old uslublarda shaxssiz qurilmalar, subyektivlik va individuallik mavjud emasligi, rasmiy vakillarning brifinglari va nutqlarida diplomatik muzokaralar olib borishda umumiylik, axborotlilik, obyektivlik, mantiqiy taqdimot, semantik ravshanlik jihatlar ahamiyati hamda diplomatik sohaga oid til birliklari ishtirokida hosil bo‘lgan so‘z birikmalarining struktural-semantik va funksional-stilistik xususiyatlarining farqlanuvchi parametrlarini qiyosiy-chog‘ishtirib tahlilga oid umumiy xulosalarni boyitishga xizmat qilgan;
diplomatik terminologiyaning o‘zbek va fransuz tillarida ifodalanishi, o‘ziga xos va farqli jihatlarini rasmiy va ommabop nutqda qo‘llanilishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Fan ufqlari» nomli eshittirishlarning 2023-yil yanvar va fevral oylaridagi sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasi 2023-yil 5-iyundagi 02-36-893-son ma’lumotnomasi). Natijada diplomatik munosbatlarda aks etuvchi diplomatik terminlarni o‘zbek va fransuz tillarida qo‘llanishining o‘ziga xos o‘xshash va farqli jihatlarini yoritib borish kabi amaliyotlarda manba sifatida tatbiq etilgan.