Xudoyorov Sharof To‘ychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Urug‘larni havo oqimida tozalaydigan qurilmaning konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlarini asoslash», 05.07.01– Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash,
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3992.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pardaev Obid Raximboboevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Bekqulov Botirali Raxmonqulovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini havo oqimi yordamida agrotexnik talablar darajasida tozalaydigan qurilmani ishlab chiqish, uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini aynan havo oqimi yordamida har xil aralashmalar va begona o‘tlar urug‘idan agrotexnik talablar darajasida tozalaydigan qurilmaning energiya va resurstejamkor yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini havo oqimida tozalash texnologik jarayonidagi urug‘li aralashmani uchib borish masofasini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda havo oqimining tezligi va urug‘li aralashmaning uchuvchanligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
urug‘larni havo oqimida tozalaydigan qurilmaning ish unumini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda ta’minlagich jo‘vaning aylanishlar soni va tozalanadigan urug‘li aralashmaning zichligini, o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
qurilmaning maqbul konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari havo oqimi yordamida engil qo‘shilmalarni ajralish darajasi hamda urug‘ nobudgarchiligi darajasining o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalaydigan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini havo oqimi yordamida tozalaydigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini havo oqimi yordamida tozalaydigan qurilmaga «Intellektual mulk agentligi» ning ixtiroga patenti olingan (Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini tozalaydigan qurilma), №IAP 06938, 07.05.2022 y). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini havo oqimi yordamida tozalaydigan qurilmaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
loyiha-konstruktorlik hujjatlari qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini havo oqimi yordamida tozalaydigan qurilmaning tajriba nusxasini ishlab chiqishni o‘zlashtirish uchun «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 05/04-04-283-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini har xil aralashmalar va begona o‘tlar urug‘idan tozalaydigan qurilmani tajriba nusxasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini havo oqimi yordamida tozalaydigan qurilma Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida keng miqyosda sinovlardan o‘tkazilib, amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 05/04-04-283-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini havo oqimi yordamida tozalashda ekspluatatsion harajatlar 1,0-1,5 martaga, mehnat sarfi esa 20,0-25,0 foizga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.