Fayzullaev Aziz Husan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Afg‘oniston va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar (2001-2023 yy.)”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1149
Ilmiy rahbar: Xaydarov Abdusamat Axatovich siyosiy fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Raximov Mirzoxid Akromovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rashidov Rustam Rasulovich, harbiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 2001-2023 yillar oralig‘idagi Afg‘oniston-Turkiya davlatlararo munosabatlarining shakllanish va rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkiyaning Afg‘oniston bilan tarixiy aloqalari, diniy mushtarakligi, uning Afg‘onistonda amalga oshirgan iqtisodiy loyihalari ahamiyati, qolaversa, Turkiyaning NATO dagi rolidan kelib chiqib, G‘arb davlatlari va Tolibon o‘rtasida muzokaralarni yo‘lga qo‘yish uchun Turkiya eng maqbul nomzod ekanligi asoslab berilgan.
Afg‘oniston iqtisodini qayta tiklash va uni xalqaro tan olinishiga erishishda jahonning yirik kuch markazlari va mintaqa davlatlari o‘rtasida yagona konsensus ishlab chiqishda Turkiyaning tashabbusi bilan tashkil qilingan va hozirda to‘xtab qolgan, “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” nomli yirik mintaqaviy tuzulma faoliyatini qayta tiklash zarurligi uning tarixiy muvaffaqiyatlari bilan dalillangan.
Afg‘oniston Tolib hykumati bilan har tomonlama samarali va pragmatik yondashuvlarni ishlab chiqishida O‘zbekiston o‘zining “yumshoq kuch” strategiyalarini yaratishi va bu borada Turkiyaning TIKA (ijtimoiy loyihalar), Yunus Emro instituti (turk tili va madaniyatini targ‘ib qilish), “Maorif” (ta’lim tizimi) fondlarining amaliy tajribalaridan foydalanish samarali natijalarga olib kelishi asoslab berilgan.
Zamonaviy xalqaro munosabatlarning murakkab kontekstida Afg‘oniston masalasida Turkiya va turkiy dunyoning boshqa asosiy davlatlari bilan “Turkiy davlatlar tashkiloti va Afg‘oniston” (“6+1”) formatidagi xavfsizlik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar integratsiya aloqalarini ta’minlash va rivojlantirish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida dialoglarni yo‘lga qo‘yish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Afg‘onistonning Turkiya Respublikasi bilan davlatlararo munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkiyaning Afg‘oniston bilan tarixiy aloqalari, diniy yaqinligi, uning Afg‘onistonda tinch hayotni tiklash borasida amalga oshirgan loyihalarining ahamiyati, qolaversa, Turkiyaning NATO dagi ishtirokidan kelib chiqib, G‘arb davlatlari va Tolibon o‘rtasida muzokaralarni yo‘lga qo‘yish uchun Turkiya eng maqbul nomzod ekanligi kabi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan. (Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 31-maydagi 01-18-18/8427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar va takliflar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Afg‘oniston iqtisodini qayta tiklash va uni xalqaro tan olinishiga erishishda jahonning yirik kuch markazlari va mintaqa davlatlari o‘rtasida yagona konsensus ishlab chiqishda Turkiyaning tashabbusi bilan tashkil qilingan va hozirda to‘xtab qolgan, “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” nomli yirik mintaqaviy tuzulma faoliyatini qayta tiklashga ehtiyoj sezilayotganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasinning “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasinning “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan berilgan 2024-yil 15-iyuldagi 06-28-846-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv Turkiyaning Afg‘on mojarosini hal qilish bo‘yicha tarixiy va zamonaviy strategik faoliyatlari, Turkiyaning mintaqadagi “yumshoq kuch” siyosatining ko‘lami hamda uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik va aholiga ilmiy tarzda etkazishga xizmat qilgan.
Afg‘oniston Tolib hukumati bilan har tomonlama samarali va pragmatik yondashuvlarni ishlab chiqishida O‘zbekiston o‘zining “yumshoq kuch” strategiyalarini yaratishi va bu borada Turkiyaning TIKA (ijtimoiy loyihalar), Yunus Emro instituti (turk tili va madaniyatini targ‘ib qilish), “Maorif” (ta’lim tizimi) fondlarining amaliy tajribalaridan foydalanish samarali natijalarga olib kelishi mumkinligi haqidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarini tashkil etishda foydalanilgan. (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 12-iyuldagi 14-07-1165-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda keltirilgan xulosa va takliflar Qo‘mitaning O‘zbekiston turk milliy madaniy markazi bilan hamkorlikdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilgan.
Afg‘oniston masalasida Turkiya va turkiy dunyoning boshqa asosiy davlatlari bilan “Turkiy davlatlar tashkiloti va Afg‘oniston” (“6+1”) formatidagi xavfsizlik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar integratsiya aloqalarini ta’minlash va rivojlantirish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida dialoglarni yo‘lga qo‘yish lozimligi haqidagi ilmiy xulosalar va uni amalga oshirish borasidagi taklif va tavsiyalari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqbollar (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” amaliy tashabbuskor loyihasi doirasida foydalanilgan. (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti IL-5221091507 “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqbollar (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” mavzusidagi amaliy loyihaning 2024-yil 28-iyundagi 01-04-01/1448-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar loyiha doirasida chop etilgan tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan.