Begalieva Mexriniso Olimnazarovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Surxon vohasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixi ( davriy matbuot materiallari asosida),
 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar754
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Otamurodovich,tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna Ergasheva, tarix fanlari doktori, professor Shodmon Xuseynovich Vohidov.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rossiya imperiyasi davrida Surxon vohasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir materiallar tahlil qilinib, ularning mohiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida matbuot sahifalarida asosan imperiya manfaatlariga xizmat qilgan gazeta va jurnallarda voha tarixining yoritilishi geografik-topografik, siyosiy-boshqaruv, harbiy-strategik, savdo-iqtisodiy va agrar yo‘nalishlarga ajratilgan holda ilmiy asosda dalillangan;
nashr etilgan  gazeta va jurnallarda imperiya davrida Surxon vohasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiga bag‘shlangan ma’lumotlar tizimlashtirilib ochib berilgan;
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Surxon vohasi bekliklari, shaharlarining ma’muriy boshqaruvi  tartibi, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya ishlari hamda paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida vohaning qishloq xo‘jaligi Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat  qilishi asoslangan;
1870-1917 yillarda matbuotning davriy kuzatuvi natijasida voha tarixiga oid faqatgina Rossiya imperiyasi hududida emas balki xorijiy mamlakatlar matbuot sahifalaridan ham voha tarixiga oid ma’lumotlar dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Surxon vohasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixi ( davriy matbuot materiallari asosida) Mavzusiga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida matbuot sahifalarida asosan imperiya manfaatlariga xizmat qilgan gazeta va jurnallarda voha tarixining yoritilishi geografik-topografik, siyosiy-boshqaruv, harbiy-strategik, savdo-iqtisodiy  va agrar yo‘nalishlarga ajratilgani haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida bayon etib berilgan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-martdagi 02-06-464-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda davriy matbuotda Surxon vohasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlari tarixi tahliliy materiallar va nazariy xulosalar asosida jamoatchilikka taqdim qilingan;
Nashr etilgan  gazeta va jurnallarda Surxon vohasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiga bag‘shlangan ma’lumotlar tizimlashtirilib ochib berilgan to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-martdagi 02-06-464-son ma’lumotnomasi). Natijada davriy matbuotda Surxon vohasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlari tarixi tahliliy materiallar va nazariy xulosalar asosida jamoatchilikka taqdim qilingan;
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Surxon vohasi bekliklari, shaharlarining ma’muriy boshqaruvi  tartibi, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya ishlari hamda paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida vohaning qishloq xo‘jaligi Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat  qilganligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 1-avgustdagi 01-06/2595-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sha davrda nashr etilgan gazeta va jurnallardagi  Surxon vohasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiga bag‘shlangan ma’lumotlar bilan agentlik fondini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
1870-1917 yillarda matbuotning davriy kuzatuvi natijasida voha tarixiga oid faqatgina Rossiya imperiyasi hududida emas balki xorijiy mamlakatlar matbuot sahifalaridan ham voha tarixiga oid ma’lumotlar, tadqiqotchi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida olingan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 1-avgustdagi 01-06/2595-son ma’lumotnomasi). Natijalar XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi Surxon vohasi iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligining Rossiya imperiyasi manfaatlariga bo‘ysundirilish siyosati masalalarini

Yangiliklarga obuna bo‘lish