Berdiev Jasur Qo‘ldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Mintaqada mehmonxona xo‘jaliklari samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.12-“Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1629
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akram Odilovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Matyakubov Umidjon Raximovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada mehmonxona xo‘jaliklari samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mintaqa mehmonxona xo‘jaliklari tomonidan ko‘rsatiladigan servis xizmatlarning Qarshi va Shahrisabz shaharlarida joylashgan mehmonxonalarining mijozlar mamnunlik va haqiqiy bandlik M_(h.b.d.)=(M_(ya.m.s.)-M_(b.b.x.s.))/M_(i.o.m.s.) ∙100 darajasiga ko‘ra qo‘shimcha daromadining o‘sish imkoniyatlarini va ularning sifat va samaradorligini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tasnifi asoslab berilgan;
mintaqa mehmonxonalar tomonidan turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlarini chegaradan kutib olib, chegaragacha kuzatishni qamrab oladigan bitta subektning xususiy mulkiga asoslangan boshqarishning eng samarali yo‘llaridan biri – “Mehmondorchilik klasteri”ni shakllantirish taklifi asoslangan va rentabellik darajasi 104 foizga oshgan;
Qashqadaryo mintaqasi mehmonxona xo‘jaliklarining iqtisodiy salohiyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibi va “Mehmonxona xo‘jaligi xizmatlarini raqamlashtirish Markazi”ni tashkil qilish asoslanib, uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan va natijada rentabellik darajasi
12,88 foizga oshgan.
mehmonxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirishning bevosita malakali kadrlarga bog‘liqligi, har biriga qo‘yiladigan talablar, ularning o‘zini safarbar qilish orqali mehnat samaradorligini 6,8 foizga oshirish imkoniyatlari va mehmonxona nazorat tizimini xalqaro standartlar asosida yaxshilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada mehmonxona xo‘jaliklari samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa mehmonxona xo‘jaliklari tomonidan ko‘rsatiladigan servis xizmatlarning Qarshi va Shahrisabz shaharlarida joylashgan mehmonxonalarining mijozlar mamnunlik va haqiqiy bandlik M_(h.b.d.)=(M_(ya.m.s.)-M_(b.b.x.s.))/M_(i.o.m.s.) ∙100 darajasiga ko‘ra, qo‘shimcha daromadining o‘sish imkoniyatlarini va ularning sifat va samaradorligini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tasnifi asoslablangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi “Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 112-son Qarori va “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qashqadaryo viloyati hududiy turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (Qashqadaryo viloyat turizm boshqarmasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02-03/825-son ma’lumotnomasi). Ilmiy taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 31-oktyabrdagi 03-12-17-7444-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo mintaqasida taklifdan foydalanish mijozlarning takroriy kelishi, mehmonxona do‘stlari, tanishlari va boshqalarga tavsiya qilishi asosida mehmonxonalarning qo‘shimcha daromadini o‘sishiga mehmonxona xo‘jaliklarida ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligiga aniq baho berish va uni oshirish bo‘yicha ta’sirchan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini bergan;
mintaqa mehmonxonalar tomonidan turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlarini chegaradan kutib olib, chegaragacha kuzatishni qamrab oladigan bitta subektning xususiy mulkiga asoslangan boshqarishning eng samarali yo‘llaridan biri – “Mehmondorchilik klasteri”ni shakllantirish va rentabellik darajasi
104 foizga oshgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 - yil
14-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-389-son qarorining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan hamda Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan, (Qashqadaryo viloyat turizm boshqarmasining 2024-yil 24- oktyabrdagi 02-03/825-son ma’lumotnomasi). Ilmiy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 31-oktyabrdagi 03-12-17-7444-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turizm sohasidagi tadbirkorlar turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha jarayonlarini o‘zlari hisobidan xususiy mulk asosida tashkil qilish orqali yuqori samaradorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, bevosita mehmonxonalar uchun ularning doimiy mijozlar sonini oshirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo mintaqasi mehmonxona xo‘jaliklarining iqtisodiy salohiyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibi va mehmonxona xo‘jaligi xizmatlarini raqamlashtirish Markazi”ni tashkil qilish asoslanib, uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan va natijada rentabellik darajasi
12,88 foizga oshgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 - yil
14-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-389-son qarorining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan hamda Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan, (Qashqadaryo viloyat turizm boshqarmasining 2024-yil 24- oktyabrdagi 02-03/825-son ma’lumotnomasi). Ilmiy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 31-oktyabrdagi 03-12-17-7444-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehmonxona xo‘jaligida raqamli servislarni rivojlantirish istiqbolda mehmonxonalar faoliyatiga yangi resurslar, vositalar va o‘zaro aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
mehmonxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirishning bevosita malakali kadrlarga bog‘liqligi, har biriga qo‘yiladigan talablar, ularning o‘zini safarbar qilish orqali mehnat samaradorligini 6,8 foizga oshirish imkoniyatlari va mehmonxona nazorat tizimini xalqaro standartlar asosida yaxshilashning maqsadga muvofiqligi taklifidan “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qashqadaryo viloyati hududiy turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (Qashqadaryo viloyat turizm boshqarmasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02-03/825-son ma’lumotnomasi). Ilmiy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 31-oktyabrdagi 03-12-17-7444-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklifdan foydalanish faoliyatning iqtisodiy va kommunikativ samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, bevosita mehmonxonalar uchun ularning doimiy mijozlar sonini oshirishga xizmat qilgan.