Olimjonov Zarifjon Zoirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat qarzini samarali boshqarish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2583.
Ilmiy rahbar:Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmurodov Shoxjaxon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat qarzlarini boshqarish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat qarzlaridan samarali foydalanishning oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida qarzlar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni konsolidatsiyalashgan byudjeti xarajatlarida aks ettirish taklifi asoslangan;
korxonalar moliyaviy holatiga ko‘ra toifalash asosida qarzlar bo‘yicha chegaraviy miqdorlarni belgilashda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni minimallashtirish va oldindan baholash mexanizmi ishlab chiqilgan;
davlat qarzlari portfelida milliy valyutani boshqa valyuta birliklariga nisbatan qadrsizlanishi natijasida qarzlar yukini oshib ketishini oldini olish, xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni va qarzlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘z vaqtida bajarish maqsadida “Kafolat jamg‘armasi”ni tashkil etishning ilmiy asoslari yaratilgan;
davlatning ichki moliyaviy imkoniyatlari va qarzlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlari prognozini baholash asosida tashqi va ichki qarzlar bo‘yicha har yillik cheklangan miqdorlarni belgilash tartibi ishlab chiqilgan;
xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda davlat qimmatli qog‘ozlarini investision jozibadorligi va boshqa muqobil instrumentlarga nisbatan daromadliligini oshirish maqsadida inflyasiyaga bog‘langan turlarini joriy etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijasida dissertant davlat qarzlarini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
Davlat qarzlaridan samarali foydalanish, xususan qarzlardan foydalanishning oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida qarzlar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni konsolidatsiyalashgan byudjeti xarajatlarida aks ettirishga doir taklifi Moliya vazirligi tomonidan davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni davlat qarzlarini boshqarishga doir moddalarini takomillashtirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi №07/-38-32/10764-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) hisobidan amalga oshiriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qaytariladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti xarajatlarida aks ettirish imkonini berdi.
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni minimallashtirish va oldindan baholash mexanizmini joriy etish maqsadida korxonalar moliyaviy holatiga ko‘ra toifalash asosida qarzlar bo‘yicha chegaraviy miqdorlarni belgilashga doir taklifi amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi №07/-38-32/10764-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 martdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 107-sonli qarorida o‘z aksini topgan bo‘lib, xususan tashqi qarzlarni jalb qilish va tashqi qarzga xizmat ko‘rsatishni tartibga solish maqsadida 28 ta davlat ishtirokidagi korxonalar, moliyaviy holatiga ko‘ra, “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” toifalariga ajratish tartibi joriy etildi va ular bo‘yicha qarzlarni jalb qilish, ulardan foydalanish va ularning miqdorini maqbullashtirish ustidan nazorat qilish mexanizmi joriy etildi.
Davlat qarzlari portfelida milliy valyutani boshqa valyuta birliklariga nisbatan qadrsizlanishi natijasida qarzlar yukini oshib ketishini oldini olish, xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni va qarzlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘z vaqtida bajarish maqsadida “Kafolat jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanishga doir taklifi amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi №07/-38-32/10764-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020 yil 21 sentyabrdagi qaror bilan amaliyotga joriy etish natijasida, O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan davlat tashqi qarz mablag‘larini milliy valyuta hamda chet el valyutasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish natijasida yuzaga keladigan valyuta kursi xatarlarining oldini olish uchun. Bunda chet el valyutasida jalb qilingan va milliy valyuta hamda chet el valyutasida berilgan kreditlarning foiz to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy farq Kafolat jamg‘armasida jamlanadi va valyuta kursi o‘zgarishi ta’sirida yuzaga keladigan tafovutlar ushbu mablag‘lar hisobiga qoplash imkoniyati yaratildi.
Davlatning ichki moliyaviy imkoniyatlari va qarzlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlari prognozini baholash asosida tashqi va ichki qarzlar bo‘yicha har yillik cheklangan miqdorlarni belgilashga doir taklifi davlat qarzlarini boshqarishga doir qonunchilik asoslarini mustahkamlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi №07/-38-32/10764-sonli ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etish orqali, 2020 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunlar bilan, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan miqdorlarini belgilash mexanizmi joriy etildi.
Xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda davlat qimmatli qog‘ozlarini investision jozibadorligi va boshqa muqobil  nstrumentlarga nisbatan daromadliligini oshirish maqsadida inflyasiyaga bog‘langan turlarini joriy etish bo‘yicha taklifi amaliyotga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi №07/-38-32/10764-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, davlat qimmatli qog‘ozlari kupon stavkali (qat’iy belgilangan foiz daromadli), nol` kupon stavkali (diskont obligatsiyalar), inflyasiyaga bog‘langan va boshqa turlarda chiqarilishini ta’minlashga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish