Zamonov Akbar Turginovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiva mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdullaxon Ikkinchi davrida Buxoro xonligi: ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot va xalqaro aloqalar”. 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tar185
Ilmiy maslahatchi: Mavlanov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ochildiev Fayzulla Boboqulovich, tarix fanlari doktori, professor; Voxidov Shodmon Huseynovich, tarix fanlari doktori, professor; Usmonov Bahriddin Ahmedovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shayboniylar sulolasining yirik vakili bo‘lgan Abdullaxon shaxsiyatini hamda uning davridagi Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga oid masalalarini ochib berish va umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Shayboniylarning yetakchi vakili bo‘lmish Abdullaxonning shaxsi va faoliyati temuriylarni taxtdan ag‘dargan sulola vakili sifatida salbiy baholangan bo‘lsa-da, uning o‘zbek davlatchiligi tarixida Amir Temurdan keyingi o‘rindagi davlat arbobi, faoliyatida doimo Sohibqiron shaxsiga taqlid qilib, Turon hududida markazlashgan yirik davlat qurgan eng so‘nggi yirik hukmdor bo‘lganligi asoslangan;
Sharqda XVI asr xalqaro siyosatida vujudga kelgan to‘rtta yirik imperiyalar – Boburiylar davlati (Akbarshoh), Eron safaviylari (Shoh Tahmosb va Shoh Abbos), Usmoniylar davlati (Sulton Sulaymon) bilan bir xil darajaga ko‘tarilgan Buxoro xonligining ham ular bilan hududi jihatidan ham raqobatlasha oladigan qudratga ega bo‘lishi Abdullaxonning sa’y-harakatlari bilan amalga oshgani manbalar asosida dalillangan;
Abdullaxon davrida boshqaruvning “to‘ra”, “og‘achilik” udumi – sulolaning yoshi kattasini taxtga chiqarish an’anasi butun sulola doirasida emas, balki bir oila, ya’ni faqat Jonibek (Abdullaxonning bobosi, vaf.1529) avlodlari darajasiga tushirilgani, 1557-1561-yillarda amakisi Pirmuhammadxonni, 1561-1583-yillarda otasi Iskandarxonlarni oliy hukmdor darajasiga ko‘tarib, hokimiyatni amalda o‘zi boshqarganligi, 1583-1598-yillarda o‘zi “xon” rutbasi asosida rasman hukmdor bo‘lganligi, buning natijasida Movarounnahrda shayboniylar sulolasi boshqaruvini o‘rnatgan ilk hukmdor – Shayboniyxon va boshqa shayboniylar (Ko‘chkunchixon, Suyunchxo‘jaxon)ning avlodlari hokimiyatdan chetlashtirilib borilganligi aniqlangan;
Abdullaxonning Xuroson, Dashti Qipchoq, Eron, Xorazm hududlariga qilgan yurishlarida qulaylik yaratish uchun yo‘l bo‘yi inshootlarining (servis xizmat) qurilishi, mamlakatdagi nufuzi baland bo‘lgan mulkdorlar – din ulamolari, davlat amaldorlari, harbiy sarkardalar tomonidan shaxsiy mablag‘lari hisobidan yoki aholining hashar yo‘li bilan qurilgan inshootlarining aksariyatini hukmdorning tashabbusi va irodasi bilan bog‘lanishi uning tarixda eng ko‘p inshoot qurdirgan “bunyodkor hukmdor” maqomiga ega bo‘lishiga olib kelganligi isbotlangan;
hokimiyatga kelgan shayboniylar temuriylar sulolasi vakillarining ilm-fan va madaniyat sohasidagi faoliyatini davom ettirishga harakat qilganligi, bir asr hukmronlik qilgan shayboniylardan yigirmaga yaqini adabiyot bilan shug‘ullanib, she’riy majlislar qilgani, Abdullaxonning “Xon” taxallusi bilan she’rlar yozib, oliy madrasalarning mudarrislarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha imtihondan o‘tkazuvchi ilmiy guruh tashkil qilishga qaratilgan tashabbusi va keyinchalik alohida tizim sifatida butun mamlakatga joriy etilganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdullaxon Ikkinchi davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti va tashqi siyosati mavzusidagi tadqiqot natijalarining joriy qilinishi hamda chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Shayboniylarning yetakchi vakili Abdullaxonning shaxsi, uning faoliyati temuriylarni taxtdan ag‘dargan sulola vakili sifatida salbiy baholangan bo‘lsa-da, uning o‘zbek davlatchiligi tarixida Amir Temurdan keyingi o‘rindagi davlat arbobi, faoliyatida doimo Sohibqiron shaxsiga taqlid qilib, Turon hududida markazlashgan yirik davlat qurgan eng so‘nggi yirik hukmdor bo‘lganligiga oid natijalardan umumta’lim maktablarining 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligi (muallif: A.Zamonov va boshq. T: O‘zbekiston, 2023. – 192 b.) mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 17-oktyabrdagi 01/11-11-824-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu o‘quvchilarning davlat arboblari – Amir Temur va Abdullaxon shaxsining o‘ziga xosligi va o‘xshashligi haqidagi bilimlarini shakllantirish imkonini bergan;
Sharqda XVI asr xalqaro siyosatida vujudga kelgan to‘rtta yirik imperiyalar – Boburiylar davlati (Akbarshoh), Eron safaviylari (Shoh Tahmosb va Shoh Abbos), Usmoniylar davlati (Sulton Sulaymon) bilan bir xil darajaga ko‘tarilgan Buxoro xonligining ham ular bilan hududi jihatidan ham raqobatlasha oladigan qudratga ega bo‘lishi Abdullaxonning sa’y-harakatlari bilan amalga oshganiga doir natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat muassasasida Buxoro xonligi tarixini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 23-oktyabrdagi 01-44/23-10-24-son ma’lumotnomasi). Natijalar Buxoro xonligining diplomatiyasi, Abdullaxonning siyosiy qudrati, madaniyat, me'morchiligi tarixiga doir mavzular mohiyatini keng jamoatchilikka tanishtirishga xizmat qilgan;
Abdullaxon davrida boshqaruvning “to‘ra”, “og‘achilik” udumi – sulolaning yoshi kattasini taxtga chiqarish an'anasi butun sulola doirasida emas, balki bir oila, ya'ni faqat Jonibek (Abdullaxonning bobosi, vaf. 1529) avlodlari darajasiga tushirilgani, 1557-1561-yillarda amakisi Pirmuhammadxonni, 1561-1583-yillarda otasi Iskandarxonlarni oliy hukmdor darajasiga ko‘tarib, hokimiyatni amalda o‘zi boshqarganligi, 1583-1598-yillarda o‘zi rasman “xon” rutbasi asosida mamlakatni boshqarganligi, buning natijasida Movarounnahrda shayboniylar sulolasi boshqaruvini o‘rnatgan ilk hukmdor – Shayboniyxon va boshqa shayboniylar (Ko‘chkunchixon, Suyunchxo‘jaxon)ning avlodlari hokimiyatdan chetlashtirilib borilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi “Jasorat” rukni ostida chiqayotgan “Abdullaxon” (muallif: A.Zamonov) risolasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 2-15-21-5314-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar Abdullaxon shaxsi va faoliyatiga oid ma’lumotlarning yoshlar orasida ommalashtirish imkonini bergan;
Abdullaxonning Xuroson, Dashti Qipchoq, Eron, Xorazm hududlariga qilgan yurishlarida qulaylik yaratish uchun yo‘l bo‘yi inshootlarining (servis xizmat) qurilishi, mamlakatdagi, nufuzi baland bo‘lgan mulkdorlar – din ulamolari, davlat amaldorlari, harbiy sarkardalar tomonidan shaxsiy mablag‘lari hisobidan yoki aholining hashar yo‘li bilan qurilgan inshootlarining aksariyatini hukmdorning tashabbusi va irodasi bilan bog‘lanishi uning tarixda eng ko‘p inshoot qurdirgan “bunyodkor hukmdor” maqomiga ega bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Mavzu” va “Tarixiy savol” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 16-oktyabrdagi 01-44-326-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning foydalanilishi o‘zbek davlatchiligi tarixidagi shaxsning bunyodkorligi, yo‘l va yo‘lbo‘yi inshootlarining qurilishini ilmiy asoslab berilishi orqali tomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan;
hokimiyatga kelgan shayboniylar temuriylar sulolasi vakillarining ilm-fan va madaniyat sohasidagi faoliyatini davom ettirishga harakat qilganligi, bir asr hukmronlik qilgan shayboniylardan yigirmaga yaqini adabiyotga yaqin bo‘lib, she'riy majlislar qilgani, Abdullaxonning “Xon” taxallusi bilan she'rlar yozib, oliy madrasalarning mudarrislarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha imtihondan o‘tkazuvchi ilmiy guruh tashkil qilishga qaratilgan tashabusi va keyinchalik alohida tizim sifatida butun mamlakatga joriy etilganligiga oid faktlardan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun chop etilgan “O‘zbekiston tarixi” darsligining “Shayboniylar davrida madaniy hayot”, “Shayboniylar davri me'morchiligi” mavzularining yozilishida keng foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 17-oktyabrdagi 01/11-11-824-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu o‘quvchilarning Abdullaxon davridagi ilm-fan va madaniyatning holati haqidagi bilimlarining ortishiga xizmat qilgan.