Raximov Asror Eshonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi tarixi (1950–1980 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1122
Ilmiy rahbar: Tuxtabekov Kozimbek Azimbekovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Xushvaqtov Husan Ochilboevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi tarixini (1950–1980-yillar) yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qarshi cho‘lida bunyod etilgan Qarshi magistral kanali hamda uning eng yirik irmog‘i – Mirishkor kanalining, shuningdek, Amudaryo suvi bilan sug‘orilgan cho‘l xo‘jaliklaridagi ichki sug‘orish tarmoqlarining qurilishi tarixini uch davrga (“tayyorgarlik davri”, “katta qurilish davri” va “so‘nggi qurilish davri”) bo‘lib o‘rganish lozimligi asoslangan;
Qarshi cho‘li hududidagi eng muhim irrigatsiya qurilishi bosqichida (1963–1974-yillar), “Qarshiqurilish” boshqarmasining qurilish tashkilotlari texnika va avtotransport vositalari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, arxiv materiallari asosida tahlil qilinib, bu holat cho‘ldagi uy-joy va ijtimoiy obektlarning qurilish muddatlarining kechikishiga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
Qarshi cho‘lida yaratilgan sun’iy vohaning G‘uzor-Qarshi vohasidan o‘ziga xos bir qator farqli xususiyatlari (davlat siyosati asosida cho‘lni o‘zlashtirish, ilmiy-texnik yondashuvlar va mustahkam infratuzilma talab qilgan irrigatsiya tizimining joriy etilishi, shuningdek, cho‘lning aholi yashamaydigan hududlarida yangi aholi manzillari tashkil etilishi) aniqlangan va mazkur hududda taraqqiyot darajasi, asosan, Amudaryo suv resurslari bilan bog‘liq tarzda rivojlanishi isbotlangan holda, Qarshi cho‘lidagi sun’iy vohaga alohida obekt sifatida yondashish zarurligi asoslangan;
Sobiq Ittifoq davrida Amudaryo havzasining suv va er resurslaridan kompleks foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tizimli loyiha ishlab chiqilmasdan, Qarshi magistral kanalining qurilishi boshlanishi, Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish jarayonidagi eng muhim kamchiliklarni ochib berganligi, asosiy e’tibor tezkor iqtisodiy foyda olishga qaratilgan bo‘lib, uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy barqarorlik inobatga olinmaganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi tarixini tadqiq etish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar asosida:
Qarshi cho‘lida bunyod etilgan Qarshi magistral kanali hamda uning eng yirik irmog‘i – Mirishkor kanalining, shuningdek, Amudaryo suvi bilan sug‘orilgan cho‘l xo‘jaliklaridagi ichki sug‘orish tarmoqlarining qurilishi tarixini uch davrga (“tayyorgarlik davri”, “katta qurilish davri” va “so‘nggi qurilish davri”) bo‘lib o‘rganish lozimligiga  oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-iyuldagi 02-31/1083-son ma’lumotnomasi). Natijalar sovet hokimiyati tomonidan Qarshi cho‘lida amalga oshirilgan agrar siyosatning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazishda aniq tushunchalar va xulosalarning shakllanishiga yordam bergan.
Qarshi cho‘li hududidagi eng muhim irrigatsiya qurilishi bosqichida (1963–1974-yillar), “Qarshiqurilish” boshqarmasining qurilish tashkilotlari texnika va avtotransport vositalari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, arxiv materiallari asosida tahlil qilinib, bu holat cho‘ldagi uy-joy va ijtimoiy obektlarning qurilish muddatlarining kechikishiga bevosita ta’sir ko‘rsatganligiga oid xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-iyuldagi 02-31/1083-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarning mavzu borasidagi dunyoqarashlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
Qarshi cho‘lida yaratilgan sun’iy vohaning G‘uzor-Qarshi vohasidan o‘ziga xos bir qator farqli xususiyatlari (davlat siyosati asosida cho‘lni o‘zlashtirish, ilmiy-texnik yondashuvlar va mustahkam infratuzilma talab qilgan irrigatsiya tizimining joriy etilishi, shuningdek, cho‘lning aholi yashamaydigan hududlarida yangi aholi manzillari tashkil etilishi) aniqlangan va mazkur hududda taraqqiyot darajasi, asosan, Amudaryo suv resurslari bilan bog‘liq tarzda rivojlanishi isbotlangan holda, Qarshi cho‘lidagi sun’iy vohaga alohida obekt sifatida yondashish zarurligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Nishon, Muborak, Kasbi, Mirishkor, Koson, Qarshi tumanlarida suv xo‘jaligini rivojlantirishda hududlarda tashkil qilingan seminarlarda foydalanilgan (Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2024-yil 22-avgustdagi 01-05/931-son ma’lumotnomasi). Natijalar suv xo‘jaligi sohasida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va bu boradagi faoliyatni rivojlantirishga xizmat qilgan.
Sobiq Ittifoq davrida Amudaryo havzasining suv va er resurslaridan kompleks foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tizimli loyiha ishlab chiqilmasdan, Qarshi magistral kanalining qurilishi boshlanishi, Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish jarayonidagi eng muhim kamchiliklarni ochib berganligi, asosiy e’tibor tezkor iqtisodiy foyda olishga qaratilgan bo‘lib, uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy barqarorlik inobatga olinmaganligiga oid xuloslar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tadbirlar rejasini shakllantirishga xizmat qilgan (Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2024-yil 22-avgustdagi 01-05/931-son ma’lumotnomasi). Natijalar soha mutaxassislarining mavzu borasidagi bilimlarini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish