Mun Tat`yana Olegovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi milliy tish implantati konstruksiyasini yaratish va qo‘llanilishini eksperimental asoslash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/Tib218.
Ilmiy rahbar: Xabilov Nigmon Lukmanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12. 2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Hee-Jin Kim, professor (Yonsey universiteti, Janubiy Koreya); Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Uppsala universiteti (Shvesiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi milliy tish implantati konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VT - 1.00 belgili titandan yasalgan «Implant.uz» milliy tish implantati suyak atrofi biomosligini optimallashtirishga qaratilgan suyak ichki qismini o‘ziga xos konstruksiyasiga ega tish implantati ishlab chiqilgan;
tish qatori nuqsonlarida «Implant.uz» tish implantati tish qatorlari nuqsonlarini to‘ldirish tajribada va implantat suyak chegarasidagi ijobiy osteointegratsiya dinamikasi asoslangan;
ishlab chiqilgan tish implantatini tibbiy biologik xavfsizligi tajribada isbotlangan, ushbu konstruksiyaning germetikligi hamda tajriba ostidagi hayvonlarning organizmiga toksik, qo‘zg‘atuvchi, allergik ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy tish implantatlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Tish implantati» foydali modeliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan patent olingan (FAP 00819,2013). Tajribaviy morfologik izlanishlar ishlab chiqilgan tish implantati yuqori samaradorligi va xavfsizligi bilan tavsiflangan.
ilk bor ishlab chiqilgan muhandis-konstruktorlik xujjatlariga asosan «Implant.uz» tish implantati tajriba na’munasi ishlab chiqildi. GOST 2.001-90 bo‘yicha ECKD standartlar majmuasining konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish, shakllantirish va yuritish qoidalariga mos.
qisman va to‘liq adentiyali bemorlarni davolash sifatini yaxshilash maqsadida milliy tish implantati konstruksiyasi va uni eksperimental asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga Toshkent davlat stomatologiya institutining yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy–tadqiqot markazi hamda Toshkent shahar 2-, 4- va 5-son stomatologiya poliklinikalari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 18 oktyabrdagi 8n-d/34-son ma’lumotnomasi). Milliy innovatsion texnologiya respublika stomatologik xizmatining tish implantatlari chet el analoglariga bo‘lgan zaruriyatni kamaytirib, ushbu bemorlar qatlamini davolash xarajatlarini 2–2,5 barobar kamaytirish imkonini bergan.