Nomuradov Nurbek Fayzulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Bioparchalanuvchi polietilen/jelatin polimer aralashmalari: tuzilishi va xossalari” 01.04.06-Polimerlar fizikasi (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1102
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ashurov Nigmat Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abdurahmonov Umarbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Ashurov Nurbek Shodievich, fizika-matematika fanlari nomzodi katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “Fan va taraqqiyot” Davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Polietilen va termoplastik jelatin asosida bioparchalanuvchi polimer kompozisiyalarni yaratish, strukturaviy xususiyatlarining mexanik va bioparchalanuvchi xossalari bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta, nisbatlarni (suv, gliserin, yog‘ va jelatin) o‘zgartirish orqali elastiklik moduli (E), oquvchanlik chegarasidagi kuchlanish (σ) va uzilishdagi nisbiy uzayishi bo‘yicha keng fizik-mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan termoplastik jelatin olindi;
polietilen/jelatin aralashmasi komponentlarining bir-biriga mos kelmasligi tufayli tizimda mexanik xossalari past ko‘rsatkichli aralashmaning qo‘pol dispers morfologiyasi shakllandi, kompatibilizatorning 25 % gacha kiritilishi 10 mkm o‘lchamli jelatin zarrachalarining barqarorlashishiga yordam berishi aniqlandi;
birinchi marta maleinizatsiyalangan polietilenning jelatin bilan payvand sopolimeri ko‘rinishidagi polimer matrisada malein angidridining (0,5 ÷ 5% og‘irlik) va MA-p-PE/jelatin (100/0 ÷ 40/60) nisbatining o‘zgarishi bilan jelatinning payvand qilingan zanjir fragmentlari segregatsiyasi va reaksiyaga kirishmagan ulushi hisobiga aralashmaning yupqa dispers morfologiyasini (800 nm gacha) barqarorlashtirish mumkinligi aniqlandi. Taklif etilayotgan aralashma morfologiyasining shakllanish manzarasi qovushqoqlikning o‘sish dinamikasi bilan tasdiqlanadi, MA-p-PE/jelatin nisbatiga va MA-p-PE tarkibidagi malein angidrid miqdoriga bog‘liq holda suyuqlanmaning oquvchanlik ko‘rsatkichi 30% dan ko‘proqga kamayadi;
MA-p-PE (MA 1% mas.) jelatin aralashmalari morfologiyasiga mexanik xossalarining bir qator korrelyasion bog‘liqliklari olingan. Komponentlarni aralashtirish bosqichida o‘simlik moyi trigliseridini kiritish va siljish tezligini 50 ÷ 150 ayl/min oralig‘ida oshirish aralashmaning dispers faza zarrachalarining taqsimoti yaxshilangan morfologiyasini shakllanishiga olib keladi, σ aralashmaning barcha tarkiblari uchun 25% dan ortiq ortadi, ɛ - 655% dan 85% gacha kamayadi, E- deyarli 100% gacha oshadi. Polietilenga yaqin bo‘lgan eng yaxshi ko‘rsatkichlar MA-p-PE/jelatin 70/30 tarkibiga to‘g‘ri keladi;
MA-p-PE/jelatin kompozisiyalarining biologik parchalanishi ikki bosqichda sodir bo'lishi, dastlabki 7-10 kun ichida tezlashishi va keyingi davrlarda (birinchi navbatda 3 oy va 4 yil) sekinlashishi ko'rsatilgan. Jelatin og'irligi 40% gacha bo'lgan kompozisiyalar uchun parchalanish darajasi 20% dan oshmaydi, 50% va 60% og'irlikdagi kompozisiyalar uchun esa mos ravishda 44% va 55% ni tashkil qiladi. Biologik parchalanish jarayonida polietilen faza ham ishtirok etishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bioparchalanuvchi polietilen/jelatin polimer aralashmalari: tuzilishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy polimerlarni plastifikator asosida termoplastga holatga o‘tkazish sharoitlari va usullaridan Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida amalga oshirilgan “Mahalliy resurslaridan foydalanib termoelastoplastlar va qatlamli materiallarning olinishi va qo‘llanilishi” mavzusidagi OT-F7-16-sonli fundamental loyihada qo‘llanilgan (Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining 2024 yil 2-oktyabrdagi 973-01/8-18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy polimerlar aralashmasi taqsimotida yuqori morfologik xossalarga erishish imkonini bergan;
polietilen va jelatin polimer aralashmalaridan olingan bioparchalanuvchi plyonkalaridan O‘zR FA Mikrobiologiya institutida amalga oshirilgan “Polietilen parchalovchi mikroorganizmlarni ajratib olish va ularning ayrim genetik xususiyatlarini tahlil qilish” mavzusidagi A-FA-2021-468-sonli amaliy loyihada qo‘llanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2024 yil 26-noyabrdagi № 4/1255-2629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kompozisiya tarkibidagi polietilenning quyidagi bakteriya shtammlar P.aeriginosa 2,65% ga, E.ludwigii 3,28% ga, P. putida 2,93% ga va R. aquatilis 2,46% ga emirishi natijasida bioparchalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish