Rasulov Voxob Rustamovichning
fizika-matematika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ikki va uch o‘lchamli pezoyarimo‘tkazgichlarda fotonli kinetik effektlar”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/FM150.
Ilmiy maslahatchi: Utamuradova Sharifa Bekmuradovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Dadamirzaev Muhammadjon G‘ulomqodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karajanov Smagul Jangibergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sharibaev Nosirjon Yusupjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
Ikki va uch o‘lchamli pezoyarimo‘tkazgichlarda qutblangan yorug‘lik ta’sirida sodir bo‘luvchi bir va ikki fotonli optik va chiziqli fotogalvanik effektlarning hamda ikki o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda elektronlarni tunellanishining fizikaviy tabiatini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor simmetriya markaziga ega bo‘lmagan yarimo‘tkazgichlarda ballistik chiziqli fotogalvanik effekti bilan bog‘liq ketma-ket ikki foton yutilishi bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida hamda ikki fotonning yutilishini o‘z ichiga olgan mexanizmlar yaratilgan va ushbu mexanizmlarga mos fototokning spektral va temperaturaviy bog‘lanishlari hisoblangan;
ilk bor Keldishning diagrammalar texnikasi asosida pezoyarimo‘tkaz-gichlardagi chiziqli qutblangan yorug‘lik hisobiga indusirlangan bir va ikki fotonli fotogalvanik effekt va fotonli ergashtirish samarasining mexanizmlari aniqlangan;
pezoyarimo‘tkazgichlardagi elektronlar sistemasiga foton impulsining uzatilishi hamda tok tashuvchilarning foton va fononlarda asimmetriyali sochilishi bilan bog‘liq fototokning qutblanish vektori hamda uning chastotasi namuna temperaturasiga bog‘liqligining kvant mexanikaviy ifodalari aniqlangan va ularning nazariy tahlili o‘tkazilgan;
ilk bor ikki fotonli ballistik tokning kovaklar effektiv gailtonianida to‘lqin vektorga nisbatan chiziqli, kvadratik va kubinchi bo‘lgan hadlar hisobga olinishi isbotlangan va shunga asoslangan holda fototokning zonaviy parametrlar temperatura va yorug‘lik chastotasiga bog‘liqligi hisoblangan;
ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgichlarda elektron enegetik spektrining o‘lchamli kvantlanish potensial to‘sig‘i tiniqlik koeffisientining ossillyasiyalanish shartlari Bastard shartiga ko‘ra olingan;
p-GaAs ni tadqiq qilishda CO2 lazer bilan yoritilganda chiziqli fototokning tajribada kuzatilgan temperaturaviy bog‘lanishi nazariy jihatdan kavaklarning foton va fononlar bilan nosimmetrik o‘zaro ta’sirlashuvi asosida yuqori aniqlikda (20% dan kichik xatolik) tushuntirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki va uch o‘lchamli pezoyarimo‘tkazgichlarda bir va ikki fotonli ballistik fotogalvanik va fotonli ergashtirish effektlari, girotrop yarimo‘tkazgichda qutblangan yorug‘likning nochiziqli yutilishi hamda tunellanish jarayonlarini nazariy tadqiq qilish asosida:
ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgichli strukturalarda qo‘shni qatlamlardagi elektronlar effektiv massalarining har xil qiymatli ekaniga e’tibor qaratib, elektronli holatlarning fizikaviy tabiati nazariy taxlillari F2-21 “Yarimo‘tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashning matematik modellashtirish” mavzusidagi fundamental davlat loyihasida yarimo‘tkazgich sirt chegarasi yaqinidagi elektronli holatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02/02-3112-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichlar sirti yaqinida o‘lchamli kvantlashish effektini e’tiborga olgan holda tadqiqotlar olib borish imkoniyatini kengaytirgan;
inversiya markaziga ega bo‘lmagan yarimo‘tkazgichlarda qutblangan yorug‘likning bir va ikki fotonli yutilishi natijasida yuzaga kelgan qutbiy bog‘lanishli optik va fotogalvanik effektlarning spektral va temperaturaga bog‘lanishlariga asoslangan holda yarimo‘tkazgichli materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish usuli “Foton” AJda yarimo‘tkazgichli elektron qurilmalarini ishlab chiqarishda qo‘llanilgan (“Uzeltexsanoat” Aksiyadorlik Jamg‘armasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 04-3/1663 -sonli ma’lumotnoma). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi “Foton” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektron qurilmalarning funksional imkoniyatlarini oshirish va ularning ishlash diapazonini kengaytirish imkonini bergan;
fotovoltaik effektlarga oid hisoblashlar RNF № 17-12-01265 «Notrivial topologiyaga ega tizimlarda elektronlar holati va kinetik effektlar» grantida dispersion optik hodisalarni o‘rganishda qo‘llanilgan (Rossiya Fanlar Akademiyasi A.F. Ioffe nomidagi Fizika-texnika institutining 2024 yil 17 sentyabrdagi 04.01.09-2024 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kub simmetriyali kristallardagi elektronlar tuzilishi nochiziqli optik va elektr effektlar shuningdek, yarimo‘tkazgichli past o‘lchamli tizimlardagi elektron-fonon va elektron-foton orsidagi bog‘lanishlarni aniqlash imkonini bergan;
pezoyarimo‘tkazgichlarda ballistik fotogalvanik effekt va fotonli ergashtirish effekti natijalari HDP(F) - 2016/43 - sonli “Infraqizil yorug‘lik manbai spektrini 100-4500 nm spektral diapazonida tadqiq qilish” loyihasida yarimo‘tkazgichli fotodiodlarning past inersion xossalarini o‘rganishda foydalanilgan (Uludag‘ universiteti (Turkiya) HDP(F) - 2016/43 - son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichli fotoo‘zgartirgichlarning ishlash tezligini oshirish imkonini bergan.