Badridinova Nilufar Sadridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asaridagi tasavvufiy tushunchalarning falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. PhD /Fal1283
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Xolidaxon Xoliqovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Rasmiy opponentlar: Xoshimxonov Mo‘min, falsafa fanlari doktori, professor; Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asaridagi tasavvufiy tushunchalarning falsafiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Boborahim Mashrab yashagan davr madaniy muhiti va mafkurasining o‘ziga xos jihatlari hamda asarlarining tarixiy-falsafiy tahlil asosida lirik she’rlar (g‘azal, mustazod, muxammas)da, “Mabdai nur” (Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy Masnaviy”dan tazmin qilingan baytlarning turkiy-o‘zbek tilidagi sharhlari), “Kimyo” (hikoyat, “dunyo mo‘minning zindonidir” hadisining sharhi), “Qissayi Vaysul-Qaraniy” (Shayx Uvaysi Qaraniy fazilat, xislat va karomatlari), “Qissayn Me’rojnomayi Rasuli Akram” (Payg‘ambar (s.a.v.)ning me’rojlari) kabi asarlarining tasnifiga tayanib islom qoidalarini to‘g‘ri anglash, pok axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish g‘oyalari hamda ma’rifatga erishish yo‘llari, nafsni tiymoq, o‘z-o‘zini anglash, halol mehnat kabi axloqiy go‘zal sifatlarning falsafiy ahamiyati ochib berilgan;
Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” va “Kimyo” asarlaridagi tasavvufiy tushunchalar (nur, ma’rifat, tavba, sabr, shukr) genezisi Budda ta’limotidagi “Nirvana” maqomiga erishishda saodat kimyosiga (hayot, sog‘liq, sarvat) hamohang ekanligi hamda axloqiy konsepsiyasining mushohada, riyoziyot va ibodat asosida dunyoga hirs qo‘yish, molparastlikni qoralab, jamoatdan ajralmaslik, xalq bilan birga bo‘lish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi tamoyillari mantiqiy dalillangan;
“Mabdai nur” asaridagi ilohiy ishq va hurlik (mashaqqatli, og‘ir yo‘llardan chidam, bardosh bilan o‘tish, nafsni jilovlash, dunyo hirsu-havaslaridan voz kechish, vujudni, qalbni va ruhni illatlardan poklash yo‘li bilan kamolotga etish) xususidagi qarashlari shaxsda dilozorlik, birovga aziyat berish, ko‘ngilni og‘ritish, ranjitish kabi illatlarni bartaraf etishda hamda poklik, halollik, rostgo‘ylik, taqvodorlik, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, etim-esir, kambag‘al-miskinlarga shafqatli, xayr-saxovatli bo‘lish kabi oliyjanob xislatlarni shakllantirishdagi axloqiy ahamiyati ochib berilgan;
O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurish jarayonida Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asaridagi inson qadri-qimmati, ruhiy olamining barkamolligi, xalqparvarlik g‘oyalari va hurlik xususidagi qarashlardan uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining ma’naviy-ruhiy poklanish, tinchlik va adolatni ta’minlash, o‘z-o‘zini anglash va o‘zgarish, ijtimoiy faollik va jamiyatda ma’naviy integratsiyani ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirishda foydalanish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boborahim Mashrab risolalarining falsafa tarixidagi ahamiyatini ochib berish hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rnini asoslab berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Boborahim Mashrab yashagan davr madaniy muhiti va mafkurasining o‘ziga xos jihatlari hamda asarlarining tarixiy-falsafiy tahlil asosida lirik she’rlar (g‘azal, mustazod, muxammas)da, “Mabdai nur” (Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy Masnaviy”dan tazmin qilingan baytlarning turkiy-o‘zbek tilidagi sharhlari), “Kimyo” (hikoyat, “dunyo mo‘minning zindonidir” hadisining sharhi), “Qissayi Vaysul-Qaraniy” (Shayx Uvaysi Qaraniy fazilat, xislat va karomatlari), “Qissayn Me’rojnomayi Rasuli Akram” (Payg‘ambar (s.a.v.)ning me’rojlari) kabi asarlarining tasnifiga tayanib islom qoidalarini to‘g‘ri anglash, pok axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish g‘oyalari hamda ma’rifatga erishish