Samatov Dilshodbek Toxirjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida falsafa fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped451.
Ilmiy maslahatchi: Kaxxarova Matluba Manofovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor; Azimova Ziyoda Ergshevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida falsafa fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafa fanini o‘rganishning mazmun va mohiyati abstrakt g‘oyalar va nazariyalarni aksiologik baholash orqali kundalik hayotiy faoliyatda insonning mavjudligini olam va odam progressiv rivojlanish dinamikasini tushunishga qaratilgan global tanqidiy fikrlashni shakllantirish imkoniyatlariga ustovorlik berish asosida ochib berilgan;
oliy ta’lim tizimida falsafa fanining pedagogik aspektlari talabalarning falsafiy bilim tafakkurini shakllantirish kontekstida “falsafa-ta’lim” munosabatlarining intensiv rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan “pedagogik-antropologik”, “pedagogik-gnoseologik”, “pedagogik-aksiologik”, “pedagogik-logik” komponentlarini mutaxassislik bilimlariga integratsiyasiyalash asosida aniqlangan;
oliy ta’limda falsafa fanini o‘qitishning an’anaviy metodikasi umumiy va xususiy falsafiy qoidalarni didaktik jarayon mazmuniga moslashtirish, mavzu va muhitga mos metodlarni (falsafiy quiz, falsafiy bild up, falsafiy storytelling, falsafiy bingo) ishlab chiqish, noan’anaviy va innovatsion texnologiyalarning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan muammoli-mantiqiy mashqlarni (falsafa qaerda, marslik faylasuflar, falsafiy tushlik) kiritish hamda falsafiy bilim elementlarini empirik baholash asosida takomillashtirishgan;
talabalarda falsafaning asosiy kategoriyalari va terminlarini aniqlay olish va tushunish mexanizmlari kognitiv va ijtimoiy-emotsional komponentlarga faoliyat natijalarini prognostik jarayonlarning integral uyg‘unligini empirik baholash indikatorlarining ichki va tashqi ta’sirlariga barqarorligini ta’minlashda fanni o‘qitish traektoriyasini falsafiy bilimdan falsafiy tafakkurga qarab ekspressiv rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning falsafiy bilim va tafakkuriga oid kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi kompetensiyaviy mezonlarni (ijtimoiy, kasbiy, adaptiv, refleksiv) zamonaviy IT resurslari (kim faylasuf bo‘lmoqchi platformasi) ning imkoniyatlari hamda kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional (didaktik, metodik, diognostik) tamoyillari bilan o‘zaro darajasini integrallash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida falsafa fanini o‘qitish metodikasini takomillashtishga oid tadqiqotda olingan ilmiy natijalar asosida:
falsafa fanini o‘rganishning mazmun va mohiyati abstrakt g‘oyalar va nazariyalarni aksiologik o‘rganish orqali kundalik hayotiy faoliyatda insonning mavjudligini olam va odam progressiv rivojlanish dinamikasini tushunishga qaratilgan global tanqidiy fikrlashni shakllantirish imkoniyatlariga ustovorlik berish asosida ochib berilgan ilmiy xulosa va takliflari pedagogik oliy ta’lim talabalari uchun tayyorlangan “Falsafa” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 3910278-raqamli ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim talabalarining falsafiy bilimlarni egallash samaradorligi bo‘yicha metodik taʻminot aniqlangan;
oliy ta’lim tizimida falsafa fanining pedagogik aspektlari talabalarning falsafiy bilim tafakkurini shakllantirish kontekstida “falsafa-ta’lim” munosabatlarining intensiv rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan “pedagogik-antropologik”, “pedagogik-gnoseologik”, “pedagogik-aksiologik”, “pedagogik-logik” komponentlarini mutaxassislik bilimlariga integratsiyasiyalash asosida aniqlangan ilmiy xulosa va takliflaridan pedagogik oliy ta’lim talabalari uchun tayyorlangan “Falsafa” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘iga asosan berilgan 3910278-raqamli ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim talabalarining falsafiy yangi bilimlarni o‘zlashtirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilishga erishilgan;
oliy ta’limda falsafa fanini o‘qitishning an’anaviy metodikasi umumiy va xususiy falsafiy qoidalarni didaktik jarayon mazmuniga moslashtirish, mavzu va muhitga mos metodlarni ishlab chiqish, noananaviy va innovatsion texnologiyalarning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan muammoli-mantiqiy mashqlarni kiritish hamda falsafiy bilim elementlarini empirik baholash asosida takomillashtirishga hamda talabalarda falsafaning asosiy kategoriyalari va terminlarini aniqlay olish va tushunish mexanizmlari kognitiv va ijtimoiy-emotsional komponentlarga faoliyat natijalarini prognostik jarayonlarning integral uyg‘unligini empirik baholash indikatorlarining ichki va tashqi ta’sirlariga barqarorligini ta’minlashda fanni o‘qitish traektoriyasini falsafiy bilimdan falsafiy tafakkurga qarab ekspressiv rivojlantirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligi “Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 548326-raqamli ruxsatnomasi). Natijada, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv jarayoni mazmuni zamonaviy talablar darajasida ishlab chiqilishiga erishilgan;
talabalarning falsafiy bilim va tafakkuriga oid kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi kompetensiyaviy mezonlarni (ijtimoiy, kasbiy, adaptiv, refleksiv) zamonaviy IT resurslari (kim faylasuf bo‘lmoqchi platformasi) ning imkoniyatlari hamda kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional (didaktik, metodik, diognostik) tamoyillari bilan o‘zaro darajasini integrallash asosida takomillashtirilgan ilmiy yangiligi pedagogik oliy ta’lim magistratura talabalari uchun tayyorlangan “Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 548326-raqamli ruxsatnomasi). Natijada pedagogik ta’lim magistratura mutaxassisligi talabalarining falsafiy bilimlarini ilmiy tadqiqot bilan integratsiyalashuvini amalga oshirish mazmuni boyitilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish