Ashurov Bekzod Shavkatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy o‘zbek nasrida it obrazi poetikasi (Said Ahmad, Nurali Qobul va Normurod Norqobilov asarlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil2430.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Rahmonova Zulayho Jalolovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Yo‘lchiev Qahhor Vahobovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nasrida, Said Ahmad, Nurali Qobul va Normurod Norqobilov hikoya va qissalarida it obrazning badiiy-estetik funksiyasi, poetikasini, obrazning yozuvchi ijodiy niyatiga bog‘liq jihatlarini aniqlash hamda adabiy jarayon taraqqiyotida tutgan o‘rniga baho berish orqali it obrazining xarakterli tomonlarini ko‘rsatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr o‘zbek nasrida Said Ahmad, Nurali Qobul, Normurod Norqobilov asarlaridagi it obrazining tadrijiy takomili aniqlanib, mazkur obrazning yuzaga chiquvchi etalon, an’anaviy, ruhiy-emotsional va hissiy anglash vosita va usuli ekanligi dalillangan;
Said Ahmad asarlaridagi Qorako‘z Majnun, Qoplon laqabli it obrazlari yordamida insonga insonning sadoqatini badiiy yoritilishi orqali XX asr ikkinchi yarmida kishilik jamiyatida global muammoga aylangan inson shaxsning tushunishdagi murakkab mashaqqatlar isbotlangan;
Nurali Qobul qissasidagi bola va it o‘rtasidagi o‘zaro ma’naviy bog‘liqlik, Normurod Norqobilov qissalaridagi it obrazlari orqali kishilar turmush tarzining jonvorlar hayotiga o‘xshash holatlari tasviri, har bir personaj va it obrazi orqali jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar ifodasi yozuvchilarning individual yondashuvi, mahorati va asarlarning poetik xususiyatlarining kuchaytiruvchi badiiy ifoda jarayonlari uchun vosita ekanligi asoslangan;
o‘zbek adabiyotida it obrazi va uning tarixiy taraqqiyoti hamda mazkur obrazning har bir davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib namoyon etadigan ijtimoiy-siyosiy, milliy-mental, ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik vazifasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek nasrida it obrazi poetikasining Said Ahmad, Nurali Qobul va Normurod Norqobilov hikoya va qissalari misolidagi tadqiqot natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek adabiyotida it obrazi va uning tarixiy taraqqiyoti hamda mazkur obrazning har bir davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib namoyon etadigan ijtimoiy-siyosiy, milliy-mental, ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik vazifasi ochib berilgan fikr va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz, tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 11-iyuldagi 04/1-1815-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada o‘zbek nasridagi obraz va obrazlilik an’analalari haqidagi ma’lumotlar yangi ilmiy-ma’lumotlar bilan boyitilgan;
XX asr o‘zbek nasrida Said Ahmad, Nurali Qobul, Normurod Norqobilov asarlaridagi it obrazining tadrijiy takomili aniqlanib, mazkur obrazning yuzaga chiquvchi etalon, an’anaviy, ruhiy-emotsional va hissiy anglash vosita va usuli ekanligi dalillangan natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 11-iyuldagi 04/1-1814-son ma’lumotnomasi). Natijada Said Ahmadning it obrazini yaratish mahoratiga oid qarashlar yozuvchi ijodiga oid yangicha manba bo‘lib xizmat qilgan;
Said Ahmad asarlaridagi Qorako‘z Majnun, Qoplon laqabli it obrazlari yordamida insonga insonning sadoqatini badiiy yoritilishi orqali XX asr ikkinchi yarmida kishilik jamiyatida global muammoga aylangan inson shaxsning tushunishdagi murakkab mashaqqatlar tahliliy isbotlangan fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘ZMTRKning 2024-yil 8-avgustdagi 04-36-922-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlari mazmuni boyishi, badiiy obrazning estetik, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy-axloqiy xususiyatlari orqali kishilarni emotsional-estetik his-tuyg‘ularni uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish ishlarining saviyasi oshishiga erishilgan.