yo‘llari, nafsni tiymoq, o‘z-o‘zini anglash, halol mehnat kabi axloqiy go‘zal sifatlarning falsafiy ahamiyatiga oid ilmiy yangiliklar hamda taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida nashr etilgan ishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 6-avgustdagi 04/11-6069-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy hayotida Boborahim Mashrab ma’naviy merosi “Mabdai Nur” asaridagi falsafiy tushunchalar tahlili asosida ogohlik maqomini insonparvarlik mezonlari va prinsiplari asosida amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” va “Kimyo” asarlaridagi tasavvufiy tushunchalar (nur, ma’rifat, tavba, sabr, shukr) genezisi Budda ta’limotidagi “Nirvana” maqomiga erishishda saodat kimyosiga (hayot, sog‘liq, sarvat) hamohang ekanligi hamda axloqiy konsepsiyasining mushohada, riyoziyot va ibodat asosida dunyoga hirs qo‘yish, molparastlikni qoralab, jamoatdan ajralmaslik, xalq bilan birga bo‘lish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi tamoyillariga doir lmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillardagi faoliyatida, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora- tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish”da targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 7-avgustdagi 10/44-son ma’lumotnomasi). Natijada, Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asaridagi tasavvufiy tushunchalarning falsafiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berishga xizmat qilgan;
“Mabdai Nur” asaridagi ilohiy ishq va hurlik (mashaqqatli, og‘ir yo‘llardan chidam, bardosh bilan o‘tish, nafsni jilovlash, dunyo hirsu-havaslaridan voz kechish, vujudni, qalbni va ruhni illatlardan poklash yo‘li bilan kamolotga etish) xususidagi qarashlari shaxsda dilozorlik, birovga aziyat berish, ko‘ngilni og‘ritish, ranjitish kabi illatlarni bartaraf etishda hamda poklik, halollik, rostgo‘ylik, taqvodorlik, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, etim-esir, kambag‘al-miskinlarga shafqatli, xayr-saxovatli bo‘lish kabi oliyjanob xislatlarni shakllantirishdagi axloqiy ahamiyatiga oid ilmiy yangiliklardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ulaming kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarida, kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 31-iyuldagi 02/310-son ma’lumotnomasi). Natijada, Boborahim Mashrab “Mabdai nur” asaridagi ilohiy ishq va hurlik xususidagi g'oyalaridan, inson qadri-qimmati, ruhiy olamining barkamolligini boyitish, o‘z-o‘zini anglash, suhbat, nafsni tarbiyalash, kibrni yo‘qotish, shukronalik va sabr g‘oyalari hozirgi Yangi O‘zbekiston sharoitida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning barqaror bo‘lishidagi, mafkuraviy immunitetni tarbiyalashdagi ahamiyati, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkonini berib, falsafiy, axloqiy qarashlarini yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda tahlil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurish jarayonida Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asaridagi inson qadri-qimmati, ruhiy olamining barkamolligi, xalqparvarlik g‘oyalari va hurlik xususidagi qarashlardan uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining ma’naviy-ruhiy poklanish, tinchlik va adolatni ta’minlash, o‘z-o‘zini anglash va o‘zgarish, ijtimoiy faollik va jamiyatda ma’naviy integratsiyani ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirishda foydalanishga oid ilmiy natijalar hamda amaliy taklif-tavsiyalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Yoshlar vaqti”, “Najot bilimda”, “Zamondosh” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda va bevosita suhbat jarayonini suratga olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 31-iyuldagi 01-09-114-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar Boborahim Mashrabning “Mabdai nur” asaridagi falsafiy tushunchalar tahliliga yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkonini berib, teleko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.