Xamdamova Shaxnoza Yusupalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Integratsion yondashuv asosida talabalarni kasbiy layoqatlarini rivojlantirish texnologiyalari (tibbiy ta’limda ingliz va lotin tilini qiyoslash misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzu ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6619.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/02.07.2024.Tib.122.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiyava Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ilhamova Iroda Nuritdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’limda fanlararo integratsion yondashuv asosida talabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tibbiy ta’limda talabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirishda ingliz tili hamda lotin tili tibbiyot terminologiyasi fanlarining qiyosiy tahlili tillarni o‘qitishning didaktik ta’minoti hamda fanlarni integrativligining pedagogik jihatlari, til bilishning mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirishda ingliz tili hamda lotin tili tibbiyot terminologiyasi fanlarini qiyosiy baholashni tizimlashtirish, mutaxassislik fanlarining adaptivligi, funksional aspektlarini asoslashga qaratilgan metodik shart-sharoitlar va didaktik asoslarning intensivligiga ko‘ra  takomillashtirilgan;
tibbiyot ta’lim talabalarini til o‘rganishdagi faolligini rivojlantirish modeli belgilangan mezonlarni faktorli baholash hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarni aniqlashtirish zamonaviy bilimlarni intensivligini hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodlarini mutaxassislik hamda ingliz tili fanlari bilan boyitib borish texnologiyalarini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalrini ingliz tili hamda lotin tili tibbiyot terminologiyasi dasturlarini integratsiyalash jarayonlarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlaridan foydalanish konsepsiyasiga asoslangan takliflar ishlab chiqiligan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’limda ingliz tili hamda lotin tili va tibbiyot terminologiyasi fanlarini o‘rganishda talabalarnig mutaxassisliklari doirasidagi bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan natijalari:
tibbiy ta’limda talabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirishda ingliz tili hamda lotin tili tibbiyot terminologiyasi fanlarining qiyosiy tahlili tillarni o‘qitishning didaktik ta’minoti hamda fanlarni integrativligining pedagogik jihatlari, til bilishning mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida aniqlashtirilganligi hamda talabalarning kasbiy layoqatlarini rivojlantirishda ingliz tili hamda lotin tili tibbiyot terminologiyasi fanlarini qiyosiy baholashni tizimlashtirish, mutaxassislik fanlarining adaptivligi, funksional aspektlarini asoslashga qaratilgan metodik shart-sharoitlar va didaktik asoslarning intensivligiga ko‘ra  takomillashtirilganligi xususidagi takliflar “English in medicine” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiy ta’lim jarayonida talabalarining ingliz tilini o‘rganishdagi fanlararo integratsiyasining samaradorligi oshgan;
tibbiyot ta’lim talabalarini til o‘rganishdagi faolligini rivojlantirish modeli belgilangan mezonlarni faktorli baholash hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarni aniqlashtirish zamonaviy bilimlarni intensivligini hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodlarini mutaxassislik hamda ingliz tili fanlari bilan boyitib borish texnologiyalarini hisobga olish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflar “Uzbek/Russian. English in medicine” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 04-martdagi 55-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning mutaxassislik doirasida ingliz tilini o‘rganishdagi ko‘rsatkichlari oshgan;
tibbiy ta’lim talabalrini ingliz tili hamda lotin tili tibbiyot terminologiyasi dasturlarini integratsiyalash jarayonlarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlaridan foydalanish konsepsiyasiga asoslangan takliflar ishlab chiqiliganligiga oid takliflar “Uzbek/Russian. English in medicine” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 04 martdagi 55-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy bilimlarga oid ingliz tilida so‘zlashish ko‘nikmalari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish