Tursunova Namunaxon Xaydarali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy g‘azaliyoti poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/Fil1498.
Ilmiy rahbar: Qobilova Zeboxon Bakirobna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddasxon Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimova Shaxloxon G‘anievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muqimiy g‘azaliyotining badiiy xususiyatlari va shoirning tasvir mahorati qirralarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muqimiyning dunyoqarashi, ijtimoiy voqelikka munosabati, ijodkor sifatidagi ma’naviy qiyofasida islom ma’rifati va tasavvuf axloqi kabi yetakchi tamoyillar ustuvorligi ochib berilgan;
Muqimiy ijodidagi gul, bulbul, soqiy, xarobot, quyosh kabi an’anaviy va maktab, jafokash, navbahor, tag‘ofulpesha singari yangi obrazlarning she’rda tutgan o‘rni, bajargan vazifasi, ifoda etilgan g‘oyasiga ko‘ra ramziy, majoziy, diniy, tasavvufiy, afsonaviy, tarixiy va hayotiy obrazlar singari 13 ta turi asoslangan;
shoirning folklorga xos qayg‘u, safar, sinov kabi motiv; Hizr, humo, tog‘ singari obraz; o‘xshatish, jonlantirish, takror kabi tasviriy vositalar, dev, pari singari mifologik obrazlar stilizatsiyasi, xalq olqishlari, qarg‘ishlari, askiyalari, hikmatli so‘zlar va xalqning e’tiqod tarzidan badiiy maqsad ifodasi uchun mahorat bilan foydalangani isbotlangan;
Muqimiy aruzning nisbatan sodda va xalq ko‘ngliga yaqin ramal, hazaj, rajaz, muzore’ kabi bahrlarida ijod qilgani, joy nomlari, tarixiy shaxslar va zamondoshlarining ismlaridan qofiya sifatida foydalangani hamda kundalik hayotdan olingan “kim desun?”, “shunchalar”, “toleyim” kabi yangi radiflarni qo‘llab, o‘zbek she’riyatining radif zahirasini boyitgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muqimiy g‘azaliyotining poetik o‘ziga xosliklarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy xulosalarning joriylanishi quyidagilarda ko‘rinadi:
Muqimiyning dunyoqarashi, ijtimoiy voqelikka munosabati, ijodkor sifatidagi ma’naviy qiyofasida islom ma’rifati va tasavvuf axloqi kabi yetakchi tamoyillar ustuvorligi ochib berilgani bilan bog‘liq o‘rinlardan 2022-yilda davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida bajarilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Qo‘qon DPIning 2024-yil 23-oktyabrdagi 1408/04-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma Muqimiy ijodiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilib, foydalanuvchilarga qulaylik yaratilgan;
Muqimiy ijodidagi gul, bulbul, soqiy, xarobot, quyosh kabi an’anaviy va maktab, jafokash, navbahor, tag‘ofulpesha singari yangi obrazlarning she’rda tutgan o‘rni, bajargan vazifasi, ifoda etilgan g‘oyasiga ko‘ra ramziy, majoziy, diniy, tasavvufiy, afsonaviy, tarixiy va hayotiy obrazlar singari 13 ta turi asoslanganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nazm va adabiy tanqid bo‘limi muhokamalarida, yosh ijodkorlar bilan o‘tkazilgan mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 11-martdagi 01-03/281-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning muqimiyshunoslik tarixi va taraqqiyoti haqidagi bilimlari kengaygan;
shoirning folklorga xos qayg‘u, safar, sinov kabi motiv; Hizr, humo, tog‘ singari obraz; o‘xshatish, jonlantirish, takror kabi tasviriy vositalar, dev, pari singari mifologik obrazlar stilizatsiyasi, xalq olqishlari, qarg‘ishlari, askiyalari, hikmatli so‘zlar va xalqning e’tiqod tarzidan badiiy maqsad ifodasi uchun mahorat bilan foydalangani isbotlanganiga oid yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlarida (2019-2023-yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 3-martdagi 04-36-358-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan;
Muqimiy aruzning nisbatan sodda va xalq ko‘ngliga yaqin ramal, hazaj, rajaz, muzore’ kabi bahrlarida ijod qilgani, joy nomlari, tarixiy shaxslar va zamondoshlarining ismlaridan qofiya sifatida foydalangani hamda kundalik hayotdan olingan “kim desun?”, “shunchalar”, “toleyim” kabi yangi radiflarni qo‘llab, o‘zbek she’riyatining radif zahirasini boyitgani asoslangani haqidagi xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 10-apreldagi 249-son ma’lumotnomasi). Natijada, targ‘ibot anjumanlarining ilmiy-ma’rifiy jihatdan o‘ziga xosligi ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan.