Eshquvatov Xonkeldi Hasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zotli qoramollarda aseptik pododermatitlarini etiopatogenezi, davolash va oldini olishni takomillashtirish”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi.Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi. va 16.00.01–Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V118
Ilmiy rahbar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professo; Niyozov Hakim Boqoevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Baxtiyor, veterinariya fanlari doktori; Tursagatov Jaxongir Mamatovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahsuldor sigirlarda aseptik pododermatit jarayonlarining uchrash darajasini aniqlash, ertachi tashxis usulini ishlab chiqish va davolash hamda guruhli oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sigirlar tuyoqlaridagi aseptik pododermatitlarning yil fasllari va mintaqaviy omillarga bog‘liq uchrash darajasi aniqlangan;
mexanik shikastlanishlar va katta qorin atsidozi mahsuldor sigirlarda tuyoqlardagi aseptik pododermatitlarning asosiy sababi sifatida ilmiy asoslangan;
sigirlarda chegaralangan va diffuzli aseptik pododermatitlarni oqsash, ishtaha pasayishi, tuyoqda mahalliy haroratning ko‘tarilishi shuningdek, tuyoq kaftining shoxsimon qavatida to‘q qizil, sariq yoki qora dog‘lar borligi, ba’zan tuyoq kaftining qo‘shaloq shoxsimon qavati hosil bo‘lishini aniqlashga asoslangan  ertachi tashxis usuli ishlab chiqilgan;
aseptik pododermatit kechayotgan sigirlarni davolashda organizmda moddalar almashinuvini mo‘tadillashtirish va patologik jarayonlarida regeneratsiyani tezlashtirish uchun dori moddalarini ma’lum miqdor va tartibda qo‘llashga asoslangan davolash usuli takomillashtirilgan;
aseptik pododermatitda organizmni rag‘batlantirish va yallig‘lanish jarayonlarini pasaytirish maqsadida, vena qon tomiriga 250 ml Kal-Bor-Mag  va 5ml/100 kg miqdorda fenilbutazon – 20 preparatlarini qo‘llashga asoslangan etiopatogenetik davolash va oldini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zotli qoramollarda aseptik pododermatitlarini etiopatogenezi, davolash va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Sigirlarda aseptik pododermatitlarni davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan, veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 02/23-567-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash hisobiga sigirlarda aseptik pododermatitlarni davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
mahsuldor sigirlarning aseptik pododermatitlarida bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida, 5% li formalin eritmasi bilan vanna qilish, 4 ml gidrokortizon va 5ml 0,5% li novokain eritmasi muskul orasiga, Kal-Bor-Mag150 ml dan vena qon tomiriga har 24 soatga bir marta jami uch marta, vena qon tomiriga 5 mldan 100 kg tirik vaznga bir marta fenilbutazon- 20 kabi dori vositalarini ma’lum miqdor va tartib asosida qo‘llashga asoslangan  davolash usuli Samarqand viloyatining qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 02/23-567-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash usulini qo‘llanilishi natijasida aseptik pododermatit bo‘lgan sigirlarni 3-4 kun oldin sog‘ayishiga erishilgan;
mahsuldor sigirlarda aseptik pododermatitlarni oldini olishda, har kuni o‘rtacha 3-4 soat motsion berish, har 3 oyda bir marta tuyoqchalarini kesish, 5%li formalinli vannadan har 10 kun oralig‘ida 2-3 kun davomida o‘tkazish, tug‘ishiga 2 oy qolganda bir boshga 200 grammdan Azkamar bentonitidan berish, 250 ml Kal-Bor-Mag va fenilbutazon- 20 preparatlarini 5 ml/100 kg miqdorda vena qon tomiriga yuborib turishga asoslangan usuli ishlab chiqilgan va Samarqand viloyatining qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 02/23-567-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash va guruhli profilaktik majmuani sigirlarda qo‘llash orqali aseptik pododermatitlarni oldini olishga erishilgan,  sarflangan bir so‘mga xarajatlar qoplami 3,6 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish