Eshqobilova Nargiza Mengnarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Mintaqa transport-logistika tizimi samaradorligini oshirish yo‘llari (Surxondaryo viloyati misolida),
08.00.12- “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2516
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Djuraev Bekzod Begmatovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada transport-logistika tizimlari samaradorligini oshirish yo‘llari tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mintaqada transport-logistika tizimlarini miqdor va sifat jihatdan rivojlanish darajasini baholash uslubiyati sohaga kiruvchi subektlarga talab va iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotlar turlarini hisobga olgan holda ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
mintaqada transport-logistika tizimlari sohasi subektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “Transport-logistika tizimlari samaradorligini o‘lchash va monitoring qilish klaster markazi” va “Milliy transport-logistika tizimlari portali”ni uning funksiya va vazifalariga ko‘ra qayta tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqa transport-logistika tizimlarining dunyo suv yo‘llariga chiqishdagi xalqaro tashish va saqlashda asosiy eksport va import hamkorlar bilan “o‘zaro hamkorlik”dan samarali “raqobatli hamkorlik” ka o‘tish taklifi asoslangan;
mintaqa sanoat ishlab chiqarish hajmi, tashish va saqlashda bandlar soni, transport tarmog‘i zichligi ta’sirini hisobga olgan holda mintaqada transport-logistika faoliyati samaradorligi 1000 kishiga oshishi sanoat ishlab chiqarish hajmnini 103,4 mln so‘mga, transport xizmatlari importini 1169 mln so‘mga oshishiga ta’sir qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa transport-logistika tizimlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada transport-logistika tizimlarini miqdor va sifat jihatdan rivojlanish darajasini baholash uslubiyati sohaga kiruvchi subektlarga talab va iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotlar turlarini hisobga olgan holda ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati transport boshqarmasining 2024 yil 6-noyabrdagi 06-04/35-son va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 11 dekabrdagi 4/9253-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflardan foydalanish mavjud salohiyat va yo‘qotilgan imkoniyatlarini, tizim va xizmatlar samaradorligini hududlar kesimida kuzatib borish va yashirin potensialni aniqlash imkonini bergan;
mintaqada transport-logistika tizimlari sohasi subektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “Transport-logistika tizimlari samaradorligini o‘lchash va monitoring qilish klaster markazi” va “Milliy transport-logistika tizimlari portali”ni uning funksiya va vazifalariga ko‘ra qayta tashkil etish taklifi Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati transport boshqarmasining 2024- yil 6-noyabrdagi 06-04/35-son va O‘zbekistonRespublikasi Transport Vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 4/9253-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar yagona rasmiy to‘liq transport-logistika tizimlarini ko‘rsatuvchilar milliy katalogini yaratish, mavjud saytlarda davlat rasmiy idoralari reestirini shakllantirish, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan yuklarni tashish, etkazib berish xizmatlari hisobini yuritish, olingan har yillik patent asosida bunday xizmatlarni ko‘rsatishni tartiblash orqali xizmatlar sifatini oshirish, iqtisodiyotda o‘zini-o‘zi band qilganlar sifatida hisobga olish imkonini bergan;
mintaqa transport-logistika tizimlarining dunyo suv yo‘llariga chiqishdagi xalqaro tashish va saqlashda asosiy eksport va import hamkorlar bilan “o‘zaro hamkorlik”dan samarali“raqobatli hamkorlik”ka o‘tish bo‘yicha taklifi Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati transport boshqarmasining 2024 yil 6-noyabrdagi 06-04/35-son va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 11- dekabrdagi 4/9253-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni 365-bandining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan;
mintaqa sanoat ishlab chiqarish hajmi, tashish va saqlashda bandlar soni, transport tarmog‘i zichligi ta’sirini hisobga olgan holda mintaqada transport-logistika faoliyati samaradorligi hududlar kesimida aniqlash taklifi Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati transport boshqarmasining 2024 yil 6-noyabrdagi 06-04/35-son va O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirlikning 2024-yil 11 dekabrdagi 4/9253-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar asosida transport-logistik tizimlar sohasining istiqbolli rejasini ishlab chiqishda foydalanilib, tashish va saqlashda band xodimlar sonining 1000 kishiga oshishi sanoat ishlab chiqarish hajmnini 103,4 mln. so‘mga, transport xizmatlari importini 1169 mln. so‘mga oshishiga ta’sir qilishi aniqlangan.