Xudayberdiev Ikrom Ilxomjonning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XXI asrning birinchi choragida Afg‘oniston Pokiston munosabatlari”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.3.PhD/Tar.1148.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Abdusamat Axatovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Raximov Mirzohid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Akmalov Shaislom Ikramovich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XXI asrning birinchi choragida Afg‘oniston va Pokiston munosabatlarining rivojlanish tarixi, xususiyatlari va rivojlanish dinamikasi hamda unga ta’sir etuvchi omillarni yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
2020-yilda AQSh va Tolibon kelishuvining tuzilishi, 2021-yilda AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi ushbu mintaqaning geosiyosiy va xavfsizlik manzarasini o‘zgartirishi, Pokiston toliblarga bevosita ta’sir o‘tkaza oluvchi davlat sifatida ushbu geosiyosiy vaziyatning markazida turganligi, bu o‘z navbatida, Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va yangi xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqishni talab etishi dalillangan;
Afg‘onistonda Tolibonning hokimiyatga qaytishi Pokiston bilan munosabatlarida yangi nizoli dinamikani yuzaga keltirganiga qaramasdan Tolibon rejimining xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llab-quvvatlanishiga intilishida ularning pozisiyalarini yaxshi tushinadigan mamlakat sifatida rasmiy Islomobod asosiy rol o‘ynashi isbotlangan;
Mamlakatlar o‘rtasidagi to‘laqonli iqtisodiy hamkorlik va savdo imkoniyatlarini yangi mintaqaviy tashabbuslar va kelishuvlar, xususan, Xitoy (Bir kamar, bir yo‘l), O‘zbekiston (Transafg‘on temir yo‘li) va boshqalar kontekstida qayta ko‘rib chiqish mumkin ekanligi, infratuzilma va transport yo‘laklarini rivojlantirish ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi ham iqtisodiy, ham siyosiy aloqalarni yaxshilashga xizmat qilishi aniqlangan;
Afg‘oniston-Pokiston munosabatlaridagi etnik va hududiy chegaralanish borasidagi mavjud muammolar bir qator asosiy tashqi omillar, o‘zgaruvchan geosiyosiy kontekst, har ikki mamlakatdagi ichki siyosat va xavfsizlik evolyusiyasi, mintaqaviy va global dinamika bilan bog‘liq ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XXI asrning birinchi choragida Afg‘oniston va Pokiston munosabatlarining rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
2020-yilda AQSh va Tolibon kelishuvining tuzilishi, 2021-yilda AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi ushbu mintaqaning geosiyosiy va xavfsizlik manzarasini o‘zgartirishi, Pokiston toliblarga bevosita ta’sir o‘tkaza oluvchi davlat sifatida ushbu geosiyosiy vaziyatning markazida turganligi, bu o‘z navbatida, Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va yangi xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqishni talab etilishi dalillangan. Muammolar yuzasidan keltirilgan taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan. (Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 01-18-18/8427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar va takliflar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Afg‘onistonda Tolibonning hokimiyatga qaytishi Pokiston bilan munosabatlarida yangi nizoli dinamikani yuzaga keltirganiga qaramasdan Tolibon rejimining xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llab-quvvatlanishiga intilishida ularning pozisiyalarini yaxshi tushinadigan mamlakat sifatida rasmiy Islomobod asosiy rol o‘ynashi isbotlangan. Ushbu ma’lumotlar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqbollar (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida bajarilgan. (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti IL-5221091507 “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqbollari (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” mavzusidagi amaliy loyihaning 06.28.2024 yildagi majlisi 01-04-01/1447-sonli ma’lumotnomasidan ko‘chirma). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan maʼlumotlar loyiha doirasida chop etilgan tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan.
Mamlakatlar o‘rtasidagi to‘laqonli iqtisodiy hamkorlik va savdo imkoniyatlarini yangi mintaqaviy tashabbuslar va kelishuvlar, xususan, Xitoy (Bir kamar, bir yo‘l), O‘zbekiston (Transafg‘on temir yo‘li) va boshqalar kontekstida qayta ko‘rib chiqish mumkin ekanligi, infratuzilma va transport yo‘laklarini rivojlantirish ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi ham iqtisodiy, ham siyosiy aloqalarni yaxshilashga xizmat qilishi aniqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlar aro munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 12-iyuldagi 14-07-1165-son maʼlumotnomasi) Mazkur dissertatsiya ishidagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Qo‘mitaning O‘zbekiston va xorijiy madaniy markazlari bilan hamkorlikdagi madaniy-maʼrifiy tadbirlarini tashkil etishda, O‘zbekiston – Pokiston, O‘zbekiston – Afg‘oniston, do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishda foydalanilgan.
Afg‘oniston-Pokiston munosabatlaridagi etnik va hududiy chegaralanish borasidagi mavjud muammolar bir qator asosiy tashqi omillar, o‘zgaruvchan geosiyosiy kontekst, har ikki mamlakatdagi ichki siyosat va xavfsizlik evolyusiyasi, mintaqaviy va global dinamika bilan bog‘liq ekanligi ochib berilgan. Keltirilgan taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalnilgan. (Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 01-18-18/8427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar va takliflar sohaga oid bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.