Mamajonov Dilshodbek Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “V-VII sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida statik mashqlarni qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3724.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Boyboboev Baxodir Gulamovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sariboev Shuxrat Turdibekovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi V-VII sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida statik mashqlarni qo‘llash texnologiyasini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mushaklarning qisqarish darajasini, biosignallarning energiyasini, vaqt va chastota bo‘yicha taqsimlanishi dinamikasini elektromiografik tahlillar orqali aniqlash hisobiga jismoniy tarbiya dasturidagi statik mashqlar (qo‘llar yordamida boshda tik turish, orqaga umbaloq oshib kuraklarda tik turish, qo‘llarda tik turish, ko‘prikcha xosil qilib turish, burchak osilish) yuklamalari bajarish davomiyligining funksional imkoniyatlarga muvofiq vaqti hamda miqdorini aniqlash asosida me’yorlashtirilgan;
5-7 sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov va asosiy qismlarida statik hamda dinamik mashqlarni kombinatsiyalashgan holda qo‘llash algoritmiga asoslangan umumiy jismoniy tayyorgarlikni, statik faoliyatlarga xos jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirishga mo‘ljallangan statik mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarning statik muvozanat, kuch, egiluvchanlik va chidamlilik sifatlari rivojlantirilgan;
jismoniy tarbiya darslarida virtual reallikda qayta ishlangan vizual, texnik hamda analitik bosqichli usullardan foydalangan holda o‘quvchilarning axborotni ko‘rish orqali qabul qilish, reproduktiv va analitik fikrlash imkoniyatlarini individual yondashuv asosida kengaytirish hisobiga jismoniy tarbiya dasturi mazmunidagi asosiy statik mashqlar texnikasini o‘zlashtirish samaradorligi oshirilgan;
5-7 sinf o‘quvchilarining statik mashqlarni bajarishlari jarayonida mashq fazalari hamda bosqichlarini, sodir bo‘ladigan tipik va notipik xatolarni inobatga olgan holda multimediali ta’limning kognitiv nazariyasiga ko‘ra dars qismlarida qo‘llashning texnologik dasturini individual ta’lim traektoriyasi asosida ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarga statik mashqlarni o‘rgatish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. V-VII sinf o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslarida statik mashqlarni qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mushaklarning qisqarish darajasini, biosignallarning energiyasini, vaqt va chastota bo‘yicha taqsimlanishi dinamikasini elektromiografik tahlillar orqali aniqlash hisobiga jismoniy tarbiya dasturidagi statik mashqlar (qo‘llar yordamida boshda tik turish, orqaga umbaloq oshib kuraklarda tik turish, qo‘llarda tik turish, ko‘prikcha xosil qilib turish, burchak osilish) yuklamalari bajarish davomiyligining funksional imkoniyatlarga muvofiq vaqti hamda miqdorini aniqlash asosida me’yorlashtirilgan va 5-7 sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari jarayoniga tadbiq etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 06-36-1037-son ma’lumotnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 03-16-6324-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-sinf o‘quvchilarining statik kuch sifati 14,01% ga, statik chidamlilik sifati 15,28% ga, statik egiluvchanligi 12,66% ga, statik muvozanati 13,05% ga, 6-sinf o‘quvchilarida statik kuch sifati 14,78% ga, statik chidamlilik sifati 15,7% ga, statik egiluvchanligi 13,34% ga, statik muvozanati 14,26% ga, 7-sinf o‘quvchilarida statik kuch sifati 15,04% ga, statik chidamlilik sifati 17,03% ga, statik egiluvchanligi 15,5% ga, statik muvozanati 16,1% ga oshgan;
5-7 sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov va asosiy qismlarida statik hamda dinamik mashqlarni kombinatsiyalashgan holda qo‘llash algoritmiga asoslangan umumiy jismoniy tayyorgarlikni, statik faoliyatlarga xos jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirishga mo‘ljallangan statik mashqlar majmuasini ishlab chiqilgan va 5-7 sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari jarayoniga tadbiq etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 06-36-1037-son ma’lumotnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 03-16-6324-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-sinf o‘quvchilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 11,56% ga, 6-sinf o‘quvchilarida 12,29%, 7-sinf o‘quvchilarida 13,96% ga oshgan va o‘quvchilarning harakat ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya darslarida virtual reallikda qayta ishlangan vizual, texnik hamda analitik bosqichli usullardan foydalangan holda o‘quvchilarning axborotni ko‘rish orqali qabul qilish, reproduktiv va analitik fikrlash imkoniyatlarini individual yondashuv asosida kengaytirilgan va 5-7 sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari jarayoniga tadbiq etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 06-36-1037-son ma’lumotnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 03-16-6324-son ma’lumotnomasi). Natijada, statik mashqlarni o‘zlashtirish samaradorligi 5-sinf o‘quvchilarida 14,45% ga, 6-sinf o‘quvchilarida 15,51% ga, 7-sinf o‘quvchilarida 16,72% ga yaxshilanishiga erishilgan;
5-7 sinf o‘quvchilarining statik mashqlarni bajarishlari jarayonida mashq fazalari hamda bosqichlarini, sodir bo‘ladigan tipik va notipik xatolarni inobatga olgan holda multimediali ta’limning kognitiv nazariyasiga ko‘ra dars qismlarida qo‘llashning texnologik dasturini individual ta’lim traektoriyasi asosida ishlab chiqilgan hamda dissertatsiya ishi mavzusi bo‘yicha tadqiqotning nazariy va uslubiy natijalari asosida nashr etilgan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy tarbiyaning vositalari)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan va 5-7 sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari jarayoniga tadbiq etilgan, shuningdek, jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini malakasini oshirish instituti tinglovchilariga hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga jismoniy tarbiyaning vositalari mavzusini o‘qitishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 06-36-1037-son ma’lumotnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 03-16-6324-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar, talabalar, tinglovchilar va o‘qituvchilarning statik mashqlarning mazmuni, tuzilishi, bajarish texnikasi va unda sodir bo‘ladigan xatolar hamda statik mashqlarni o‘rgatish metodikasiga oid bilimlarni hamda tasavvurlarini kengaytirish imkoniyati va ularning uslubiy darajasi sezilarli oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish