Saydullaeva Xusnora Utkirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konchilik yo‘nalishi talabalarida ingliz tilini o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirish metodikasi” 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2271.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Urinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoi davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/83.01.
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Samatova Barno Ravshanxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konchilik yo‘nalishi 2-kurs talabalarining ingliz tilida kasbiy leksik kompetensiyasini CLIL ta’lim texnologiyasi yordamida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini shet til sifatida o‘rganuvshi konshilik uo‘nalishi 2-kurs talabalari kasbiu leksik komretensiuasini SEFR talablari asosida rivojlantirish va uni kommunikativ darajaga olib shiqish metodikasi va texnologiualari kontekstli va elektron ta’lim integratsiyasi asosida takomillashtirilib, ingliz tilini kontentga asoslangan holda o‘zlashtirish zarurati asoslangan;
til va fan integratsiyasiga asoslangan holda, CLILning asosiy mazmun, muloqot, bilish, madaniyat kabi 4 “Cs” modellariga qo‘shimcha integrativ model (kasbiu fanlar + ESR), rivojlantiruvshi model (SLIL texnologiyasi), autentiklik model (audio, video, rod sastlar, shizmalar, rasm va diagramalar), mustaqil ta’limga asoslangan model (Louihalash, Rortfolio, and RRR) kabi SLIL modellari takomillashtirilib, konchilik yo‘nalishi talabalarida ingliz tilini o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirish modeli asoslangan;
ingliz tilini o‘qitishda talaba o‘quv-ijodiy faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minotini ishlab chiqishning metodik asosini innovatsion o‘qitishning kognitiv (axborotni qayta ishlash, saqlash, uzatish, kasbiy bilimga yo‘nalganlik), kollaborativ (guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘qitish, o‘quv loyihalari), o‘quv-ijodiy faoliyatga shaxsiy munosabatni qaror toptirishning tashkil qilishi ushbu komponentlar integratsiyasining o‘qitish jarayonida ustuvorligi asosida dalillangan;
konchilik yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy leksik kompetensiyasining rivojlanganlik darajasini baholashda kontent va til integratsiyasining samaradorligi asoslanib, takomillashtirilgan CLIL ta’lim texnologiyasiga asoslangan kognitiv-assotsiativ, kognitiv-kommunikativ va lingvistik yo‘nalishlar bilan bog‘liq mashqlar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konchilik yo‘nalishi 2-kurs talabalari kasbiy leksik kompetensiyasi kontentini rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarining nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiu leksik komretensiuasini SEFR talablari asosida rivojlantirish va uni kommunikativ darajaga olib shiqish metodikasi va texnologiualari kontekstli va elektron ta’lim integratsiyasi asosida takomillashtirilib, ingliz tilini kontentga asoslangan holda o‘rgatish zarurati bo‘yicha xulosa va takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 19-sentyabrdagi 239-son ma’lumotnomasi). Natijada konchilik yo‘nalishi 2-kurs talabalarining ingliz tilida kasbiy leksik kompetensiyasini rivojlantirishda CLIL ta’lim texnologiyasidan foydalanish samaradorligining oshishiga erishilgan;
til va fan integratsiyasiga asoslangan holda, CLILning asosiy mazmun, muloqot, bilish, madaniyat kabi 4 “C” modellariga qo‘shimcha integrativ model (kasbiu fanlar + ESR), rivojlantiruvshi model (SLIL texnologiyasi), autentiklik model (audio, video, rod sastlar, shizmalar, rasm va diagramalar), mustaqil ta’limga asoslangan model (Louihalash, Rortfolio, and RRR) kabi modellari biz tomondan takomillashtirilib, konchilik yo‘nalishi talabalarida ingliz tilini o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirish modeli ilmiy jihatdan asoslangan hamda ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti A-AV-2019-13 raqamli “Markaziy Qizilqum past navli fosforitlari, faol loyqa mikroflorasi va mineral kislotalar asosida yangi turdagi granulalangan kompleks organomineral o‘g‘itlar” mavzusidagi loyihasida (Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universitetining 2022-yil 31-oktyabrdagi 1-01/1674-son ma’lumotnomasi) hamda A-AV-2019-13 raqamli “Sust o‘tkazuvchi uran rudalarini er ostida tanlab eritish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida bajarilgan amaliy loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universitetining 2022-yil 31-oktyabrdagi 1-01/1674-son ma’lumotnomasi). Natijada konchilik yo‘nalishi 2-kurs talabalariga ingliz tilini o‘qitish orqali talabalarning lingvokreativ salohiyati aniqlangan;
ingliz tilini o‘qitishda talaba o‘quv-ijodiy faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minotini ishlab chiqish – metodik komponent sifatida innovatsion o‘qitishning kognitiv (axborotni qayta ishlash, saqlash, uzatish, kasbiy bilimga yo‘nalganlik), kollaborativ (guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘qitish, o‘quv loyihalari), o‘quv-ijodiy faoliyatga shaxsiy munosabatni qaror toptirish komponentlari integratsiyasi ustuvorligi asosida dalillangan tavsiyalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish“ innovatsion tadqiqotlar loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 7-noyabrdagi 3060/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada konchilik yo‘nalishi 2-kurs talabalari kasbiy leksik kompetensiyasi kontentini rivojlantirishni ko‘zda tutgan CLIL ta’lim texnologiyasining takomillashtirilgan modellari samaradorligi, til va fan integratsiyasining o‘qitish jarayonida ustuvorligi aniqlangan;
konchilik yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy leksik kompetensiyasining rivojlanganlik darajasini baholashda kontent va til integratsiyasining samaradorligiga e’tibor qaratilib, takomillashtirilgan CLIL ta’lim texnologiyasiga asoslangan kognitiv-assotsiativ, kognitiv-kommunikativ va lingvistik yo‘nalishlar bilan bog‘liq ishlab chiqilgan mashqlar tizimi materiallaridan va tavsiyalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun”, “Qadriyat”, “Fan va taraqqiyot” kabi teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarida foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-noyabrdagi 01-02/168-son ma’lumotnomasi). Natijada konchilik yo‘nalishi 2-kurs talabalari kasbiy leksik kompetensiyasi kontentini rivojlantirishning maqsadli hamda tizimli tashkil etilgan o‘quv jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar majmuyi, bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lgan konchi-mutaxassis va kadrlarning ingliz tilini mukammal egallashi, shuningdek, kasbiy faoliyati jarayonida tilni kommunikativ maqsadlarda samarali qo‘llay olishi uchun xizmat qilgan.